BOB. ELEKTR TA’MINOTINI BOSHQARISHNING AVTOMATIK
TIZIMLARI (ETBAT) 216
ETBAT ni tuzish prinsiplari 216
ETBAT ni texnik ta’minoti 220
Dispetcherlik boshqarish tizimi va axborot yig‘ish (SCADA-tizimi) 223
Tortish nim stansiyalarining axborot-boshqaruv tizimlari 226
Energodispetcherlik punktlari ishini avtomatlashtirish 228
Elektr energiyani kommersiyaga oid hisoblashning
avtomatlashtirilgan tizimi (EEKHAT) 230
Glossariy 235
Foydalanilgan adabiyotlar 243
KIRISH
Mustaqillikka erishganimizdan keyingi yillarda iqtisodiyotimizda izchil olib borilayotgan islohatlarning pirovard natijada ijobiy samara berishi soha korxonalarida ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, sifat ko‘rsatkichlari, bezarar faoliyat yuritishga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. O‘z navbatida ushbu maqsadlarga erishish korxonalarda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishni talab etadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning temir yo‘l transportida ishlatiladigan avtomatika elementlari va avtomatik boshqarish tizimlari turlari, tuzilishi, elektrlashgan temir yo‘l elektr ta’minoti avtomatlashgan tizim asoslari, ya’ni avtomatik boshqarishning maqsad va vazifalari, prinsiplari, klassifikatsiyasi, ularni asosiy elementlari datchiklar, funksional qurilmalar, analog va analog-diskret elementlar va qurilmalar, ijro mexanizmlari va boshqalar, avtomatik boshqarish nazariyasi elementlarini istiqbolli hamda respublikamizdagi ilmiy texnikaviy islohatlar natijalari va hududiy muammolarning temir yo‘l transporti sohasida ishlatiladigan avtomatik boshqarish vositalari istiqboliga ta’siri masalalarini qamraydi.
Bugungi kunda temir yo‘l tizimining rivojlanish istiqbollari zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, temir yo‘l tizimida avtomatlashtirish jarayonlari jadal va ishonchli amalga oshirilayotganligi, elektr energetiyasidan samarali va ishonchli foydalanish uchun avtomatik boshqarish tizimlari jariy etilib kelinmoqda. Bu maqsadlarga erishish, shubhasiz, temir yo‘l tizimida ixcham, tezkor nazorat va boshqaruv elementlari, jumladan mikroprotsessor texnikasidan keng foydalanishni taqozo etadi.
Jahon miqyosida temir yo‘l transportida keyingi yillarda erishilgan ko‘plab yutuqlarni sohaga eng zamonaviy texnologiyalarning, jumladan elektronika va mikroprotsessor texnikasining keng ko‘lamda kirib kelishi, xususan lokomativlarning boshqaruv sohasi va boshqa qo‘shimcha jihozlari ishini boshqarishda mikroprotsessorli elektron sistemalarning yaratilishi bilan izohlash mumkin. Mikroprotsessorli elektron boshqarish sistemalarning ko‘llanilishi temir
yo‘l tizimini har xil isroflar va ishonchlilikni hamda xavfsizlik darajasini kamaytirish ishlash sharoitlarini yaxshilash imkoniyatini berdi.
Dunyoning ko‘pchilik, ayniqsa rivojlangan davlatlaridagi energetik tanglik, Elektrlashgan temir yo‘l elektr ta’minoti - avtomatik boshqarish tizimining murakkab ob’ekti, Elektr ta’minotida avtomatika va mikroprotsessorli uskunalar ishlatish sohasida respublikadagi ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar natijalari zamonaviy avtomatika vositalari, mikroprotsessor texnikasi elementlari, ularning tuzilishi, axborot almashish usullari, ularda yuz beradigan jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘llanmada raqamli hisoblash va mikroprotsessorli texnika asosiy qurilmalarining umumiy tavsiflari, hisoblash tizimlari, programmalash asoslari singari muhim jihatlari xususida tushunchalar berilgan.
Talabalarda temir yo‘l transportida qo‘llaniladigan avtomatik boshqarish va mikroprotsessor texnikasi turlari tuzilishi, ishlatish ko‘lami, hisoblash asoslari va ularni ma’lum sharoitlarga mos holda tanlash usullari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Murakkabligi yoki qo‘llanish sohasidan qat’i nazar har qanday texnologik jarayon inson mehnatini engillatish, mashina va mexanizmlar ishini optimal boshqarish, ekologiya muammolarini hisobga olib ish yuritishni talab etadi. Avtomatika va mikroprotsessor texnikasi tizimlari esa ana shunday dolzarb va muhim masalani hal etishga xizmat qiladi.
|