57
emitentdan olingan elektron memorial order asosida tegishli tashkilotlarning
hisobvarag’iga o’tkaziladi va memorial order ro’yxat ko’rinishida chop etilib,
bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikiladi. Protsessing markazi orqali hisob-
kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi: amaliyot kuni davomida BPKlar bo’yicha
protsessing markazi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisob-kitob
ishtirokchilari uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi; yakuniy
summalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob markazida
ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada nazarda tutilgan
muddatda o’tkaziladi; banklar tomonidan protsessing markazidan olingan
ma’lumotlar asosida mijozning BPK hisobvarag’iga mablag’lar o’tkaziladi yoki
hisobdan chiqariladi.