Mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatish qoidalari




Download 71,27 Kb.
bet4/19
Sana19.05.2024
Hajmi71,27 Kb.
#243837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
D Mavzu Mehmonxonalarda innovatsion bronlashtirish va rezervlas

Mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatish qoidalari

“Mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatish qoidalari” asosan :”bajaruvchi ikki tomon imzolagan mehmonxonada joyni bron qilish haqidagi shartnoma hujjat tuzish orqali, shuningdek, pochta, telefon orqali bergach, ariza istemolchidan kelayotganligiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng bron amalga oshiriladi”.


Agar tashkilot mehmonxona xizmatidan doimiy foydalanayotgan bo‘lsa, unda malum muddatga shartnoma tuzish maqsadga muvofiqdir.Bunda tashkilotga o‘zining tartib raqami beriladi va ushbu tashkilot tomonodan yuboriladigan mijozlarga shartnomaga muvofiq mehmonxonadan jay beriladi.
Hozirda turfirmalar aniq bir mehmonxona bilan shartnoma tuzishga harakat qilmoqdalar. Mehmonxonalar doimiy ravishda mijozlar bilan taminlayotgan turfirmalar uchun chegirmalar belgilaydi.
Mehmonxona va turfirma o‘rtasidagi shartnomalarga quyidagilar ko‘rsatiladi: turistlarni joylashtirish bo‘yicha arizalar qaysi muddatda berilishi shart, to‘lov qachon va qay tarzda amalga oshiriladi.
Ko‘pincha bron ijarani eslatadi, chunki chunki uzoq davrda va bir necha nomerlar va hatto qavatlarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Mehmonxona joy yoki nomerini bron qilishning bir necha usullari mavjud:yozma, og‘zaki va kompyuter orqali.
Pochta yoki faks orqali mijoz mehmonxonada xat-ariza jo‘natadi(pismo-zayavka).Xuddi shunday arizani mehmonxona bron bo‘limida rasmiylashtirish mumkin.Arizalar bilan ishlash katta etiborni talab qiladi.Bron qilish yoki bronni bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar barchasi ro‘yxatga olinishi shart.
Bron bo‘ytcha menejerlar buyurtmani vaqtida bekor qilmasalar, xato yuzaga chiqmaguncha, nomer sotilmay qolishi mumkin.Faqat firma blankasidagi ariza, buyurtma qilingan nomer to‘langanligini tasdiqlaydi.
Nomerni bron qilayotgan tashkilot arizasida albatta, ushbu tashkilot rekvizitlari ko‘rsatilishi shart(nomi, manzili, bankdagi hisob raqami).Arizada quyidagi malumotlar kiritilishi zarur:
  • nomer soni va kategoriyasi;


  • mehmonxonada yashash muddati;


  • tashrif buyuruvchi f. i. sh;


  • to‘lov shakli(naqd pul yoki pul ko‘chirish yo‘li bilan ; to‘lovni amalga oshiruvchi tashkilot rekvizitlari).


So‘ngra arizalar ro‘yxatga olinadi(registratsiya raqami beriladi) va tasdiqlanadi, yoki rad etiladi.


