Kurs yaratish va uni sozlash




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/104
Sana18.01.2024
Hajmi8,58 Mb.
#140139
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
Bog'liq
UMK-AT-Nasirova-Sh.N.

Kurs yaratish va uni sozlash.
Kurs yaratish uchun tegishli kategoriya tanlanadi va Добавить курс tugmasi
Добавить курс sahifasi 
Ko`rib turganimizdek, Добавить курс sahifasi sakkizta bo`limdan iborat bo`lib, uning 
to`ldirilishi zarur bo`lgan asosiy maydonlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Общее
Полное название курса * – Kurs (fan)ning to`liq nomi. Foydalanuvchilar mazkur nom 
bo`yicha kursdan foydalanishadi;
Краткое название курса * – Kurs (fan)ning qisqa nomi. Tizim mazkur nom bo`yicha 
kursdan foydalanishadi;
Категория курса – Kurs tegishli bo`lgan kategoriya;
Доступность – Agar bu maydon Ko`rsatish qiymatiga teng bo`lsa, mazkur kurs
kurslar ro`yxatida namoyon bo`ladi. Aks holda esa, kurs yashirin holatga o`tadi;
Дата начала курса – mazkur maydonda ko`rsatilgan sanadan boshlab kurs faollashadi. 
Berilgan sanagacha kursdan foydalanib bo`lmaydi;
Идентификационный номер курса – bu maydonga kursning ID raqami kiritiladi. ID raqam
faqat butun sonli qiymatni qabul qiladi. ID raqami Moodle tizimining ichki funksionaligini 
oshirish uchun foydalaniladi.
2. Описание
Описание курса – bu maydon kurs haqida qisqacha kirish so`zlari bilan to`ldiriladi;
Файлы описания курса – bu maydonga kurs mazmuni bilan aloqador bo`lgan fayllarni
yuklash mumkin. Yuklangan fayllar asosida talabalar yaratilgan kurs haqidagi barcha 
ma’lumotlarga ega bo`lishlari mumkin.
3. Формат курса
Формат – Kurs formati maydoni yaratilayotgan kursning shaklini belgilab beradi. Kurslar
bir elementli, haftalar bo`yicha hamda mavzular bo`yicha turkumlangan bo`lib, bir kurs 
uchun ulardan faqat bittasini tanlash mumkin bo`ladi. Odatda, kurs shakli mavzular bo`yicha 
bo`lingani tavsiya etiladi;
Количество разделов – kurs mavzulari yoki haftalari soni bo`lib, mazkur qiymat 0 va 52 
oralig`ida bo`lishi kerak. Mavzu yoki haftalar sonini kurs bilan ishlash, qo`shish yoki o`chirish 
mumkin;
Отображение скрытых разделов – yashirin bo`limlarning ko`rinmasligini ta’minlash
uchun ushbu maydondan Полностью невидимы qiymatini tanlash kerak;
Представление курса – ushbu maydon o`zida ikki xil qiymatni qamrab olgan bo`lib, ular
Показывать все разделы на одной странице va Показывать один раздел на странице. 
Birinchi qiymatni tanlash orqali kursning barcha mavzulari bir sahifada joylashadi. Ikkinchi
qiymatini tanlash orqali esa har bir mavzu alohida sahifada aks etishini ta’minlashi 
mumkin.
4. Внешний вид bo`limida kurs uchun foydalanuvchi til, sahifada yangiliklarning soni, 
talabalarning baholari ko`rsatilishi kabi sozlash ishlari bajariladi.
5. Файлы и загрузки bo`limida yuklanuvchi fayllarning maksimal hajmi belgilanadi.


116 
6. Гостевой доступ bo`limi kursga mehmonlarning kirishi uchun parol qo`yish imkonini 
yaratadi. Bu bo`limga parol qo`yilganda, kursdan faqat parolga ega bo`lgan talabalar 
foydalanishlari mumkin bo`ladi.
7. Группы bo`limi orqali mazkur kursdan qaysi guruh a’zolari foydalanishi mumkinligi 
belgilanadi.
8. Переименование ролей bo`limi foydalanuvchi guruhlarining nomi faqat ushbu kursga 
moslab qayta nomlash imkonini yaratadi.
Yuqoridagi bo`lim va maydonlardan * belgisi mavjudlarini to`ldirish majburiy 
hisoblanadi. Qolgan bo`lim va maydonlarni to`ldirish kurs yaratuvchisining xohshiga bog`liq 
bo`ladi.
Maydonlar kerakli ma’lumotlar bilan to`ldirilgandan so`ng Сохранить и вернуться 
tugmasini bosish orqali kurs yaratiladi va oldingi sahifaga qaytish mumkin bo`ladi. Сохранить 
и показать tugmasini bosish orqali esa yaratilgan kurs sahifasiga o`tish mumkin bo`ladi. Kurs 
yaratishni bekor qilish uchun esa Отмена tugmasi bosiladi. Yaratilgan Веб дизайн kursi 
quyidagi rasmda keltirilgan: 
 
Har qanday kurs yaratilganda uning tarkibida Новостной форум elementi mavjud
bo`ladi. Новостной форум elementi kursdagi yangliklar bo`yicha kurs ishtirokchilari 
o`rtasida muzokara qilish uchun xizmat qiladi.
Kursga kurs elementlari va kurs resurslarini qo`shish orqali masofaviy ta’lim tizimini 
ishchi holatga keltirish mumkin.
Buning uchun kursni yaratgan professor-o`qituvchi Режим редактирования tugmasini 
bosishi kerak. Natijada kurs sahifasi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:

Download 8,58 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish