• NАZОRАT SАVОLLАRI
  • USLUBIY KO’RSATMALAR
  • AMALIY ISHINING TOPSHIRIQLARI




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/104
    Sana18.01.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #140139
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
    Bog'liq
    UMK-AT-Nasirova-Sh.N.

    AMALIY ISHINING TOPSHIRIQLARI: 
    1. Macromedia Flash dasturining ishga tushirish tartibini ayting. 
    2. Animatsiya va maska qatlamining tushuntiring va boshqotirma tayorlang. 
    3. Macromedia Flash dasturida animatsiya turlari ayting. 
     
    Topshiriqni bajarish tartibi: 
    1. Topshiriq mazmunini to’laligicha amaliy bajaring va amaliyot daftaringizga hisobot 
    tarzida tushiring. 
    2. Ma’lumotlarni olgan manbaalaringiz ro’yxatini amaliyoyt daftaringizga tushiring. 
    3. Bajarilgan ishlar yuzasidan o’z xulosalaringizni keltining. 
    NАZОRАT SАVОLLАRI: 
    1) Macromedia Flash дастури кандай вазифаларни бажаради? 
    2) Дастурнинг иш соҳасида қандай элементлар жойлашган? 
    3) Вақт-чизғич ва қатлам элементлари нима учун ишлатилади? 
    4) Анимация яратиш учун қандай усуллар мавжуд? 
     
     
     


    103 
    AMALIY MASHG’ULOT № 10,11 
    Audio va video materiallarni yozish va ishlov berish.
    Sound Forge va Ulead VideoStudio 9.0 
    Ishdan maqsad: Talabalarga Audio va video materiallarni yozish va ishlov berish, 
    Sound Forge dasturida ishlash va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda 
    talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil 
    qilishdan iborat.
    USLUBIY KO’RSATMALAR 
    Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga o‘rgatuvchi dasturlar kiritilishi mumkin. 
    Multimediali o‘rgatuvchi kompleks tarkibiga quyidagilar kiradi: elektron kitob (gipermatn, 
    rasmlar, ovozli formatda izoh); baholash va bilimlarni sinash uchun modul (testlar, masalalar, 
    javoblar); ma’lumotlar ombori va glosariy. Keltirilgan modullar tashqari multimediali 
    o‘rgatuvchi kompleksga quyidagi qo‘shimchalar kiritilgan: metodik xujjatlar, ma’ruzalar 
    taqdimotlari, o‘rgatuvchi dasturlar (kompyuterli modellar), bilimlarni yakuniy bahosi; maxsus 
    sayt.
    Ikki darajali ta’lim tizimi sharoitlarida multimediya-dasturlari turli qo‘llanishlari 
    mumkin: multimediali o‘rgatuvchi vosita yakka tartibda foydalanish vositasi, multimediali 
    o‘rgatuvchi kompleks esa – o‘qituvchi va magistrant quroli. Multimediali o‘rgatuvchi 
    komlpeksning asosiy xususiyati interfaolligida, bu ta’limning ochiq tizimini tashkil etishni, 
    o‘qituvchini shaxsiy ta’lim berish jarayonini tanlash imkonini beradi. Ikkala dastur bir birini 
    to‘ldiradi. Bunday dasturlar talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi. 
    O’rgatuvchi dasturlarda video materiallar(roliklar, video filmlar) ishlatilgani va ularni 
    qayta ishlash imkonuyatlarini bo’lishini ta’minlash uchun Ulead Video Studio, Movie Maker, 
    Camtasia Studio, Adobe Primiera kabi dasturlardan foydalanish mumkin.
    Ushbu dasturlar yordamida video materialga ovozlar qo`shish yoki olib tashlash, filmni 
    montaj qilish, xajmini kichraytirish, sifatini qisman yaxshilash hamda bir formatdan boshqa 
    formatga(videoformatlar: AVI, DV, DVD, MPG, MP4, WMV, DAT, 3GP va x) o`tkazish kabi 
    ishlarini bajarish mumkin. 
    Kompyuter dasturlarini o`rgatishga doir o’rgatuvchi dastur yaratishda ushbu dasturlarda 
    ishlash jarayonini to`g`ridan – to`g`ri hech qanday tasvirga tushiruvchi qurilmasiz yozib olish 
    mumkin. Bu ishni Camtasia Studio, Adobe Captivate dasturlari yordamida amalga oshirish 
    maqsadga muvofiq. Bundan tashqari ushbu dasturlar yordamida kompyuterga ulanuvchi 
    mikrofon qurilmasi orqali tasvirga olish bilan bir vaqtda, jarayonni sharxlab ketilishi (ovoz)ni 
    ham yozib olish imkoniyati mavjud. Camtasia Studio va Adobe Captivate dasturlarining yana bir 
    e`tiborga molik xususiyatlaridan biri bu – olingan tasvir va ovozni vektor formati(SWF)ga 
    o`tkazishidir. 
    O’rgatuvchi dasturlar uchun audio materiallarni tayyorlash, montaj qilish (qisqartirish 
    yoki orasiga ovoz va musiqa qo`shish), qayta ishlash(oshiqcha effektlardan tozalash, ovozni 
    sozlash) kabi ishlarni, audio fayl formatini (audio fayl formatlari: wma, cda, mp3, mp4, wav, asf, 
    rm va x.k.) bir formatdan boshqa formatga o`tkazish kabi amallarni Sony SoundForge, Fruity 
    Loops, GoldWave, WaveLaB kabi dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. 
    Mustaqil ta’limni tashkil etishda o‘rgatuvchi dasturlardlan foydalanish maqsadga 
    muvofiqdir. O‘rgatuvchi dasturlar talabalar mustaqil ta’lim tashkil etish komponentasi sifatida 
    tugallangan mavzular bloki va ilovalar birligidir. O‘rgatuvchi dasturning har bir mavzusi asosiy 
    tushunchalar kiritilgan nazariy ma’lumotlarga, mavzuga mos amaliy mashg‘ulotlarni bajarish 
    algoritmiga ega bo‘lishi lozim. Nazariy ma’lumotlardan keyin o‘z-o‘zini tekshirish uchun 
    savollar ro‘yxati tavsiya etilishi kerak, bu talabalarni olgan bilimlarini aniqlab, qiynalgan 
    qismlarni qayta o‘zlashtirishga imkon beradi.
    Mavzularni mustahkamlash maqsadida mustaqil ishlash uchun nazariy bilimlarga 
    asoslangan amaliy topshiriqlarga ega bo‘lishi kerak, bu esa talabalarda dastur bilan ishlash 
    ko‘nikmasini hosil qiladi.