Telefon orqali bron qilish jarayonida mijoz bilan suhbatda etiborli bo‘lish juda muhim, chunki bu suhbatdan mijozning mehmonxona haqidagi taassuroti shakllanadi.Qoida bo‘yicha go‘shakni maksimum 5ta gudokdan so‘ng ko‘tarish kerak va albatta, ushbu xodim mehmonxonaning nomerlari bandlik holati haqida malumotga ega bo‘lishi shart.Nomerlarga buyurtmani telefon orqali qabul qiluvchi mehmonxonalarda maxsus blankalar ishlab chiqilgan.Unda faqat kerakli grafalar belgilanadi, arizani to‘liq yozib olish shart emas.Bunday blankalar bron bo‘limi kompyuterida ham bo‘lishi mumkin.Telefon orqali bron qilishda yozma tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Bron qilishning kompyuter usuli mehmonxonalar va mijlzlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.Jahon amaliyotida bron qilishning kompyuterli tizimlari mavjud: bron qilishning korporativ tarmog‘ida zanjirga kiruvchi mehmonxonalar birlashtiriladi, boshqa bron qilish tarmog‘ida esa, zanjirga daxlsiz, mehmonxonalar kiradi.
Tarmoq orqali bron qilishda boshqa shahar va hatto boshqa davlatga joylashgan mehmonxona nomeriga buyurtma berish mumkin.Avtomatlashtirilgan tarmoqning afzalligi shundaki, bron qilish shu shaharda joylashgan, shu zanjirning xoxlagan boshqa mehmonxonasiga ham manzillashtirilishi mumkin.
Kompyuter tarmog‘i orqali mehmonxonada joy buyurtma berish telefonda ham amalga oshirilishi mumkin. Kompyuter tarmog‘i dispetcheri mehmonxona bilan bog‘lanadi va bron qilish imkoniyatlarini aniqlaydi.Bu usul noqulayroq, chunki bron va joylashtirish shartlarini aniqlashga vaqt ko‘p talab qilinadi.
Kompyuter orqali bron qilishning yana ikki varianti mavjud: Mehmonxona o‘zining Internet sahifasiga ega, yoki mehmonxona Internet bron qilish tizimining azosi(orexca.com,WEB International, Nota Bene).Taklif etiladigan imkoniyatlar kengligi tufayli(kam harajat evaziga)tizimlar hozirda ommalashib bormoqda.Mijozlarni jalb qilishning bunday usuli samaradorligi oshgani sari, qabul qilingan buyurtmaga javob berish vaqti shuncha kamaymoqda.Tasdiqlashni jo‘natish tezligi kelib tushayotgan arizalarni qayta ishlash jarayonini avtomatlashganlik darajasi, mehmonxona va agent o‘zaro hamkorligining aniqligiga bog‘liq.
Bu ikki bo‘g‘in o‘rtasida axborot almashinuvini to‘g‘ri tashkil etish mijozga tasdiq javobini olish vaqtini qisqartiradi(umuman olganda online 7 soniya vaqtni olishi kerak,bizning mamlakatimizda kam uchraydi).
Mehmonxona ABT va Inteonet bron tizimini birlashib, mehmonxona va agent erkin axborot almashishi imkoniyatiga ega bo‘ladilar(bo‘sh nomer fondi, nomer kategoriyalari, xizmatlar, tariflar, mehmonlar uchun maxsus dasturlar...)
Bu tizimda bron quyidagicha amalga oshadi: Mijoz Internet bron tizimining WEB-saytiga kiradi va bron qilish qoidalari bilan tanishadi.So‘ngra mehmonxonani tanlaydi.Bo‘sh nomer mavjudligiga ishonch hosil qilgach, zaruriy axborot maydonchalarini to‘ldiradi, ye-mail orqali buyurtmani tizimga jo‘natadi.
tizim buyurtmani avtomatik tarzda saralaydi va oldindan to‘lov shartlari bilan oldindin tasdiq jo‘natadi, mijoz esa kutish varag‘iga kiritiladi.Mijozdan kerakli olinganidan so‘ng(oldindan to‘lov, kafolat xati),mijoz agentdan so‘nggi bron tasdig‘ini oladi.oxirga tasdiq nusxasi mehmonxonaga jo‘natiladi.Bu yerda bron bandlik(zagruzka) grafasida keyinchalik avtomatik o‘zgarishlar bilan kiritiladi.agar mehmonxona o‘zining saytiga ega bo‘lsa, tushayotgan arizalarga mehmonxonaning o‘z rezerv xizmati javob beradi.
Mijozdan kerakli kafolatlar olinganidan so‘ng mijoz mehmonxonadan bron haqida tasdiq oladi. Bron bandlik grafasida nomer fondi statusining avtomatik o‘zgarishi bilan kiritiladi.
Internet uydan chiqmasdan, vositachilarsiz, mehmonxona haqida axborot olish, nomerlarning jihozlanganligini ko‘rish imkonini beradi.
Telefon yoki kompyuter orqali bronda rezerv qilishning kutilmaganda to‘xtab qolish xavfi mavjud, bunday paytda mijoz tasdiq ololmaydi, mehmonxonaga kelganida esa, bo‘sh nomer bo‘lmasligi mumkin.
Arizalar bo‘yicha bron bo‘limi kelgusida mehmonxonaning to‘lishi rejasini tuzishi mumkin(oylik, kunlik, yillik).
Kichik mehmonxonalarda hanuzgacha qo‘lda bronlash texnikasi qo‘llaniladi. Bunday bronlash jadvallar yordamida amalga oshiriladi. quyida keltirilgan shakl bronlash jadvallarining eng soddasidir (6.1-jadval).

jadval

Xonalar raqami

Oy kunlari


1

2

3

4

5

...

