Hisobdor shaxsga pul hujjatlari berilganda menyu Kassa - Pul hujjatlarni berish
ma’lumotlar bazasida beriladi.
3.5. Avans hisoboti
O’zbekiston
Respublikasi
hududidagi
xizmat
safarlari
to’g’risida
yo’riqnomaga
7
muvofiq xizmat safari deb ishchini tashkilot, muassasa, birlashma,
korxona rahbarini farmoyishi bo’yicha, o’zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat
topshirig’ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib
kelish) tushuniladi.
Tashkilotni tarkibiga kiruvchi filiallar (shaxobchalar), uchastkalar va boshqa
bo’linmalar boshqa erda joylashgan hollarda doimiy ish joyi bo’lib mehnat
shartnomasida belgilangan ishlab chiqarish bo’linmasi hisoblanadi.
Doimiy ishi yo’lda yoki ko’chib yurish bilan bog’liq bo’lgan,
yoxud doimiy
harakatlanuvchi tusga ega bo’lgan ishchilarni xizmat yuzasidan borib kelishlari
xizmat safari hisoblanmaydi.
Xizmat safarida bo’lgan ishchilarga ular yuborilgan korxonalardagi ish vaqti
rejimi va dam olish vaqtlari taalluqli bo’ladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan
dam olish kunlari, boshqa dam olish kunlari xizmat safaridan qaydganda tiklanmaydi.
Agar ishchi ataydan dam olish yoki bayram kunlarida ishlash uchun xizmat
safariga yuborilgan bo’lsa, ushbu kunlarda ishlagani uchun amaldagi qonunchilikka
muvofiq kompensatsiya to’lanadi.
7
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 29 avgustda 1268-son bilan ro’yxatga olingan
.
49
Agar ishchi ma’muriyatni farmoyishiga binoan xizmat majburiyatini bajarish
uchun dam olish kunida xizmat safariga ketsa, unga
xizmat safaridan qaydgach
belgilangan tartibda boshqa dam olish kuni beriladi.
Xizmat safariga ketish va xizmat safaridan qaydish kunlarida ishga chiqish
masalasi ma’muriyat bilan kelishilgan holda hal qilinadi.
Xizmat safariga yuborilgan ishchini xizmat safarida bo’lgan muddatida va
yo’lda bo’lgan muddatda ish joyi (lavozimi), ishbaylar uchun o’rtacha ish haqi yoki
mansab maoshi yoki ishchilarni boshqa toifalari uchun stavkalari saqlanib qoladi.
Xizmat safariga yuborilgan ishchining ish haqi uning iltimosiga ko’ra u
yuborilgan korxonaning schyotiga jo’natiladi.
O’rindoshlik bo’yicha ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda uning
o’rtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Agar xizmat
safariga bir vaqtni o’zida ham asosiy ham o’rindoshlik ishi bo’yicha xizmat safariga
yuborilganda ish haqi har ikkala mansab bo’yicha saqlanadi, xizmat safariga haq
to’lash bo’yicha xarajatlar esa xizmat safariga yuboruvchi tashkilotlarni o’zaro
kelishuviga binoan taqsimlanadi.
Xizmat safariga yuborilgan ishchiga turar joy ijarasi bo’yicha,
xizmat safari
joyiga borish va ish joyiga qaydish xarajatlari qoplanadi, shuningdek sutkaliklar
to’lanadi.
Xizmat safari bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha xarajatlar (telefonda gaplashish,
telegraf xarajatlari va boshqalar) xizmat safariga yuborilgan shaxsda ushbularni
tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda to’lanadi.
Xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaydish bilan
bog’liq bo’lgan yo’l xarajatlari xizmat safariga yuborilgan shaxsga quyidagi
miqdorlarda qoplanadi: umumiy foydalaniladigan transportni barcha turlarida yurish
(taksidan tashqari) qiymati; transportda yo’lovchilarni majburiy davlat sug’urtalash
bo’yicha to’lovlar; yo’lda yurish hujjatlarini oldindan sotish bo’yicha,
samolyot va
poezdlarda joylarni
bronlash xizmatlari bo’yicha tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda haq
to’lash; agar ular aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan bo’lsa, umumiy
foydalaniladigan transport bilan (taksidan tashqari) stantsiyagacha, sohilgacha
(pristangacha), aeroportgacha etib olish xarajatlari. Istisno tariqasida (kechki poezd,
umumiy foydalaniladigan transport yo’q bo’lgan taqdirda) tashkilot rahbariga taksida
yurganlik uchun haq to’lash huquqi beriladi.
Yo’lda o’rin-ko’rpa buyumlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar tasdiqlovchi
hujjatlarni taqdim etmasdan haq to’lashga qabul qilinadi.
Yo’l hujjatlari yo’q bo’lgan taqdirda korxona rahbariga har bir aniq holat
bo’yicha xizmat safariga yuborilgan ishchini yo’l xarajatlariga haq to’lash masalasini
echish huquqi beriladi. Bunda, yo’l xarajati bo’yicha qoplanadigan summa xizmat
safariga temir yo’l orqali borish qiymatidan ortiq bo’lmasligi, lekin yo’lovchilarni
aviada tashish tariflarini 30%dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Xizmat safarida va yo’lda bo’lgan vaqt uchun sutkalik xarajatlar xizmat safariga
yuborilgan
ishlarga jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat
shartnomalarida ko’zda tutilgan miqdorlarda, lekin quyidagi miqdorlardan kam
bo’lmagan holda belgilanadi (respublika bo’yicha o’rnatilgan eng kam oylik ish
haqiga nisbatan koeffitsientlarda): Toshkent shahrida, shaharlar - viloyatlar
markazlarida - 0,1; boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda - 0,08.
Ushbu ko’rsatilgan xarajatlarni qoplash haqiqatda qilingan xarajatlarni hujjatlar
bilan tasdiqlashsiz amalga oshiriladi.
Xizmat safari joyidagi turar joyni ijaraga olish bo’yicha
xarajatlar xizmat
safariga yuborilgan ishchini kelish va ketish kunlari bo’yicha haqiqatdagi xarajatlar
bo’yicha (lyuks-nomerlardan xonalardan) tashqari), jumladan mehmonxonalarda
ko’rsatiladigan qo’shimcha xizmatlar (joylarni bronlash, dazmoldan foydalanish,
saqlash kamerasidan, televizor,
muzlatgich, idish-tovoq, aloqa xizmatidai
foydalanish)ga haq to’lash bo’yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan
taqdirda qoplanadi.
Agar,
mehmonxonalarni
lyuks-nomerlarida
(xonalarida)
yashaganligini
tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda, turar joy xonasini ijaraga olish bo’yicha haq
to’lash ushbu nomerni (xonani) qiymatini 70% miqdorida amalga oshiriladi.
Turar joy xonasini ijaraga olganlikni tasdiqlovchi hujjatlar yo’q bo’lgan
hollarda, xarajatlar har bir sutka uchun belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorini
2 % miqdorida qoplanadi.
Xizmat safariga yuborilgan ishchiga shuningdek istisno tariqasida, tasdiklovchi
hujjatlar mavjud bo’lganda, tashkilot rahbarining ruxsati bilan havo, temir yo’l, suv
va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida bagajni olib o’tish bilan bog’liq
xarajatlar qoplanadi.
Xizmat safariga yuboriladigan ishchiga xizmat safariga ketishdan oldin ko’zda
tutilgan miqdorlarda sutkalik, yo’l xarajatlari, turar
joy xonasini ijaraga olish
xarajatlari chegarasida pul ko’rinishidagi avans (bo’nak) to’lanadi. Ishchi xizmat
safaridan qaydgan kundan e’tiboran uch kun mobaynida avans (bo’nak) hisobotini
taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat
safari guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi
hujjatlar ilova qilinadi.
Hisobdor shaxslar o’z qarzlarining to’lanishi menyu