84
AMALIY MASHG’ULOT № 6
Mytest dasturi yordamida test yaratish va uni sozlash; test jarayonini o‘tqazish,
tarmoqda sozlash, natijalarni olish va taxrirlash. CourseLab dasturi yordamida
elektron darslik yaratish asoslarini o‘rganish.
Ishdan maqsad: Talabalarga CourseLab dasturi yordamida
elektron darslik yaratish
asoslarini o‘rgatish hamda Mytest dasturi yordamida test yaratish va uni sozlash; test
jarayonini o‘tqazish, tarmoqda sozlash, natijalarni olish va taxrirlashni o’rgatish. Talabalar
olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan
iborat.
USLUBIY KO’RSATMALAR
1.
CourseLab dasturining tarixi, asosiy imkoniyatlari va o’rnatilish jarayoni
CourseLab —
bu Internet tizimida, masofaviy ta‘lim tizimlarida, kompakt disk yoki
boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo‗ljallangan interaktiv ta‘lim
materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo‗ljallangan kuchli va ishlatish oson
bo‗lgan dasturiy vositadir.
Elektron ta'limiy kurslar muharriri bo'lmish CourseLab
WebSoft kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqarilgan. WebSoft kompaniyasi – zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy
komplekslarni ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya axborot texnologiyalari bozorida
1999 yildan ish boshlagan. Hozirda CourseLab dasturining CourseLab 3.1 va CourseLab 2.7
versiyalari keng qo‘llanilmoqda. Quyida CourseLab dasturining versiyalari tarixi keltirilgan:
04.09.2006 (Vesiya 2.2)
Rasmiy ravishda CourseLab 2.2 versiyasining relizi taqdim etilgan.
Yangi versiyada ushbu qo'shimchalar qo'shilgan edi:
•
Microsoft PowerPoint dan taqdimotlar importi mexanizmi qayta ishlangan;
•
Avtofiguralarni tahrirlashdagi yangi imkoniyatlar;
•
Rasmlarni siqish mexanizmi qo'shilgan;
•
Dasturni
bezatish temalari yaratildi;
•
Interfeysi mukammallashtirildi.
22.05.2006 (Vesiya 2.1)
Rasmiy ravishda CourseLab 2.1 versiyasining relizi taqdim etilgan. Ushbu versiyada:
•
Qator o'zgartirishlar;
•
Qiyin ko'pobyektli o'zaro aloqalarni yaratishdagi masalalarni yengillashtiruvchi
ssenariylar mexanizmlari qo'shilgan,
16.04.2006 (Vesiya 2.0)
Rasmiy ravishda CourseLab 2.0 versiyasining relizi taqdim etilgan. Kurslarni ko'rish
imkonini beruvchi, butunlay qayta ishlangan dastur sezilarli darajada tezligi ortgan, Gecko-
based brauzerlarini (Mozilla FireFox, Netscape) qo'llab- quvvatlanishi yaratilgan edi. Bu
versiyada:
•
Kurslarni
taqdim etish tezlashgan;
•
Yaratilgan kurslarni nafaqat Microsoft Internet Explorer brauzeri orqali, balki
FireFox, Mozilla, Netscape brauzerlari orqali ham ko'rish imkoniyati tug‘ilgan;
•
Ta‘lim materiallarining almashish standarti SCORM 2004 qo‘llab-quvvatlangan;
•
Obyektlarni ko‘rsatishda vaqt boshqaruvi qo‘shilgan, ―Timeline‖ tahrir paneli;
•
Taqdim etish effektlarini boshqarish
mukammallashtirilgan;
•
Yangi mukammal obyektlar qo‘shilgan;
•
Obyektlarni yangi bezatish va rang sxemalari qo‘shilgan;
•
Modullarning yangi shablonlari qo‘shilgan.
2.
Courselab dasturida interaktiv elektron ma’ruzalar yaratish samaradorligi
Mualliflik dasturiy ta’minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini
qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta’lim
jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib,
zamonaviy
85
texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Mualliflik dasturiy ta’minotlar
yordamida electron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter
texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda
yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta’minotlarining
imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.
CourseLabning asosiy imkoniyatlari:
• WYSIWYG tizimida ko‘rish va natijalarni olish mumkin bo‘lgan ta’lim materiallarini
yaratish va tahrir qilish.
• Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi.
• Obyektiv yondashish har qanday murakkablikdagi ta’lim materiallarini yaratish
imkonini beradi.
• Ssenariylardan foydalanish murakkab ko‘p «Obyekt»li bog‘liqliklarniyaratishni
osonlashtiradi.
• Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega.
• Ochiq obyektiv interfeys obyekt va shablonlar kutubxonasi vafoydalanuvchi yaratgan
kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi.
• Obyektlar animatsiyasi mexanizmiga ega.
• Ta’lim kurslariga har qanday Rich-medianing har qanday turini —
Macromedia®Flash®, Shockwave®, Java® va har qanday
formatdagi videoformatdagi
fayllarni joylashtirish imkonini beradi.
• Musiqiy ketma-ketlik joylashtirish va sinxronlashning oson mexanizmlari.
• Microsoft®PowerPoint® formatidagi taqdimotlarni o‘quv materialiga joylashtirish
imkoniyati.
• Har xil dasturiy ta’minotlarning simulyasiyalarini yaratish imkonini beruvchi ekranni
suratga olish mexanizmiga ega.
• Amallarni izohlashning oson tiliga ega.
• Malakali foydalanuvchiga dastur fayllarining xususiyatlariga to‘g‘ridan -
to‘g‘riJavaScript-kirish imkonini beradi.
• Elektron ta’lim kurslarini ko‘rish uchun Javaning bo‘lishi talab qilinmaydi.
CourseLab yordamida yaratilgan ta’lim materiallari ishlatilish turiga qarab, elektron
ta’limning quyidagi: AICC (http://www.aicc.org), SCORM 1.2 (http://www.adlnet.org)
standartlariga mos keladi.