O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 0,75 Mb.
bet56/122
Sana20.12.2023
Hajmi0,75 Mb.
#124384
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122
Bog'liq
Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi-fayllar.org (1)

Dekodlash. Dekodlash algoritmi yuqori ehtimollik tajribaga asoslangan holda, amalga oshiriladi. Dekodlash jarayonida xatolarni to‗g‗irlash, to‗g‗ri kodli so‗zning o‗tishiga erishish uchun aprior va aposterior ehtimollikka asoslangan holda amalga oshiriladi.
Kodli so‗zning dekoderga kelib tushgunicha bo‗lgan ma‘lumot aprior, kodli so‗zni qayta ishlab bo‗lingandan keyin qabul qilingan ma‘lumot, aposterior deb yuritiladi.
Berrou o‗z ish faoliyatida turbo dekoderlarda yuqori ehtimolikka ega aprior algoritmdan foydanishni taklif etadi (Maximum of A-posteriori Probability, MAP), shuningdek Bala algoritmidan foydalanishni ham qo‗llab quvvatlaydi.
Bala algoritmi dekodlangan bitlar uchun «yengil» ishonchlilikni beradi. Ya‘ni chiquvchi sathda dekodlashni ishonchli natijaga erishishini ta‘minlaydi. Qattiq struktura esa, dekoderning chiqishida dekodlangan bitning eng katta qiymatini shakllantiradi. Yumshoq strukturada hisoblashda chiquvchi signalning batafsilroq bo‗lgan diskretizatsiyasi ishlatiladi. U berilgan bitning ehtimoli to‗g‗riligini xarakterlaydi. Yumshoq yechimni qo‗llash tufayli turbo dekoderlarda bir nechta dekoderlash iteratsiyalari samarali qo‗llanilishi yuzaga keladi. Birinchi dekoderlash iteratsiyasining chiqishidagi kodli so‗zning qabul qilingani aposterior ma‘lumot deyiladi.
Keyingi iteratsiya blokiga qabul qilingandan so‗ng aprior ehtimollik bo‗ladi. Bunday yondashuv iteratsiyadan iteratsiyagacha bo‗lgan dekoderlash sifatini yaxshilaydi. Shu tarzda dekoderlash iteratsiyasining qiymatini o‗zgartirgan holda dekoderni joriy uzatuvchi kanalga moslashtirishimiz va talab etilgan bitlar xatoligini ehtimolligiga erishimiz mumkin.
4.9-rasmda ikki kaskadli bitta iteratsiyalangan turbo dekoderning kodlanish sxemasi keltirilgan. Bu sxema istalgan miqdordagi kaskadlarni kodlashda murakkab bo‗lmagan umumlashgan yechim hisoblanadi. Bitta iteratsiyalangan dekoder ikkita kaskad dekoderning bog‗lanishiga bog‗liq bo‗lgan holda, yuborilgan belgi to‗g‗risida yumshoq yechim chiqaruvchi yuqori aposterior ehtimollikka ega bo‗ladi. Birinchi iteratsiyalangan dekoderga demodulyatorning chiqishidagi yumshoq yechimga ega bo‗lgan X0 va X1 ketma - ketlik kelib tushadi. Shu tarzda birinchi dekoderning chiqishida ma‘lumotli belgini bahosi hosil bo‗ladi. Keyin
ikkinchi dekoder qurilmasining kirishiga o‗zgargichdan o‗tgan ma‘lumot kelib tushadi va u aprior ma‘lumot deb ataladi. X2 ketma - ketlikda yumshoq yechimni qo‗llagan holda, ikkinchi dekoder o‗zining bahosini shakllantiradi.
Har bir chiquvchi iteratsiyalar yechimi keyingi kiruvchi ketma- ketlikka o‗tadi. Uch iteratsiyalangan turbo dekoderning ishini tashkil qilish 4.10- rasmda keltirilgan. Iteratsiyadan iteratsiyaga o‗tishda yechimlarni aniqlash sodir bo‗ladi. Bunda har bir iteratsiya yumshoq baholash bilan ishlaydi va chiqishga ham yumshoq bahoni uzatadi. Shuning uchun bunday sxemalar yumshoq kirish va chiqishga ega bo‗lgan dekoderlar deb yuritiladi (Soft Input Soft Output (SISO)).
Dekodlash jarayoni, barcha iteratsiyalar a‘malga oshgandan so‗ng yoki ehtimolli bitlar xatoligi talab etilgan ko‗rsatkichga yetgandan so‗ng amalga oshiriladi. Dekodlashdan so‗ng hosil bo‗lgan «yumshoq» yechimga, yakuniy «qattiq» yechim ishlab chiqariladi.

Download 0,75 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122




Download 0,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 0,75 Mb.