• Boshqaruv hisobining moduli.
  • Moliyaviy hisobning mo
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/77
    Sana05.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #151433
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
    Bog'liq
    buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

    Birinchi yondoshishda faqat moliyaviy hisobni avtomatlashtiruvchi tizim 
    yaratiladi. Bunday BX AT – minihisobxonalar sinfiga kiradi. Qoida bo’yicha, bu 
    tizimda buxgalteriya hisobi bitta odam – hisobchi tomonidan olib boriladi. 
    Ikkinchi yondashishda – moliyaviy hisobdan tashqari qisman boshqaruv 
    tizimi ham har tomonlama avtomatlashtiriladi. Bu holda buxgalteriya hisobini ikkita 
    odam: hisobchi va uning yordamchisi yoki kirishni cheklash yo’li bilan bitta ish joyi 
    o’rnida yoki ikkita ish joylarida olib boriladi. 
    Moliyaviy va boshqaruv hisobini zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida 
    avtomatlashtirish uchinchi yondoshishda erishiladi. Bunday tizimda ishlab 
    chiqilayotgan axborotlarning katta hajmlarida ko’p foydalanuvchanlik usulidan 
    foydalaniladi. Unda bir nechta ShKlar mahalliy tarmoqqa birlashtiriladi. 
    Kichik va o’rta korxonalardagi moliyaviy va boshqaruv hisobini qarab oluvchi 
    buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish uchun dasturiy majmua ikkita moduldan 
    tashkil topadi. 
    Boshqaruv hisobining moduli. Tovar-moddiy boyliklari va arzon hamda tez 
    eskiruvchan mollarning hisobi, tayyor mahsulotlarning hisobi, ish haqi bo’yicha hisob 
    –kitoblar bo’limlari uchun so’mdagi va miqdoriy aks ettirilgandagi hisobni olib 
    borishga imkon beradi. 
    Moliyaviy hisobning moduli buxgalteriya hisobining barcha schyotlari 
    bo’yicha hisob olib borishga imkon beradi. Tahliliy registrlar va yakuniy hisob 
    registrlari uning asosiy hisob registrlaridan bo’ladi. 
    Modullar o’rtasidagi aloqani xo’jalik operatsiyalarining qayd daftari orqali 
    amalga oshiriladi. 
    Belgilanishi bo’yicha ma’lumotnomalar beshta guruhga bo’linadilar: 
    - umumiy belgilanish ma’lumotnomalari; 
    - materiallar – tovar boyliklarining qayd daftari bilan bog’liq ma’lumotnomalar 
    (matariallar, o’lchov birliklari, harakat operatsiyalari); 
    - buxgalteriya yozuvlari bilan bog’liq ma’lumotnomalar (schyotlar rejasi, 
    provodkalar); 
    - taxliliy hisob bilan bog’liq ma’lumotnomalar (korxona ob’ektlari, 
    bo’linmalar); 
    - valyuta kurslari bo’yicha ma’lumotnomalar. 
    Tuzilishi bo’yicha ma’lumotnomalar oddiy va murakkablarga bo’linadi. 

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish