I- BOB. AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMINI TUZISH




Download 470,25 Kb.
bet6/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

I- BOB. AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMINI TUZISH

PRINSIPLARI

    1. Avtomatik qurilmalarni rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlar

Avtomatik boshqarish va rostlash tizimlarini birinchi paydo bo‘lgan aniq vaqti noma’lum. Birinchi bo‘lib rostlovchilarni qurish zarurati bilan yuqori aniqlik mexanizmlarini yaratuvchilar duch keldilar, birinchi navbatda-soatchilar. Nihoyatda sezilarli bo‘lmagan xalaqitlar ham, aniqlik shartlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilmaydigan, ularni normal harakatlanishdan chetga chiqishga olib kelgan.


Bunday tusiqlarga qarshi konstruktiv vositalar bilan ta’sir ko‘rsatib bo‘lmagan, va aniqlik masalasini yechish uchun, tizim tarkibiga rostlagichlarni kirita boshladilar. Suv soatlarini ta’minlovchi, rezervuardagi suv darajasini po‘kakli rostlovchini, og‘ish prinsipiga asoslangan rostlovchini, eramizning 1 asrida arab ustalari o‘ylab topganlar. Avtomatika asrining o‘rtasida, ulardan amaliyotda (markazdan qochma mayatniklar, tegirmon toshini aylanish chastotasini rostlash uchun, mayatnikli uzatgichli soatlarni, 1657-y X. Gyugenson tomonidan, ixtiro etilgan), shuningdek o‘yin avtomatlari uchun ham (mashhur tilla tovus va Ermitajdagi Kulibinning avtomatlar teatri) foydalanganlar. 1
Avtomatik qurilmalarni sanoat ishlab chiqarishida qo‘llanishi, sanoat revolyusiyasi XVII - XVIII asrlar vaqtiga ta’alluqlidir. Rus olimi va injener Andrey Nartov XVIII asr boshlarida nusxa ko‘chiruvchi tokarlikga oid dastgohning supportini ixtiro etdi, mexanik I.I. Polzunov 1766-yil qozondagi suv darajasini avtomatik rostlovchi bug‘ mashinasini tayyorladi. Kechroq, bunga bog‘liq bo‘lmagan holda DJ.Uatt bug‘ mashinasini aylanish chastotasini markazdan qochma roslovchisini ixtiro etdi.

Sanoat avtomatlarini paydo bo‘lishi va ularning konstrutsiyalarini va ishlash prinsipini murakkablashishi, avtomatik boshqarish nazariyasini yaratish zaruratiga olib keldi. Yaratish ishlarini boshlanishiga uchta fundamental nazariy ishlar, aslida


1 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
o‘z ichiga, yangi fan asoslarini olgan: D.K. Maksvellning “O regulyatorax” (1866) ishi, bunda, birinchi marotaba avtomatik rostlash tizimining chiziqli barqarorligi to‘g‘risidagi matematik masala ko‘rib chiqilgan, va I.A. Vshnegradskiyning “Ob obshey teorii regulyatorov” (1876) va “O regulyatorax pryamogo deystviya” (1877).
Rostlash nazariyasini rivojlantirish uchun, A.M. Lyapunovning tadqiqotlari katta ahamiyat kasb etgan. 1892-yil Lyapunov “Obshie zadachi ob ustoychivosti dvijeniya” deb nomlangan ishini yozadi. Ushbu ishida Lyapunov birinchi marotaba dinamik tizimlardagi barqarorlik tushunchasiga matematik talabchanlik bilan aniqlik kiritgan, chiziqli differensial tenglamalarga asoslangan holda, shuningdek, chiziqli va chiziqsiz tizimlarni barqarorligini aniqlash prinsiplarini ishlab chiqqan.
XX asrning birinchi o‘n yilliklarida avtomatik rostlash nazariyasi, amaliy mexanika doirasidan chiqqan, umumiy texnik fan jihatida tashkil topadi. Bu davrda, nazariyani ko‘rib chiquvchi ilovalar va uni turli texnik jarayonlarga tarqatuvchi natijalari bilan, butun bir qator ishlar paydo bo‘ladi. Shu yillarda tadqiqotchilarning tirishishlari chiziqsiz tizimlar nazariyasining umumiy asoslarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi. Ushbu yo‘nalishning yakunlovchi bosqichi sifatida mutlaqo barqarorlik nazariyasini ishlab chiqilgani hisoblanadi.2
XX asrning ikkinchi yarmida avtomatik rostlash nazariyasini rivojlanishi juda ko‘p qirrali bo‘lgan: g‘alayon bo‘yicha avtomatik rostlash nazariyasi, g‘alayonni kompensatsiyalash nazariyasi va holatni o‘zgarmasligi ishlab chiqilgan, favqulotda boshqarish prinsipi tadqiqot qilingan va ta’riflangan va favqulotda tizimlar nazariyasi ishlab chiqilgan, maqbul boshqarish nazariyasi yaratilgan. Avtomatik boshqaruvning elementar bazasi ham o‘zgargan. Masalan, birinchi avtomatlar mexanikaga xos bo‘lgan, so‘ng gidravlik va pnevmatik avtomatlar rivojlangan. Hozirgi vaqtda avtomatik boshqarish qurilmalarining element bazasi asosida elektrmexanik rele va
elektron kompanentlar, yarim o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lgan asboblar, integral mikrosxemalar va mikprprotsessor tizimlar yotadi.
Avtomatikaning hozirgi vaqtga mohiyati bevosita texnik tizimlar doirasidan chiqib ketdi. Dinamik boshqariluvchi jarayonlar tirik organizmlarda, iqtisodiy va tashkiliy odam- mashina tizimlarida ham joy olgan. Hisoblash texnikasi va informatikani jadallik bilan rivojlanishi, murakkab tizimlarni boshqarishda algoritmik jarayonlarni tahlil qilish va sintezlash uchun zarur bo‘lgan texnik apparatni taqdim etdi. Robototexnika, mexatronika va boshqa injenerlik fan sohalarida nazariya muvofaqiyatlarini amaliyotda amalga oshirish bazasini berdi.
Elektrlashtirish va energetika xo‘jaligini boshqarish tizimlarining kelajakdagi rivojlanishi boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimlari- EBAT rivojlanish yo‘li bo‘yicha boradi.

    1. Download 470,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I- BOB. AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMINI TUZISH

Download 470,25 Kb.