71
AMALIY MASHG’ULOT № 4
iSpring dasturlari va uning imkoniyatlari. iSpring Suite asbob uskunalari orqali
elektron darslik, videoma’ruzalar, elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar,
tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni va onlayn-perezentatsiyalarni yaratish
Ishdan maqsad: Talabalarga iSpring Suite dasturida ishlash, ulardan samarali foydalanish va
ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda talabalar
olgan nazariy bilimlarini
amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat.
USLUBIY KO’RSATMALAR
iSpring Suite – bu PowerPoint dasturida elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi professional
vosita hisoblanadi. iSpring dasturi yordamida foydalanuvchi bir nechta bosqichdagi o‘quv
kurslarini yaratishi va nashr qildirishi mumkin:
a) Power Point- taqdimotlar bazasida o‘quv kurslarini yaratish;
b) Audio va video fayllarni birlashritish;
c) Interaktiv testlar yaratish;
d)
Interaktiv bloklar yaratish;
e) Masofaviy ta’lim tizimi uchun ma’lumotlar tayyorlash.
iSpring Suite dasturi o‘zida iSpring Pro, iSpring QuizMaker va iSpring Kinetics
dasturlarini jamlagan. iSpring dasturini uskunalari PowerPiont dasturining menyular satriga
sozlanadi.
iSpringning o’rnatilishi muvofaqqiyatli bajarilgandan so’ng ,
Power Point ga
iSring
insturimental qatori qo’shiladi.
iSpringning funksiyalaridan tayyorlangan fayli Flash formatga
o’ziga xos playback (boshqarilish)ni yuzaga keltiradi. Audio
va videolar bilan Flahda
tayyorlangan fayl yaxshiroq bo’ladi. Eslatma, aytish kerakki iSpring Proga qo’shiladigan xar bir
ma’lumot Windows uchun o’ziga xoss ahamiyatga ega.
iSpring Pro yordamida:
➢ Windowda Flashni muomilaga chiqarish;
➢ Prezentatsiyani tadqiq etish;
➢ Window bilan bog’lanish;
➢ Windowni taqdim etish;;
➢ Windowda audio yozish;
➢
Windowda vidio yozish;
➢ Windowda sinxron qilish;
➢ Windowga so’rovlar qo’yish;
➢ Windowni Flashga kiritish mumkin.
<
Quick Publish> tugmasini bir marta bosish orqali yuqori darajadagi
Flash movie
o’rnatiladi.
iSpring Quick Publishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri taqdim etiladigan
prezentatsiyada ortiqcha o’zgarishlarga yo’l qo’ymaydi.
iSpring Pro 180 dan ortiq effektlarga ega. Bu ko’rsatkich Power Point 2007 dagi barcha
effektlar
kombinatsiyasidan iboratligi, ko’plab harakatlarni o’z ichiga olganligi hamda shu
ko’rsatkich bo’yicha harakatlarni mukammallashtirganligi bilan tasvirlanadi.
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:
• tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si
qo‘yish,
taqdimotni
faqat
ruxsat
etilgan
domenlardagina
«aylantirilishi»;
• video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish
tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar
yaratish uchun vosita
o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
• masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini
72
yaratish;
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
• videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
• YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.
EAT resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring
Kinetics dasturini keltirish mumkin.
iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• birоr-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan
glossariy, ma’lumotnoma yoki
lug‘at yaratish;
• vaqt shkalasini yaratish;
• 3 o‘lchovli kitob yaratish;
• FAQ yaratish mumkin.
2-rasm . iSpring Kinetics dastur imkoniyatlari
EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring
QuizMaker dasturini keltirish mumkin.
iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• tаrmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish)
imkoniyati;
• ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga
yaqinroq turidagi topshriqlari;
• bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;
•
ochiq test topshiriqlari;
• o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;
• to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati