• U S L U B I Y K O` R S A T M A
  • USLUBIY KURSATMA
  • O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS




    Download 5,96 Mb.
    bet2/6
    Sana02.01.2020
    Hajmi5,96 Mb.
    #8243
    1   2   3   4   5   6

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

    TA`LIM VAZIRLIGI



    BUXORO OZIQ-OVQAT VA ENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI INSTITUTI

    "TO`QIMACHILIK SANOATI MAXSULOTLARI TEXNOLOGIYASI" KAFEDRASI


    5540500 - "To`qimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi" ta`lim soxasidagi barcha bakalavriat yo`nalishdagi talabalarga "Yigiruv texnologiyasi" fani bo`yicha tajriba ishlarni bajarish uchun

    U S L U B I Y K O` R S A T M A



    (1-QISM)

    Buxoro - 2006 y.

    ANNOTATSIYA

    Uslubiy qo`llanmada birinchi tur, ikkinchi tur titish mashinalari va savash, tarash mashinalarida texnologik jarayonlar haqida tushuncha, mashnalar kinematik sxemasi bo`yicha texnologik hisoblarni bajarishga doir ko`rsatmalar ko`rsatilgan bo`lib, mazkur uslubiy qo`llanma "T va eS" fakulteti "СH va TST" yo`nalishdagi bakalavrlar uchun "Yigirish texnologiyasi" fani bo`yicha tajriba, amaliy mashgulotlarni bajarish uchun yo`l-yo`riqlarni ko`rsatadi.


    TUZUVChILAR:
    Giyosova D.R. - "CH va TST" kafedrasi katta o`qituvchisi

    TAQRIZCHILAR:

    Sadritdinova M.I. - "Buxoroteks" x/j 1 - YTF laboratoriya bo`lim boshligi

    Xamroeva S.A. - "CH va TST" kafedrasi dotsent.

    Institut uslubiy kengashida

    Tasdiqlangan № ____ __________________
    Ushbu uslubiy ko`rsatma "To`qimachilik maxsulotlari texnologiyasi" kafedrasi (________ yil _____ _____________ _______majlis yigilishida) tasdiqlangan va chop etishga tavsiya qilingan.


    TAJRIBA ISHLARINI BAJARISH BO`YICHA UMUMIY -USLUBIY KO`RSATMALAR.
    Uslubiy qo`llanma bakalavrlarning tajriba ishlarini mustaqil tayyorlash va bajarish uchun qo`llaniladi. U asosan, ishlarning .maqsad va mazmunlarini ko`rsatgan holda tajriba mashgulotlari bo`yicha topshiriq savollari, shuningdek tavsiya etiladigan adabiyotlar ro`yxatini o`z ichiga oladi.

    Tajriba mashgulotlarida talabalar quyidagilarni o`rganadilar:

    - texnika xavfsizligi qoidalari;

    - mashinalarning ishi va tuzilishi, sxemalari, xisoblarning bajarilishini;

    - texnologik jarayonlarning tadqiqot uslublari, yigiruv ishlab chiqarishning turli bosqichlari bo`yicha chiqindilar tarkibi;

    - maxsulotda turlicha nuqsonlar kelib chiqishi va yo`qotish uslublarini;

    - yigiruv ishlab chiqarishida utimlar bo`yicha chiqindilar tarkibi va ular miqdorini rostlash usullari;

    - yarim maxsulotlarning tarkibini baxolash uslubiyoti, texnologik jarayonlarining samaradorligi;

    Tajriba ishlarini bajarishda maxsus stendlar, sxemalar, mexanizm va mashinalar rasmlari, ip va yarim maxsulotlar sifatini baxolash uchun uskunalar, EXM va hisoblash mashinalaridan foydalanish mumkin. Barcha sxemalar va yozuvlar ishchi daftarda qilinilishi lozim.

    Tajriba ishlari bo`yicha hisobot daftarda qilinib, keyingi darsda o`qituvchiga ko`rsatilishi lozim.


    TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO`YICHA ASOSIY TALABLAR.
    Katta o`lchamli ishchi organlarning tez aylanishi, xizmat ko`rsatish zonalarning turlicha gorizontal tekislikda joylashishi, issiqlik va changlarning ko`rinishi, mashinalarning ishlashida shovqin va tebranishlar, yigiruv ishlab chiqarishda jixozlarning asosiy xususiyati xisoblanadi, shuning uchun yigiruv korxonalarida jixozlarni joylashtirishda xizmat ko`rsatish xavfsizligi va sharoitlarini to`g`ri tashkil etilishi, shovqinning pasayishi, chang yutgichlarining joylashtirilishiga katta e`tibor beriladi.

    0,02 A dan yuqorni tokning qisqa vaqtli ta`siri inson uchun xavflidir. Shuning uchun, mashinalarning tok aylanuvchi qismlari izolyatsiyalangan va erga ulangan bo`lishi darkor.