    104 
    O‘rgatuvchi dasturlarda axborot texnologiyalarni modulli xolatlarda integrallashgan 
    kompleks vazifalari bo‘lishi zarur. Ularni bajarish uchun nafaqat nazariy bilimlar talab etiladi, 
    balki amaliy bajarish ko‘nikmasi, bir yoki bir necha fanlardan olingan bilimlar, qo‘shimcha 
    ma’lumotlarni mustaqil izlash va boshqa axborot texnologiyalardan foydalanishi ham kerak, bu 
    axborot texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini yanada rivojlantiradi. Bundan tashqari 
    o‘rgatuvchi dasturda savollarga to‘g‘ri javoblar, yordamchi ma’lumotlar va chuqurlashtirilgan 
    ma’lumotlar bo‘lishi kerak, bulardan talaba xoxlagan vaqtda foydalanishi mumkin. 
    Bunday elektron ta’lim resurslarini yaratishda tayyor dasturiy mahsulotlardan, web 
    dasturlash tillaridan hamda vizual dasturlash muhitlaridan keng foydalanilmoqda. Delphi 
    dasturlash muhiti elektron darslik va o`rgatuvchi dasturlar tayyorlashda juda qulay va keng 
    imkoniyatlarga ega. Delphi dasturlash tilining soddaligi, interfeysning qulayligi va unda 
    yaratilgan dastur barcha operatsion tizimlarda ishlashi o`qituvchilarga qulaylik yaratadi. Delphi 
    muhitida multimediali dastur yaratish uchun maxsus komponentalar mavjud bo`lib, ulardan 
    foydalanish juda qulaydir. 
    Ushbu o’rgatuvchi dastur tuzishda Adobe Flash Pro CS5, Adobe Captivate CS5.5, 
    Adobe Photoshop CS5, Delphi 7 kabi programmalardan foydalanilgan. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish