|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti turizm va Iqtisodiyot fakulteti 192-Mehmonxona xo`jaligini tashkil etish va boshqarish guruhi talabasi ibadullayev shoxjahonning mehmonxona xizmatini tashkil etish
|
bet | 3/19 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 71,27 Kb. | | #243837 |
Bog'liq D Mavzu Mehmonxonalarda innovatsion bronlashtirish va rezervlasBron qilish- mehmonxonadagi nomer va joyga oldindan buyurtma berishdir. Shu jarayondan mehmonga xizmat ko‘rsatish boshlanadi. Nomerni bron qilish bilan qabul qilish va joylashtirish xizmati yoki bron bo‘limi menejeri shug‘ullanadi. Aynan shu bo‘limlarga mehmonlardan bron qilish haqida ariza tushadi. Arizalarni rasmiy yig‘ishdan tashqari, bron bo‘limi mehmonxona joylariga bo‘lgan talabni o‘rganib chiqishi shart.Mehmonxonaning ko‘p yillik ish faoliyatini mazkur regionda o‘tkaziladigantadbirlar(festival, karnaval, sport musobaqalari) rejasini hisobga olib, nomerni o‘tgan va kelgusi davrda bandligini tahlil qilgach, bron bo‘limi marketing xizmati bilan birgalikda mehmonxona faoliyatini rejalashtiradi.
Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda mehmonxona joylariga bo‘lgan talab bir necha barobar oshadi. Mehmonxona uchun ko‘p sonli qatnashuvchilarga ega tadbirlarga joy bron qilish foydaoidir, chunki bunday hollarda buyurtma tadbirdan ancha oldinroq amalga oshiriladi va uni bekor qilish riski katta emas.
Mehmonxona bandligi mavsum, mazkur hududning ishchan faolligi, iqtisodiy, siyosiy vaziyatga bog‘liq. Siyosiy barqarorsizlik ro‘y berayotganda xavfsizlikni taminlash sustlashishi tufayli turistlarning ushbu hududga qiziqishi pasayadi.Mavsum tig‘iz paytida mehmonxona ikkikarrali(dvoynoye) bron qilishni amalga oshiradilar. Ikkikarrali bron-bu birdaniga ikki mijozga bir xil sanada kelajakda mehmonxonadan joy berish tasdig‘idir.Bu yo‘lni tanlab mehmonxona juda katta tavvakkal qiladi. Balkim ularning biri keyinchalik buyurtmani bekor qiladi yoki belgilangan kunda kelmas.Unda tavvakkalchilik oqlanadi. Agar o‘sha kuni har ikki mijoz ham kelsa-chi?Albatta, birinchi kelgan mijoz joyni egallaydi. Ikkinchi mijoz ehtiyoji uchun boshqacha yo‘llar mavjud, bu yo‘llarni ikkikarrali bronni amalga oshirayotganda bo‘lim menejeri o‘ylab qo‘yadi.Har ikki mijoz tashrif buyursa, yoki turist ogohlantirmay kelsa, mehmonxonada joy bo‘lmasa, mehmonxona xodimi ularni mehmonxonaga yaqin joylashgan uy- joyni ijaraga beruvchilar, yoki boshqa mehmonxonalarga jo‘natadilar.Bunday paytda mijozdan mehmonxonani o‘zgartirishi haqida ijozat so‘rash zarur.
Mehmonxona uchun ham, mijoz uchun ham nomerlarni oldindan bron qilish qulaydir, qancha barvaqt bo‘lsa, shuncha yaxshi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti turizm va Iqtisodiyot fakulteti 192-Mehmonxona xo`jaligini tashkil etish va boshqarish guruhi talabasi ibadullayev shoxjahonning mehmonxona xizmatini tashkil etish
|