31

1



 Abdullayev 






2

 Ahmedov 





3















Yirikroq mehmonxonalarda jadvalda keltirilgan shakl qo‘llaniladi.

jadval

Nomerlarning


turlari

Oy kunlari


1

2

3

4

5

...

31

Bir o‘rinli nomerlar















N
O


M
E S
R O
L N
A I
R

10

1

1

1









9

1

1

1









8

1



1









7

1



1









6





1









5





1









4





1









3















2















1















Ikki o‘rinli nomerlar
















15



1











14



1











13















...
















Ushbu jadvalga ko‘ra, mehmonxona 10 bir o‘rinli va 15 ikki o‘rinli nomerga ega. Buyurtma kelganida klerk tegishli kun katagiga «bir» raqamini qo‘yadi. 6.2-jadvalda oyning 1-kuniga 4 bir o‘rinli nomer bronlashtirilgan (6 nomer bo‘sh qolgan), 2-kuniga ikkitadan bir va ikki o‘rinli nomerlar bronlashtirilgan (tegishincha 8 bir o‘rinli va 13 ikki o‘rinli nomerlar bo‘sh qolgan). Bunday jadval har bir toifadagi bo‘sh nomerlar sonini aniq ko‘rish imkonini beradi.

Katta zamonaviy mehmonxonalarda bronlash jarayoni kompyuterlashtirilgan.
Bron bo‘limi qabul va joylashtirish bo‘limlari bilan doimo hamkorlikda ish olib borishi kerak, ular joriy davrda nomer bandligi haqidi axborot beradilar.Agar hisobot noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa, menejerlar bandlik prognozlariga tegishli qarorlarni noto‘g‘ri chiqarishlari mumkin.Nomer sotilmay qolsa, mehmonxona daromadi kamayadi.
Mijozga joy beruvchi mehmonxona tomonidan maxsus buyruqlar bilan tasdiqlangan bron tasdiqlangan hisoblanadi. Mijozga rezerv haqidagi tasdiq pochta yoki faks orqali yetib borishi uchun rezerv qilinganlik haqida tasdiqni olish bir muncha vaqtni talab qiladi.Odatda tasdiq xatiga quyidaga malumotlar kiritiladi: arizani ro‘yxatga olish raqami, mehmonning kelib ketish sanasi, buyurtma qilingan nomer turi, mehmonlar soni, kerakli krovatlar soni, shuningdek, mehmonning har xil talablari.Mijoz mehmonxonaga o‘zi bilan bu tasdiqnomani har ehtimolga olib keladi.Bunday tasdiqnoma ham mijoz uchun kafolat bo‘la olmaydi, chunki shunday qoida bor: mehmon 18 soatgacha kelmasa, mehmonxona zarurati bo‘yicha bronni bekor qiladi.
Bron qilish tizimini rivojlantirishda bir qator muammolar bo‘lishi mumkin:

  • lazerli printerlardan foydalanishda qimmatbaho elektron uskunalarni sotib olish va o‘rganish;


  • bunday uskunalar bilan ishlashni tashkil etish va nazorat qilishda malakali mutaxassislarning kamligi;


  • bu darajadagi texnik obetlarni joylashtirishdagi kerakli maydon(joy) muammosi.


Integratsiya rivoji sharoitida born tizimini qo‘llashda talab oshmoqda. Bu tizim mehmonxona xo‘jaligi samaradorligiga erishish yo‘lidagi keng hajmla operatsiyalarni tanlab, turistik biznes, restoranlarni rivojlantirishda ularning imkoniyatlarini kengaytiradi.


Hozirda kafolatlangan va kafolatlanmagan bron turlari keng qo‘llanilmoqda. Bu turlar mazmunini boyitish uchun xizmat ko‘rsatuvchi kadrlar professional malakasini modernizatsiyalashni qo‘llash kerak. Bu yerda xizmatlar assortimenti sifati kashfiyoti amal qilishi lozim. Bu holatlarda mehmonxonalarda joylarni bron qilish turi bog‘liq bo‘ladi

Download 71,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 71,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatish qoidalari

Download 71,27 Kb.