    Talabalarning mashinalardagi knopkalarni va ular nima uchun kerakligini bilish kerak.

    Talabalar mashgulotlarda kiyimda bo`lishi, barcha tugmalari o`tkazilgan bo`lishi kerak, boshda ro`mol bo`lishi shart. Tajriba xonalarida qichqirish, chalish man etiladi.

    O`quv tajriba xonalarida quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi shart.

    Mashina va asboblarni ishlatish man etiladi:

    - o`qituvchi ruxsatsiz, knopkalarni ochish;

    - mashinalar va jixozlarni yoqish va to`xtatish, ish texnika xavfsizligi bo`yicha yo`riqnomasiz;

    - texnika xavfsizligi yo`riqnomalardan o`tmasdan turib mashinalarda ishlash.

    Mashina ishlayotgan paytda man etiladi:

    - mashinalarning aylanuvchi qismlari, tasmali uzatmalar, tasmalarni tozalash;

    - detallarni o`lchash yoki xrapovik, shesternya tishlar sonini sanash;

    - mashinani ta`mirlash, harakat uzatuvchi tasmalarni echish va kiygizish.

    Mashinada yongin sodir bo`lsa, uni tezda to`xtatish va yongin komandalari kelguncha qadar avtomatik va qo`lli yongin o`chirgichlar bilan o`chirish kerak.

    Elektrodvigatellar yonsa , ularni quruq tuproq bilan o`chirish darkor.

    Tajriba xonalarida va bo`limlarida chekish man etiladi.

    Mashinada ishlab bo`lgandan so`ng, uni darxol to`xtatish kerak, barcha stend va maketlarni, o`lchov asboblarini elektr tokidan o`chirish darkor.

    Talabalar tajriba ishlarini bajarishda ish joyida yo`riqnomalardan o`tgandan so`ng kiritiladi va ular jurnalga ro`yxatga olinadi. Yo`riqnomani o`tkazishda o`qituvchi yongin va baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablarini tushuntirish kerak. Agar talabalar tomonidan loyixa va tadqiqot ishlari bajarilsa, shuningdek baxtsiz hodisalar ro`y bersa yo`riqnoma qayta o`tkaziladi.



    1- BO`LIM
    PAXTA TOLALARINI TITISH. ARALASHTIRISH, TOZALASH VA SAVASH.
    Paxta va kimyoviy tolalar xom aralashmasini qayta ishlashda titish - savash agregatidagi u yoki bu mashinalar qo`llaniladi. Titish- savash agregati asosan paxta tolalarini nuqsonlardan tozalash, titish, aralashtirish va savash uchun qo`llaniladi. Agregatda tolalarni tozalash, savash, aralashtirish, titish uzluksiz olib boriladi.

    Hozirgi kunda, oqim o`timlar yaratilgan bo`lib, bunda savash, tarash va pitalash mashinalari agregatlashtirilgandir. Bunday agregatlashtirish, ip tayyorlashda bosqichlar sonini qisqartirishga olib keladi. Titish-savash agregatini o`rganishda yigiruv ishlab chiqarishda mashinalar tarkibi, vazifasi, axamiyati haqida suxbat olib borilishi kerak. Suxbatda mashinalarda ishlashda texnika xavsizligi qoidalariga rioya qilinishiga asosiy e`tiborni qaratmoq lozim.


    Rasm-1. Avtomatlashtirilgan oqim, titish-savash agregati sxemasi


    Avtomatlashtirilgan oqim utimidagi titish-savash agregati rasm-1 ko`rsatilgan. Toydagi tolalar ombordan avtoyuklamalar orqali tsexga keltiriladi va RKA-2 titgichga yuklatiladi. Ikki toyli toy tarqatgich 2 paxta tolasini toydan titkilab aralashtirish, tozalash va dozirolovchi bunker 3 ga uzatish uchun qo`llaniladi. Tolalar dozirolovchi bunker 3 ga yo`naladi, keyin bosh ta`minlagich 4 (P-5) va qiya tozalagich (ON-6-3), (ON-6-4) ga yo`naladi. Havo orqali tola taqsimlagich 8 (RVP-2) tolalarni ikkita xolstsiz savash mashinalari 9 (TB-3) ga taqsimlaydi.

    Titish - savash agregati 2 turli titish mashinalari va savash mashinalaridan iborat .

    Birinchi tur titish mashinalarida tolalar asosan titiladi va ma`lum darajada tozalanadi.

    Titish mashinalarining asosiy ishchi organlari tituvchi baraban va ignali panjara bo`lib hisoblanadi. Ularga quyidagi markali mashinalar kiradi: AP-18, A1/2-titgich, SN-3 uzluksiz aralashtirgich va P-1, PS-2, P-5, PU-2 ignali panjarali mashinalar kiradi.

