53
3.7. To’lov talabnomasi. Bank ko’chirmasi
To’lov talabnomasi - mablag’larni oluvchining mablag’larni to’lovchi
tomonidan to’lov talabnomasida ko’rsatilgan summani bank orqali to’lash
to’g’risidagi talabi nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati hisoblanadi.
To’lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun, shuningdek mablag’larni
oluvchi hamda mablag’larni to’lovchi o’rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan
boshqa to’lovlar bo’yicha taqdim etilishi mumkin.
To’lov talabnomalari quyidagi turlarga bo’linadi:
aktseptli to’lov talabnomasi - to’lov talabnomasida
nazarda tutilgan summa
mablag’larni to’lovchi tomonidan aktseptlanganidan (tan olinganidan) so’ng, to’lovlar
amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjati;
aktseptsiz to’lov talabnomasi - to’lov
talabnomasida nazarda tutilgan summa mablag’larni to’lovchining roziligi bo’lishi
yoki bo’lmasligidan qat’i nazar, to’lovlar amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjati.
Tovarlarni etkazib beruvchi to’lov talabnomasining "To’lov maqsadi"
grafasida:
shartnoma turi, sanasi va tartib raqami;
tovarni jo’natish (topshirish) sanasi va tovar-transport
yoki qabul qilish-
topshirish hujjatlari raqami hamda transport turi, tovarlar pochta aloqasi orqali
jo’natilganda esa, pochta kvitantsiyalarining raqami;
tovarlar sotib oluvchining
transport vositasi bilan olib ketilganda "__-sonli ishonch xati asosida sotib
oluvchining transport vositasi bilan olib chiqib ketilgan" degan yozuv ko’rsatilishi
shart.
To’lov talabnomasi bitta operatsiya bo’yicha takroran taqdim etilishi
mumkin emas.
Mablag’larni to’lovchining hisobvarag’ida mablag’lar mavjud bo’lmagan
taqdirda, to’lov talabnomasi "Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-
kartoteka) 90963 balans hisobvarag’iga joylashtiriladi hamda bu haqda uch ish kuni
ichida mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka ma’lum qilinadi va
mablag’larning kelib tushishiga qarab to’lab boriladi.
Mablag’larni to’lovchining hisobvarag’ida etarli mablag’ bo’lmagan taqdirda,
bank tomonidan hisobvaraq qoldig’i doirasida to’lov amalga oshiriladi.
Mablag’larning etarli bo’lmagan qismi doirasida to’lov talabnomasi "Muddatida
to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag’iga
joylashtiriladi, bunda to’lov talabnomasining orqa tomonida qisman to’langan summa
va sana ko’rsatilib, imzo qo’yiladi.
Aktseptli va aktseptsiz to’lov talabnomalarining "Muddatida to’lanmagan hisob-
kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag’idan hisobdan chiqarilishi
mablag’larni oluvchining yozma arizasiga asosan amalga oshiriladi hamda unga
xizmat ko’rsatuvchi bankka ijro etilmasdan qaydarib yuboriladi.
Aktseptli to’lov talabnomasining nusxasi bankka kelib tushgandan keyingi
kundan kechiktirmay, mablag’larni to’lovchi yoki uning vakiliga "To’lov muddatini
kutayotgan hisobkitob hujjatlari" jurnalida imzo qo’ydirgan holda topshiriladi hamda
"To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari" (1-kartoteka) 90962
balans
hisobvarag’iga joylashtiriladi.
Mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan aktseptli to’lov
talabnomalarini aktseptlash bo’yicha quyidagi muddat belgilanadi:
bir hududda (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasi)
joylashgan
mijozlar uchun - to’lov talabnomasi topshirilganidan keyingi kundan boshlab uch ish
kuni; boshqa hududda joylashgan mijozlar uchun - to’lov talabnomasi
topshirilganidan
keyingi kundan boshlab besh ish kuni;
mablag’larni to’lovchining yozma talabiga ko’ra - to’lov talabnomasi topshirilganidan
keyingi kundan boshlab o’n ish kuni.
Mablag’larni to’lovchi ushbu muddat ichida to’lov talabnomasini aktseptlashni
to’la yoki qisman yozma ravishda rad etish huquqiga ega.
Mablag’larni to’lovchining yozma ravishdagi arizasi
imzolar namunalari va
muhr izi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan shaxslar tomonidan imzolanishi va
arizada to’la yoki qisman rad etish sabablari ko’rsatilishi shart.
Mablag’lar quyidagi hollarda aktseptsiz hisobdan chiqariladi: to’lov
talabnomasiga mablag’larni to’lovchining summani tan olganligi to’g’risidagi yozma
xati asl nusxada ilova qilinganda. Debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish
dalolatnomasi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) to’g’risidagi dalolatnomaning to’lov
talabnomasiga ilova qilinishi aktseptsiz hisobdan chiqarish uchun asos bo’lmaydi;
banklar tomonidan - mablag’larni to’lovchining asosiy hisobvarag’iga xizmat
ko’rsatuvchi bankka - mablag’larni to’lovchining kreditlar bo’yicha qarzlari o’z
vaqtida so’ndirilmaganda; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Bunday hollarda, to’lov talabnomasining yuqori o’ng burchagiga "Aktseptsiz"
degan yozuv kiritiladi.
Bank amaliyot kuni davomida mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi
bankka kelib tushgan aktseptsiz to’lov talabnomalari bo’yicha
tegishli summa shu
kunning o’zida to’lanadi, mablag’larni to’lovchining hisobvarag’ida mablag’
bo’lmagan yoki etarli mablag’ bo’lmagan taqdirda, to’lov talabnomasi to’lanmagan
summa doirasida "Muddatida to’lanmagan hisobkitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963
balans hisobvarag’iga joylashtiriladi.
To’lov talabnoma shakllantirish uchun menyu
Bank – Taqdim qilingan to’lov