Avtomatik boshqarish tizimning strukturasi




Download 470,25 Kb.
bet9/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Avtomatik boshqarish tizimning strukturasi

ABTning strukturasi tizim elementlarini majmui bo‘lib (boshqarish organlari, boshqarish ob’ektlari, boshqarish algoritmlari), ular orasidagi bog‘lanishlarni o‘z ichiga oladi. Ularni, masala va vazifalarini, tizim oldida turgan taqsimotidan kelib chiqib, aniqlanadi va bir darajali va ko‘p darajali ABT strukturalariga ajratiladi.


ABT ning bir darajali strukturalarida boshqaruv organi har bir boshqarish ob’ekti uchun individual hisoblanadi va faqat o‘zining ob’ekti va atrof muhiti uchun ma’lumotlardan foydalanadi. Bunda, ko‘pgina ob’ektlarni boshqarish tizimi mustaqil (avtonom) boshqarish tizimlar (nim tizimlar) majmui bo‘lib, ularning har biri o‘zining boshqarish maqsadiga ega.13
Bir darajali strukturaga ega bo‘lgan ABT elementlarini o‘zaro bog‘lanishini kuchli transformatorning tokli himoyalashni (tokli ajratishni) maksimal ishlashi misolida ko‘rib chiqamiz, uning struktura sxemasi 7-rasmda keltirilgan. Ushbu himoyalash transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘am zanjirida qisqa tutashuv sodir bo‘lganda, vaqtni saqlamasdan transformatorni o‘chirib qo‘yishga mo‘ljallangan. Bu sxemada: T- kuchli transformator, ko‘rib chiqiladigan ABTda boshqarish ob’ekti hisoblanadi;
D-tok datchigi (tok transformatori TA), transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘ami zanjiridagi toklar haqida ma’lumotlar olish uchun zarur;
TA, TA-teskari aloqa (TA) va to‘g‘ri aloqa (TA) zanjirlari, boshqarish ob’ektining kirish va chiqishlaridan axborotni uzatishga mo‘ljallangan. Ma’lumotlar oqimi rostlagich R dan ob’ektga to‘g‘ri aloqa TA bo‘yicha, ob’ektdan rostlagichga esa teskari aloqa TA bo‘yicha uzatiladi, TA zanjirlari bo‘yicha esa boshqarish signallari uzatiladi;
R-rostlagich, tokli rele ko‘rinishida, I transformatorning ikkilamchi toki ma’lum bir qiymatga yetib borganda ishga tushadi va boshqaruv ta’sirini, kontaktni ulanishi ko‘rinishida, ishlab chiqadi;

  1. rasm. Transformatorning tokli himoyalashni struktura sxemasi14


IM-ijrochi mexanizm, RT kontaktini ulanishi bilan ishga tushadigan va yuqori kuchlanishli avtomatik o‘chirgich uzatmani tashkil etuvchi mexanizm;

IO- ijrochi organ, yuqori kuchlanishli avtomatik o‘chirgichni ifodalaydi. IM va IO lar transformatorning releli himoyalash ijrochi qurilmasini (IQ) tashkil etadi. Elementlar D, TA, R, TA, IM, IO lar ABT ning boshqaruv organini (BO) tashkil etadi. Bir darajali ABT larning afzalliklariga, nim tizimlarni mustaqilligi bilan aniqlanadigan, soddaligi va yuqori ishonchliligi kiradi. Kamchiliklariga, nim tizimlar orasidagi o‘zaro moslikni mavjud emasligi, umumiy texnologik jarayonlar bilan bog‘langan bir guruh ob’ektlarni boshqarishda umumiy maqsadga yetib bo‘lmasligini kiritsa bo‘ladi.
Ko‘p darajali ABT lar, murakkab ob’ektlarni boshqarishda o‘z o‘rniga ega, jumladan, temir yo‘l transporti elektr ta’minoti tizimlarida. Bunday ABT larda boshqarishning umumiy maqsadiga yetish uchun, funksiya va vazifalar bir qancha darajalar orasida ierarxik prinsip bo‘yicha taqsimlangan, ya’ni past darajalilarni
yuqoriroq darajalilarga bo‘ysunishlik prinsipi bo‘yicha taqsimlangan. 8-rasmda uch darajali ABT ning struktura sxemasi ko‘rsatilgan.
ABT ning birinchi darajasida, berilgan texnologik jarayonni amalga oshiruvchi, alohida mashinalar, mexanizmlar va tugunlarni mahalliy boshqarilishi amalga oshiriladi.
ABT ning ikkinchi darajasida, texnologik jarayonlar orasidagi majmuani mos ravishda boshqarish amalga oshiriladi. Bunda, birinchi darajadagi nim tizimlar ishini to‘g‘rilash va o‘zaro moslashtirishni, yuqoriroq darajadagi boshqarish vazifasini bajarish maqsadida ta’minlaydi, chunki umumiy holda ABT ning turli darajadagi vazifa va maqsadlari mos kelmaydi.

  1. rasm. Uch darajali ABT ning struktura sxemasi 15


ABT ning birinchi va ikkinchi darajalari texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimini tashkil etadi (IDTJAB).

Agar, ABT ni boshqarish umuman olganda bitta boshqarish organidan bajarilsa, yuqori ierarxik pog‘onada joylashgan, unda bunday boshqarishni
markazlashtirilgan deb nomlanadi. Agar, boshqarish ta’siri turli darajadagi o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan boshqarishlarda ishlab chiqiladigan bo‘lsa, bunday boshqarish markazlashtirilmagan yoki taqsimlangan idrokli boshqarish deb nomlanadi. Zamonaviy ko‘p darajali ABT larga markazlashtirilmagan boshqarish xarakterli, chunki u boshqarish masalasini yechish uchun ko‘p vaqt talab etmaydi va ABT ning ishini umuman olganda, tashqi ta’sirlar bilan, ishonchli va barqaror qiladi.


    1. Download 470,25 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatik boshqarish tizimning strukturasi

Download 470,25 Kb.