114
AMALIY MASHG’ULOT № 16
LMS MOODLEda foydalanish uchun o‘quv kontentlarini tayyorlash va nashr etish.
LMS MOODLEda muloqot va ma’lumot almashinuvi.
Ishdan maqsad: Talabalarga
LMS maqsad va tuzilmasi, LMS tizimlari va masofaviy
ta’lim kurslari saytlarida ishlash va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda
talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil
qilishdan iborat.
USLUBIY KO’RSATMALAR
LMS/LCMS
tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim jarayonini) tashkil
etishning asosiy funksiyalarini o`z ichiga oladi. Bunday funksiyalar qatoriga o`quvchilarning
(o`qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqalarni) ro`yxatga olish,
foydalanuvchilarni o`quv kurslardan Chetlashtirish, o`quvchilarning mustaqil ta’lim olish
muhitini
yaratish, o`quvchi va o`qituvchilarning o`zaro individual yoki guruh bo`lib,
hamkorlikda ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va
ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat
turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni
topishga oid, ketma-ketlikni to`g`ri joylashtirish, bo`sh qoldirilgan joyni to`ldirish va
boshqa
turlari kiradi), har xil turdagi ijtimoiy so`rovlarni tashkillashtirish, o`quvchilarning
bilim
darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot
resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o`quv resurslarini eksport/import
qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o`quvchilar, o`qituvchilar (tyutorlar), kurs
yaratuvchi pedagoglarning)
tizimga qachon, qancha vaqt davomida o`quv kontentlar bilan
tanishganligi, qaysi IP-manzil orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga
kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi,
tizimda mavjud foydalanuvchilarning faolligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish
imkoniyati, o`qituvchi (tyutor yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan
elektron o`quv-resurslarini
yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa
standartlar asosida yaratilgan elektron o`quv resurslarini yuklashi, o`quvchilarning boshqa
o`quvchilar/o`qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferensiya,
umumiy elektron doskalar
yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqotini tashkillashtirish,
o`quv jarayonida bo`ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar
yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni
boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o`tish mumkin.
Quyida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va
ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo`yicha
ma’lumotlarni bayon qilamiz. Atutor — Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi
hisoblanadi. Tizimda mavjud o`qitish modullari:
Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking
va boshqa
modullari mavjud. Tizim bir necha standartlarni qo`llab-quvvatlaganligi sababli, internet
orqali jismoniy nuqsonga ega bo`lgan o`quvchi-talabalar tizim orqali o`quv resurslardan
foydalanishlari mumkin. Xususan, ko`zi ojiz talabalar maxsus web-ilovalar orqali tizimga
bog`langan holda o`quv kontentdagi so`zlarni audio formatga o`tkazgan holda tinglashi
mumkin.
Chamilo
– tizimi ham boshqa LMS tizimlari singari IMS(IMS Content Packaging,
IMS QTI) va SCORM standartlarini qo`llab-quvvatlaydi. Tizim
kross-platformali hisoblanib,
barcha operatsion tizimlarda ishlaydi. GPLv3 litsenziyasi asosida ish yuritadi. Bu tizimda
kurslarni tashkillashtirishda sessiya nomli qo`shimcha moduli mavjud bo`lib, ma’lum
kurslar yakuni bo`yicha lokal imtihon aratish imkonini beradi. Shuningdek, hisobot bo`limi
orqali esa kurslar, imtihonlar va foydalanuvchilarning holati bo`yicha hisobot yaratiladi.
Chamilo tizimida modullarning imkoniyatlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Xususan,