• II-BOB. AVTOMATIK TIZIM ELEMENTLARI VA AVTOMATIK
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 470,25 Kb.
    bet11/80
    Sana20.02.2024
    Hajmi470,25 Kb.
    #159234
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
    Bog'liq
    I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

    Nazorat savollari

    1. Boshqarish va rostlashni ta’riflab bering?


    2. Boshqarish ob’ekti va boshqarish maqsadi nima?


    3. Boshqarish jarayoni qanday bosqichlardan tashkil topadi?


    4. Qanday boshqaruv avtomatik deb nomlanadi?


    5. Avtomatik boshqarish masalari turlarini aytib bering?


    6. Boshqarishning uchta asosiy prinsipini aytib bering?


    7. Elektrlashtirilgan temir yo‘lda boshqarish strukturasini aytib bering?




    II-BOB. AVTOMATIK TIZIM ELEMENTLARI VA AVTOMATIK

    BOSHQARISH

      1. Birlamchi analogli datchiklar

    Turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va turli mashina va mexanizmlarni boshqarish har xil jismoniy miqdorlarni o‘lchashni talab etadi.


    Birlamchi datchik (yoki shunchaki datchik)-bu o‘lchash, signal, rostlash yoki boshqarish qurilmalarining elementlari bo‘lib, nazorat qilinuvchi miqdorni (xarorat, bosim, chastota, yorig‘liq kuchi, elektr kuchlanish, tok va sh.o‘), o‘lchashga, uzatishga, saqlashga, ishlov berishga, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki boshqariladigan jarayonga ta’sir ko‘rsatishga qulay bo‘lgan signalga o‘zgartiradi (10-rasm).
    10-rasm. Boshqarish qurilmalarining elementlari18
    18 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
    Datchiklarga taqdim etiladigan talablar: chiqish qiymatini Y kirish qiymatidan X bir xil ma’noli bog‘lanishi; xarakteristikalarini stabilligi; yuqori sezgirligi; kichik o‘lchamlari va massasi; nazorat qilinuvchi jarayon yoki parametrga teskari ta’sirni yo‘qligi; turli foydalanish sharoitlarida ishlashi.19
    Datchiklarni ikkita asosiy sinfini ajratadilar: analogli datchiklar, kirish miqdorini o‘zgarishiga proporsional uzluksiz signal ishlab chiqaruvchi; diskretli datchiklar, ikkita va undan ortiq qayd etilgan darajalarda uziq-uziq signallarni ishlab chiqaruvchi.
    Analogli datchiklarning asosiy xarakteristikalarini ko‘rib chiqamiz.
    Boshqarish xarakteristikasi-kirish X va chiqish Y miqdorlari orasidagi funksional bog‘lanishni o‘z ichiga oladi, ya’ni Y=f(X) funksiyasini. Boshqarish xarakteristikasi chiziqli (1 to‘g‘ri chiziq) va egrili (2 egri) bo‘lishi mumkin va 10- rasmda keltirilgan.
    Sezgirlik koeffitsienti ifoda bo‘yicha aniqlanadi va nazorat qilinadigan X parametrni birga o‘zgarganida, chiqish miqdori Y qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
    11-rasm. Boshqarish xarakteristikasi

    19 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009. 25-28 p.
    Sezgirlik pog‘onasi, (pastki Xmin va yuqori Xmax)- X parametrni mos ravishda minimal va maksimal, datchik ta’sirlanishi mumkin bo‘lgan, nazorat qiymatlari. Agar X< Xmin yoki X> Xmax bo‘lsa, unda datchikning sezgirlik koeffitsienti nulga teng.
    Sezmaslik doirasi - bu, nazorat qilinadigan parametr X ning o‘zgarishi chiqish parametri uning o‘zgarishiga olib kelmaydigan diapazon.
    Chiqish miqdorining turi bo‘yicha, kirish miqdori unga o‘zgartiriladi, elektrik va noelektrik datchiklarga ajratiladi. Noelektrik datchiklarda chiqish parametri noelektrik tabiatga ega, elektrik datchiklarda chiqish parametri kuchlanish yoki tok bilan ifodalanadi.
    Chiqish signalini olish prinsipi bo‘yicha elektrik datchiklarni ikki sinfga ajratsa bo‘ladi- parametrik va generatorli.
    Parametrik datchiklar, kirish miqdorini datchikning qandaydir elektrik parametriga (R, L yoki C) o‘zgartiradi. Datchikning sanab o‘tilgan o‘zgartirilgan parametrlarini masofaga uzatish, energotashuvchi signalsiz (kuchlanish yoki tok) mumkin emas. Shuning uchun, parametrik datchiklar o‘zgarmaydigan yoki o‘zgaruvchan tokli maxsus o‘lchaydigan ta’minot zanjirlaridan foydalanishni talab qiladi.20

    Download 470,25 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




    Download 470,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 470,25 Kb.