• Elektron pochtadan foydalanishga oid maslahatlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/104
    Sana18.01.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #140139
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104
    Bog'liq
    UMK-AT-Nasirova-Sh.N.

    USLUBIY KO’RSATMALAR 
    E—mail bu ma‘lum elektron manzilta axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. 
    Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga o‘xshashdir. Haqiqatdan ham E—mail 
    orqali xat jo‘natishda, siz oddiy xatdagidek satrlarni to‘ldirasiz, ya‘ni, yuboriladigan manzil 
    yoziladi (faqat barcha nomlar va manzillar elektron holda bo‘ladi). Siz xatni «nusxalash»
    orqali bir necha manzillarga jo‘natishingiz, hatto xatga faylni «qo‘shib» yuborishingiz mumkin 
    va hokazo.
    Elektron xatni jo‘natishdagi ishlar ham oddiy xatni jo‘natishga o‘xshaydi. Siz aloqa serveri 
    (odatda ‘st offise protocol) bilan bog‘lanib, xatni «aloqa bo‘limiga olib borasiz». Keyin
    aloqa serveri xatni manzillar serveriga uzatadi, u erdan manzili ko‘rsatilgan kishi xatni «olib 
    ketishi» mumkin.
    Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma‘lumotlar: matn, chizma, sxema, diagramma, rasm, 
    jadval, musiqa va boshqalarni uzatish mumkin. Ma‘lumotlar ko‘rsatilgan manzilga bir
    zumda etkaziladi. Ma‘lumot oluvchi bo‘lmagan vaqtda aloqa qutisiga ma‘lumotni qayta-qayta 
    uzatish va saqlash imkoniyati mavjud. 
    Elektron pochtadan foydalanishga oid maslahatlar
    ❖ Хatni printerda chop qilish uchun Fayl menyusida Pechat komandasini kiriting.
    ❖ Хatni alohida faylga yozib qo‘yish uchun Fayl menyusining Soxranitg‘ kak yoki
    Soxranitg‘ komandalaridan foydalaning.
    ❖ Keraksiz xatlarni Udalitg‘ komandasi yordamida yoki Delete tugmachasi yordamida 
    o‘chiring.
    ❖ Хatlarni tartiblash mumkin, buning uchun Soobopyeniye va Peremestitp v
    komandalaridan foydalanishingiz mumkin. Jild Fayl. Papka, Sozdatp menyulari 
    yordamida ochiladi.
    ❖ Хatni topish uchun Pravka menyusining Nayti soobo‘yeniye komandasidan
    foydalanishingiz mumkin.
    ❖ Savatdagi xatlarni baozan o‘chirishni unutmang.
    ❖ Katta xajmdagi ilovalarni arxivatorlar yordamida kichraytirib jo‘nating.
    ❖ Хatlarni alfavit, kelgan vaqti. Mazmuni va ilovasiga qarab tartiblashingiz mumkin.
    Bu Vid. Sortirovatp komandalari yordamida amalga oshiriladi.
    ❖ Хattga imzo kiritib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun Opsiyalar menyusida
    Podpisp punktini topib, unda imzoni ko‘rsatishingiz mumkin.
    Masalan. Ismingiz. Familiyangiz, lavozimingiz, ishxona nomi va manzilini. Тelefon. Faks 
    nomerlarini berishingiz mumkin. Bu sizning ishingizni yengillashtiradi. Har gal bu ma`lumotni 
    yozishga vaqtingizni sarflamaysiz. Bu vaqtni tejaydi va ishni qulaylashtiradi.
    Internet orqali so ‘zlashuv. Internet orqali o‘zaro muloqot deganda ikki yoki undan ortiq
    foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir- birlari bilan aloqa o‘rnatishi tushuniladi. Bunday 
    muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya’ni ular
    qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, Internet tarmog‘i orqali muloqot o‘rnata oladilar. Bunday 
    so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. Bunday 
    dasturlarga Skype, Mail Agent, Google Talk, ICQ kiradi. 
    Internet orqali so‘zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish qurilmasini kompyuterga
    ulab keltirilgan dasturlar yordamida foydalanuvchilar so‘zlashib muloqot qilishlari mumkin.


    113 
    Bunda Internet orqali muloqot jarayoni foydalanuvchiga tezkorligi, arzonligi hamda
    sifatliligi bilan qulayliklar yaratib beradi. 
    Internet orqali video muloqot. Internet orqali video muloqot deganda
    foydalanuvchilar bir-birini kompyuter ekranida (onlayn tarzda) ko‘rib turishadi, ya’ni 
    foydalanuvchilarning harakatli tasviri uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib beruvchi 
    qurilma web- kamera deb nomlanadi. Internet orqali video muloqot jarayonida muloqotda
    qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir-birining gapini eshitib qolmay, balki ko‘rib
    ham turishadi.Web-kamera va uning ahamiyati. Web-kamera alohida qurilma bo‘lib, u 
    kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog‘i orqali muloqotda ishlatiladi. 
    Web-kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘i ulangan
    bo‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida web-kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi 
    shart. Web-kamera foydalanuvchilarga ko‘p qulaylik yaratib beradi, ya’ni suhbat jarayonida 
    foydalanuvchilar qayerda joylashganligidan qat’i nazar, bir-birlarini ko‘rib turishadi. Internet 
    tarmog‘i orqali video muloqotlar Skype, Mail Agent, Google Talk, ICQ dasturlari orqali 
    amalga oshiriladi. 
    Skype dasturi. Skype — bu Internet orqali kompyuterlararo so‘zlashuv aloqasini
    ta’minlab beruvchi tizimdir. Skype tizimi Internet orqali mobil va uy telefonlariga qo‘ng‘iroq 
    qilishda pulli xizmat ham ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bu tizim yordamida chat sifatida matn
    xabarlarini yuborish, video qo‘ng‘iroqlar hamda konferens aloqani ham amalga oshirish 
    mumkin. Video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda web-kameradan foydalaniladi. 
    Mail Agent dasturi. Mail.ru Agent — Mail.ru kompaniyasi tomonidan ishlab
    chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.ru dasturi tezkor xabarlarni 
    almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari yordamida so‘zlashish, video
    qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, tekin SMS xabarlarni jo‘natish hamda elektron pochtaga 
    kelib tushgan xatlar to‘g‘risida ogohlantirish imkoniyatini ham taqdim etadi. 
    Google Talk dasturi. Google Talk dasturi Google kompaniyasi tomonidan ishlab
    chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi. Google Talk dasturi 
    matn ko‘rinishidagi xabarlarni almashish va tovushli o‘zlashish imkoniyatini taqdim etadi.
    Bundan tashqari, Google Talk dasturi Gmail elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi
    bo‘lib, pochta qutisini boshqarish vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish 
    uchun Gmail tizimida elektron pochta qutisiga ega bo‘lish kerak. 
    ICQ — hozirgi kunda eng ommabop bo‘lgan Internet muloqot dasturi hisoblanadi. Bu
    dasturning foydalanuvchilar soni 38 mln. dan oshib ketgan. Bu dasturda har bir
    foydalanuvchi shaxsiy raqamiga ega bo‘ladi. Qidiruvni amalga oshiradigan vaqtda ham ICQ 
    raqamidan foydalaniladi. Foydalanuvchilar Internetga ulangan kompyuterda ushbu dasturni 
    ishga tushiradi, shundan so‘ng dastur avtomatik ravishda ICQ xizmati serveri bilan bog‘lanadi. 
    Bog‘lanish amalga oshirilgandan so‘ng xabarlar almashish mumkin. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish