Boshqarish va uning turlari




Download 470,25 Kb.
bet7/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Boshqarish va uning turlari

Insonni maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati turli ehtiyojlarni qoniqtirish uchun, ikki sinf operatsiyalariga ajratsa bo‘ladi: boshqarish operatsiyalari va ishchi operatsiyalar (1- rasm).



  1. rasm. Boshqarish operatsiyalari va ishchi operatsiyala3




Ishchi operatsiyalarga, bevosita tabiat qonunlari bilan bajariladigan jarayonlar ajratiladi, ular jarayonni o‘tishini aniqlaydi (dvigatel valini aylanishi,
qirindini chiqarish, gaykalarni burab olish va sh.o‘). Odam mehnatini ishchi operatsiyalarga almaytirishni mexanizatsiya deb nomlanadi, uning maqsadi- odamni og‘ir, zararli va o‘zgarmaydigan operatsiyalardan ozod etish.
Boshqarish, ob’ekt va atrof muhit haqidagi ma’lumotlar asosida tanlab olingan va ob’ektni boshqarish maqsadiga muvofiq, ma’lum bir tartibda ushlab turishga yo‘naltirilgan, ta’sir ko‘rsatish majmuasi.
Rostlash, ayrim hollarda bo‘ladigan boshqarish hisoblanadi. Rostlash boshqarish ob’ektini qandaydir jismoniy parametrini zarur bo‘lgan algoritm bo‘yicha o‘zgartirish yoki ushlab turishga yo‘naltirilgan.
Boshqarishni amalga oshirish uchun, kerak bo‘lgan operatsiyalarni boshlanish vaqtini, bajarilish tartibini va boshqarish ob’ektiga alohida ta’sirlarni tugatishni, jarayonni o‘ziga zarur parametrlarni berib ta’minlovchi boshqarish operatsiyalari zarur. Boshqarish operatsiyalarining majmui boshqarish jarayonini tashkil etadi. U o‘z ichiga quyidagi operatsiyalarni olishi mumkin: qurilmalarni to‘g‘ri ishlashini nazorati, to‘xtamasdan ishlashini ta’minlash, ishga tushirish va to‘xtatish, zaxiraviy yordamchi qurilmalarni ishga tushirish, ishlab chiqaruvchi boshqarish jarayonini xarakterlovchi talab etiladigan yordamchi parametrlarni ta’minlash. Boshqarish operatsiyalarida inson mehnatini almashtirish avtomatlashtirish deb nomlanadi.
“Boshqarish” va “Rostlash” iboralaridan kelib chiqadiki, boshqarishni amalga oshirish uchun boshqarish ob’ekti, boshqarish maqsadi, atrof muhit va ob’ekt holati haqidagi ma’lumotlar, boshqarish qonuni (algoritmi) va ob’ektga boshqaruv ta’siri zarur.4
Boshqarish ob’ekti-bu texnik qurilma, texnologik jarayon, tashkilot yoki korxona, iqtisodiyot sohasi, boshqarish ta’siri yo‘naltirilgan kollektiv yoki alohida odam.
Boshqarish maqsadi, ob’ekt holatiga qo‘yiladigan talablar yig‘indisini tashkil etadi. Ob’ekt va atrof muhit holati haqidagi ma’lumot, qoidalari
majmuini bajarishni ifodalovchi algoritm bo‘yicha ishlanadi va ularga muvofiq boshqaruvchi ta’sirlar boshqarish maqsadiga yetishni ta’minlaydi.
Boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
  • Boshqariluvchi ob’ekt holati haqidagi zarur ma’lumotlarni olish


  • Rostlovchi organga ma’lumotni uzatish


  • Rostlovchi organ orqali ma’lumotga ishlov berish va rostlovchi ta’sirni ishlab chiqish


  • Rostlovchi ta’sirlarni ijrochi qurilmaga uzatish


  • Rostlovchi ta’sirlarni amalga oshirish


Ma’lumotlarni olish uchun birlamchi datchiklardan yoki datchik- o‘zgartgichlardan foydalaniladi. Masalan, elektr ta’minoti tizimlarida birlamchi tok datchiklari sifatida tok transformatorlari, kuchlanishning birlamchi datchiklari sifatida kuchlanish transformatorlari hisoblanadi.


Datchikdan rostlovchi organga va rostlovchi ta’sirlarni ijrochi qurilmalarga ma’lumotlarni uzatish uchun, to‘g‘ri va teskari aloqa zanjirlaridan foydalaniladi. Ular simli, yuqori chastotali radioaloqa yoki optik aloqa kanallari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.5
Rostlovchi organ, yordamchi qurilma bilan rostlagichning birikmasidan tashkil topadi (kuchaytirgich yoki signallarni bo‘luvchilar, normalovchi o‘zgartgichlardan va sh.o‘). Rostlagich, boshqarish maqsadiga muvofiq boshqarish ob’ekti haqidagi ma’lumot asosida olingan boshqarish ta’sirlariga ishlov beradigan qurilmani tashkil etadi. Masalan, releli himoyalanish zanjirlarida tok relesi yoki kuchlanish relesi rostlagich hisoblanadi.
Ijrochi qurilma, ijrochi mexanizm va ijrochi organdan tashkil topadi. Ular boshqarish ta’sirlarini jismoniy amalga oshirishga mo‘ljallangan. Releli himoyalash va ijrochi mexanizmlarning avtomatikasida-bu yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarning uzatmalari, ijrochi organ esa, yuqori kuchlanishli o‘chirgichning o‘zi.
Boshqarishning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz.
Uzluksiz boshqarish, boshqarish ob’ektini nazorat parametrlarini uzluksiz o‘zgarishida, rostlovchi ta’sirlarni uzluksiz ushlab turishini o‘z ichiga oladi. Misol- generatorning yuklamasi o‘zgarganda, uning chiqishidagi kuchlanishni, qo‘zg‘atish tokini rostlash usuli bilan, o‘zgartirmasdan ushlab turish.
Diskret yoki uzuq-uzuq boshqarish, boshqaruv ob’ekti nazorat parametrlarini diskret yoki uzluksiz o‘zgarganida, boshqaruv ta’sirlari sakrab yoki pog‘onalik o‘zgarishini nazarda tutiladi. Misol, elektr ta’minoti tizimi elementlarini tokli himoyalash orqali o‘chirish (transformatorlarni, elektr uzatish liniyalarini, elektr mashinalarni va sh.o‘), ularni toki avariyaviy qiymatlarga yetganda ushbu qurilmalarni o‘chirishga olib keladi.6
Boshqarish tutashgan hisoblanadi, agar ob’ektning kirish va chiqish parametrlari orasida to‘g‘ri va teskari aloqalardan foydalanilganda. Agar faqat bitta aloqa turidan foydalanilsa (yoki to‘g‘ri, yoki teskari), unda bunday boshqarish tutashmagan hisoblanadi. Teskari aloqa faqat boshqariladigan ob’ekt holatini nazorat qilishga imkon beradi, ularni ishlash tartibini boshqara olmaydi. To‘g‘ri aloqa ob’ekt parametrlarini nazorat qila olmaydi, lekin oldindan tuzilgan algoritm (dastur) bo‘yicha boshqara oladi, ya’ni dasturiy boshqarishni amalga oshira oladi.

    1. Download 470,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Download 470,25 Kb.