CourseLab dasturining o’rnatilish jarayoni




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/104
Sana18.01.2024
Hajmi8,58 Mb.
#140139
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104
Bog'liq
UMK-AT-Nasirova-Sh.N.

CourseLab dasturining o’rnatilish jarayoni 
CourseLab dasturi ham boshqa dasturlar kabi darturning o‘rnatish paketi orqali 
o‘rnatildi. Paketni CourseLab ning rasmiy saytidan sotib olish, yoki demo versiyasini yuklab 
olishingiz mumkin. Bundan tashqari internetdagi dasturiy vositalarning keng assortimentini 
taqdim etuvchi boshqa saytlar ham talaygina. Siz o‘rnatish paketini ana shunday saytlardan 
yuklab olishingiz ham mumkin. Paket yuklab olingach uni raspakovka qilasiz va uning 
tarkibidagi .exe kengaytmali faylni ishga tushirasiz. So‘ngra keying chiquvchi oynalardagi 
o‘rnstish shartlari va ketma- ketligini o‘qigan holda ularga amal qilib borasiz. Natijada 
CourseLab dasturi kompyuteringizga o‘rnatiladi va uning yorliqchasi ish stolingizda paydo 
bo‘ladi. Dasturni birinchi ishga tushirganingizda sizga quyidagi (1-rasm)oyna ochiladi:
1-rasm. CourseLab da ro’yxatdan o’tish oynasi 
Yuqorida ochilgan oynaning tegishli maydonlariga mos ma‘lumotlar kiritilgach, dastur 
tomonidan sizning elektron pochtangizga maxsus xos kod jo‘natiladi. Ushbu kodni mas 
maydonga (2-rasm) kiritish orqali siz dasturda erkin ishlash huquqiga ega bo‘lasiz.


88 
2-rasm. CourseLab da ro’yxatdan o’tish 
Ushbu amallarni bajargach siz CourseLab dasturida erkin ravishda barcha uskuna va 
effektlardan samarali foydalangan holatda elektron kurs yaratish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
3. 
CourseLab dasturining interfeysi, imkoniyatlari va obyektlari tasnifi.
CourseLab juda qulay va tushunarli interfeysga ega, ammo uni zamonaviy deb aytish 
qiyin: u Microsoft Office ning 10 yil avvalgi uslubida yaratilgan va bu ishlab 
chiqaruvchilarning shaxsiy tanloviga o‘xshaydi. Oynaning yuqori qismida menyu va uskunalar 
paneli joylashgan, asosiy qism esa bir necha bo‘limlarga ajratilgan: chap tomonda kursning 
tuzilmasi aks etadi, o‘ng tomonda esa masalalar maydoni joy olgan. Dasturni tushunib olish 
qiyin emas – bu Adobe Flash emas, ammo Action Script kabi murakkab bo‘lmasada, o‘ziga 
ornatilgan dasturlash tili baribir mavjud. Uning yordamida CourseLab asosida hattoki katta 
bo‘lmagan o‘yinlarni ham yaratish mumkin. Masalan, ―tetris‖ yoki ―dengiz jangi‖ kabi. 
Shuning uchun taqdimot ko‘rinishidan murakkabroq loyihalarni yaratishda dasturchilik va 
mualliflikni uyg‘unlashtirish tavsiya etilmaydi.
 
3-rasm. CourseLab interfeysi. 
CourseLab yordamida yaratilgan elektron o‘quv kursi tartiblangan o‘quv modullari 
yig‘indisidan iborat. O‘quv materialining qurilishiga qarab modular bo‘limlarga birlashishi 
mumkin. O‘z navbatida bo‘limlar ham iyerarxik ravishda kattaroq birliklarga birlashishi 
mumkin.
O‘quv moduli – kurs iyerarxiyasining asosiy birligi bo‘lib, slaydlarning ketma-
ketligidan iborat. Ta‘lim tizimi davomida o‘quvchilar slayddan slaydga ketma-ket ravishda 
o‘tib boradilar. Odatda slaydlarni o‘rganish muallif tomonidanbelgilangan ketma-ketlikda olib 
boriladi, lekin testlar natijalariga qarab slaydlar ketma-ketligi o‘zgarishi mumkin.
4-rasm. Modullar oynasi 


89 
Ta‘lim moduli ham o‘qish uchun, ham olingan bilimlar nazorati uchun mo‘ljallangan 
bo‘lishi mumkin. O‘quv va nazorat materiallari odatda modulda birlashtiriladi: bunda o‘quv 
materiali yakunida o‘quvchi shu modulda testdan o‘tadi. 
Bo’lim  
CourseLab yordamida yaratilgan o‘quv kurslari modular ularni tematik birlashtiradigan 
bo‘limlarga birlashtirilishi mumkin.
Masofaviy ta‘lim tizimida bo‘lim odatda o‘zida modul va boshqa bo‘limlarni 
birlashtiradigan papka sifatida ko‘rsatiladi. Bo‘lim – masofaviy ta‘lim tizimida faqat tuzilishi 
birligi hisoblanadi – o‘zining holati haqida o‘quv modullaridan hech qanday ma‘lumot olmaydi 
va tizim bo‘limga unga kiruvchi modular holatiga qarab o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Metodistik nuqtai nazaridan bo‘lim tematik birlashtirilgan ma‘ruza va darslar ketma-
ketligi sifatida sharhlanishi mumkin.
 
5-rasm.Slaydlar ko’rinishi 

Download 8,58 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



CourseLab dasturining o’rnatilish jarayoni

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish