O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 470,25 Kb.
bet12/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Generatorli datchiklar, kirish miqdorini bevosita elektrik signalga (kuchlanish yoki tok) o‘zgartirishni amalga oshiradi.
Parametrik datchiklarni asosiy turlarini qo‘llash va ishlash xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Rezistiv datchiklarni ishlash prinsipi, ularning uzunligi l, ko‘ndalang kesim yuzasi S yoki solishtirma qarshiligi ρ o‘zgarganda, aktiv qarshiligi R=pl/S o‘zgarishiga asoslangan. Rezistiv datchiklar reastatli (R reostatning harakatlanuvchi dastagini chiziqli yoki burchakli siljishida o‘zgaradi),
20 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
tenzorezistorli (R bosim yoki unga ko‘rsatilgan og‘irlikdan o‘zgaradi), termorezistorli (R rezistorni xarorati o‘zgarganda o‘zgaradi), fotorezistorli (R rezistorni yoritilganligi o‘zgarganda o‘zgaradi).
Reostatli datchiklar, aktiv qarshiligini o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lgan rezistorni o‘z ichiga oladi. Datchikning kirish miqdori sifatida kontaktni siljishi, chiqish miqdori sifatida esa - uning qarshiligining o‘zgarishi xisoblanadi. Harakatlanuvchi kontakt ob’ekt bilan mexanik tarzda bog‘langan, uning siljishini (chiziqli yoki burchakli) o‘zgartirish zarur bo‘ladi. Reostatli datchiklarin ulanish sxemalarining eng ko‘p tarqalgani patensometrik sxemalar olgan. Bunda, 12- rasmda ko‘rsatilgandek, Rx reostatni kuchlanishni bo‘lish sxemasi orqali ulanadi. Odatda, reostatli datchiklarni mexanik o‘lchash asboblarida ularni ko‘rsatkichlarini elektrik miqdorga (tok yoki kuchlanish) o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi, masalan, suyuqlik darajasini o‘lchaydigan po‘kakli o‘lchagichlarda, manometrlarda, suyuqlik va gaz sarflarini o‘lchagichlarida, transformator kuchlanishini o‘tkazuvchi rostlagichlarni xolatini ko‘rsatkichlarda va sh.o‘.
Bunday datchiklarning chiqish miqdori sifatida, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan kontaktlar Rx orasidagi kuchlanishning pasayishi Uchiq xisoblanadi.
12-rasm. Reostatni kuchlanishni bo‘lish sxemasi21
21 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
Chiqish kuchlanishini X kontaktning harakatlanishiga bog‘liqligi Uchiq = f(X), qarshilikni patensometr bo‘ylab o‘zgarish qonuniga muvofiq bo‘ladi va bu bog‘lanishlar chiziqli va nochiziqli bo‘lishi mumkin
Tenzorezistorlar (tenzometrik datchiklar) mexanik kuchlanishlarni, katta bo‘lmagan deformatsiyalarni, tebranishlarni o‘lchash uchun xizmat qiladi. Tenzorezistorlarning ishlashi tenzoeffektga asoslangan bo‘lib, o‘tkazuvchi materiallarning aktiv qarshiligini ularga ko‘rsatilgan kuchlanishlar ta’siri ostida, o‘zgarishlardan iborat bo‘ladi. Konstruksiyasi bo‘yicha tenzodatchiklar, plastmassa yoki kartonli tasmacha bo‘lib, unga maxsus qotishmadan tayyorlangan diametri 0,02-0,05 mm simdan tuzilgan g‘altak presslab yoki o‘rab qo‘yilgan (13-rasm).
13-rasm. G‘altak22
X ning deformatsiyalanish yoki egilish miqdoriga bog‘liq ravishda, uning R qarshiligini o‘zgarishiga olib keluvchi, simni cho‘zilishi yoki siqilishi sodir bo‘ladi.
Termometrik datchiklar (termorezistorlar)-bu, qarshiligi xaroratga kuchli bog‘liq bo‘lgan rezistorlar. Termorezistorlarni datchik sifatida qo‘llanishda ikki usuldan foydalaniladi:

  • Termorezistorning xarorati atrof muxit xolatidan aniqlanadi, termorezistordan xarorat datchigi sifatida foydalaniladi.




22 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
  • Termorezistorning xarorati o‘zgarmas miqdorli tok bilan qizdirish darajasi va sovutish shartlari bilan aniqlanadi. Bunday xollarda, belgilangan xarorat termorezistorning sirtidan issiqlikni berish shartlari bilan aniqlanadi, shuning uchun termorezistorlardan, atrof muxitning issiqlik o‘tkazuvchanligini, gazning zichligini, oqim tezligini aniqlovchi datchik sifatida foydalanish mumkin.


Termorezistorlar odatda, muvozanatlanmagan ko‘prik (14-rasm) sxemasi bo‘yicha ta’minot manbaiga ulanadi. Ko‘prikni muvozanatga o‘lchanadigan xaroratni minimalligida o‘rnatiladi, bunda chiqishdagi kuchlanish Uchiq=0.


14-rasm. Muvozanatlanmagan ko‘prik sxemasi23 Termorezistorni qizdirish xaroratini Rt oshirilganda ko‘prikning muvozanati,

Download 470,25 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 470,25 Kb.