90
Kursni kontent bilan to‘ldirish modulning asosiy
oynasida amalga oshiriladi, uning
yonida esa slaydlar lentasi joylashgan bo‘ladi. Uning 3ta ko‘rinish rejimi bor:
odatdagidan
tashqari, ularning birinchisida joriy holatda tanlangan modulning zastavkasini tahrirlash mukin,
ikkinchisida esa – slaydlarda foydalaniladigan shablonlarni o‘zgartirish mumkin. Loyihadagi
nafaqat har bir modul uchun, balki har bir slayd uchun ham alohida shablonlardan foydalanish
imkoniyati ham mavjud.
Shuningdek, siz shablonlarni eksport yoki import qilishingiz ham
mumkin.
7-rasm. CourseLab da kurs tuzilmasi
Obyektlar qo’shish
Slaydlarning amalda tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin. CourseLab turli elementlarning –
matn bloklari, rasmlar, avtofiguralar (vinoskalar, yulduzlar, chiziqlar, shaklli yo‘naltirgichlar va
91
h.k.), sichqoncha kursori va boshqa turli xil obyektlarning slaydlarga qo‘yilishini qo‘llab
quvvatlaydi. Obyektlarda to‘xtaladigan bo‘lsak, bu dasturning asosiy funksiyalaridan biriga
kiradi.
8-rasm. Dasturda obyektlar kutubxonasi
Obyektlar kutubxonasida quyidagi kategoriyalar mavjud: