• 2-§. Diskriptorli grafika . O’quv modullari
  • Nuqaning fazoda harakatlanishi




    Download 4,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/117
    Sana04.06.2024
    Hajmi4,84 Mb.
    #259897
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117
    Nuqaning fazoda harakatlanishi 
    Nuqtaning uch o’lchovli fazoda 
    harakatlanishini 
    kuzatish 
    uchun 
    quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lgan comet3 komandasidan foydalaniladi: 
    comet3(z)
    - nuqtaning z vektor bilan berilgan uch o’lchamli egri chiziq bo’yicha 
    harakatlanishini aks ettiradi.


    247 
    comet3(x,y,z)
    - “kometa” ning fazoda [x(i), y(i),z(i)] nuqtalar bilan aniqlanadigan 
    egri chiziq bo’yicha harakatlanishini aks ettiradi;
    comet3(x,y,z,p)
    - avvalgi komandaga o’xshash, faqat kometa izining uzunligini ham 
    ko’rsatish mumkin.
    Kometaning izi p*length(y) ko’rinishida 
    beriladi (length(y)-y vektorning o’lchami, 
    p<1, sukut bo’yicha p=0,1). 
    t=-10*pi:pi/250:10*pi; 
    z=[sin(5*t).^5).*cos(t), 
    cos(2*t).^2).*sin(t),t]; 
    comet3(z); 
    11.1.2 - rasm. 
    Nuqtaning ikki va uch o’lchamli fazodagi harakati eng sodda animatsiyalardan 
    bo’lishiga qaramasdan dinamik masalalarni grafik vizuallashtirish imkoniyatlarini 
    kengaytiradi. 
     
    MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR VA MUAMMOLI VAZIYATLAR! 
    1.
    Animatsiyani qanday buyruqlar yordamida hosil qilinadi? 
    2.
    Nuqtani fazoda harakatlantirishga misollar keltiring? 
    3.
    Animatsiya yaratishni qanday usullari mavjud? 


    248 
    2-§. Diskriptorli grafika

     
    O’quv modullari 
    Diskreptorli grafika, grafik parametrlari, Edit Plot-grafikni 
    tahrirlash, Zoom Out-grafik masshtabini kichiklashtirish. 
    Diskreptorli grafika bilan tanishishdan avval, grafik ustida bajarilishi mumkin 
    bo’lgan ba’zi yordamchi tushunchalarni o’rganamiz. Bulardan biri grafik chiziqlarni 
    markerlash va formatlashtirishdir. Dekart tekisligida kursorni chiziq ustiga qo’yib 
    sichqonchani chap tugmasini bosilsa, chiziq ustida uni xarakterlovchi qora 
    kvadratchalar hosil bo’ladi va chiziq alohida ko’rinishga ega bo’ladi.
    Ma’lumki, dekart tekisligida grafik chiziqlari berilgan (x,y) juftlik nuqtalarni mos 
    oraliqdagi o’rinlarni tutashtirish natijasida hosil qilinadi.
    Shu nuqtalar har xil belgilar (markerlar) bilan belgilanishi mukin.
    Masalan, bu belgilar “o,*,x” va boshqalar bo’lishi mukin. Grafik chiziqlar ustida 
    markerlarni hosil qilganda ularni o’lchamlarini, rangini berish mumkin bo’ladi. 
    Grafik chiziqlarda markerlarni ishlatish ularni alohida ajratib, ko’rinarliroq bo’lishini 
    ta’minlaydi. 

    Download 4,84 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117




    Download 4,84 Mb.
    Pdf ko'rish