    Ikkinchi tur titish mashinalariga tolalarni keyinchalik titish, xas-cho`p, nuqsonlardan tozalash olib boriladi. Tolalar ishchi organlar-qoziqli va pichoqli barabanlarning qattiq ta`siri ostida qayta ishlanadi. Ular mashinalar ichida va mashinalararo havo orqali aralashadi. Ikkinchi tur titish mashinalariga quyidagilar kiradi: qiya tozalagich ON-6-3, ON-6-4, gorizontal titgich GR-8, tezyurar kondenser va xavo orqali tola taqsimlagich RVP-2.

    Zamonaviy "RIETER" tizimi bo`yicha agrega tarkibiga kiruvchi mashinalar texnologik zanjiri:

    1. A 1/2 - avtomatik ta`minlagich;

    2. V 2/5 - chiqindi bilan ta`minlagich;

    3. Metall titgich;

    4. Turli baraban;

    5. V 4/1 - bir barabanli standart tozalagich;

    6. "Unimiks" V 7/3-uzluksiz aralashtirgich;

    7. EXM- 5/5 -savash mashinasi.

    1- TAJRIBA ISHI
    MAVZU: Paxta va ipning asosiy xossalari
    ISHDAN MAQSAD: Yigirish tizimlari, paxta tolasi, ip va uning asosiy xossalari, yigirish sanoati xom ashyosi, paxta tolasini aralashtirish jarayonlari bilan tanishish.
    TOPSHIRIQ:
    1. Yigirish tizimlari o`rganish.

    2. Ip va yarim maxsulotlarning asosiy xossalarini o`rganish.

    3. Berilgan paxta tolasi namunasining navi, tozalik darajasi va namligini aniqlash.

    4. Ingichka tolali paxta, o`rta tolali paxta (qo`l va mashina terimi) tolasi sifat ko`rsatkichlari bo`yicha jadval tuzing, navi, sellektsion navi va terim turiga bogl`ik holda ko`rsatkichlar o`zgarishini taxlil qilish.


    ASOSIY MA`LUMOTLAR
    Yigirish tizimi yigirilayotgan ipning yo`g`onligiga, turiga, nimaga ishlatilishiga, ip olinadigan tolali materiallarning asosiy xossalariga (asosan uzunligiga va ixchamligiga) qarab tanlanadi.

    Ip asosan to`rtta yigirish tizimida: karda (oddiy), qayta tarash (gerebennoy), melanj va apparat tizimlarida yigiriladi.

    a) karda (oddiy) tizimi. Bu tizimda, asosan o`rta tolali oq paxtadan yo`g`onligi T=100-15,4 teksli (N 10-65) gacha bo`lgan ip yigirish uchun qabul qilingan. Bu tizimda texnologik o`timlar soni 5 yoki 6 ta bo`ladi.

    Karda tizimida yigirilgan ip pishiq, bir tekis, toza chiqardi, undan chit, surp maya, satin va boshqa bejirim pishiq gazlamalar to`qiladi. Ip maxsulotning bejirim pishiq gazlamalar to`qkiladi.

    Ip maxsulotning 60% dan ko`pi shu tizimda yigirilganligi sababli bi tizimdan keng foydalaniladi.

    b) qayta tarash (grebennoy) tizimi. Bu tizimda asosan, ingichka tolali paxtadan yo`g`onligi T= 11,8-340) gacha bo`lgan ingichka va yuqori sifati ip yigirish uchun qabul qilingan. Bu tizimda texnologik o`timlar soni 9 tadan iboratdir.

    Bu tizimda yigirilgan ip karda tizimida yigirilgan ipga qaraganda ancha pishiq, bir tekis, toza, silliq va cho`ziluvchan bo`ladi, ammo maxsus mashinalar yordamida maxsulotga qo`shimcha ishlov berish zarurlgidan va qayta tarash tarashda kalta tolalarning chiqindi sifatida ajratib tanlanishi tufayli qayta tarash tizimida olinadigan ipning chiqishi miqdori kamayib ketadi.

    Bu esa uning tannarxini oshirib yuboradi. Shu sababli bu tizimdan uncha keng qo`llanilmaydi.

    Qayta tarash tizimida yigirilgan ipdan xilma-xil pishiq satin, mal-mal mayya, volta, markkazet va boshqa engil yozlik gazlamalar to`qiladi.

    Qayta tarash tizimida yigirilgan ipdan to`qiladigan gazlamalar ip gazlama sanoati ishlab chiqariladigan yalpi maxsulotning 20-25% ini tashkil etadi. Bundan tashqari tikuvchilik poyafzal sanoati uchun ingichka pishiq, cho`ziluvchan iplar galtak iplari, muline va kashtachilik hamda pochilik iplari ham shu tizimda yigiriladi.

    V) melanj tizimi- "melanj" frantsuzcha so`z bo`lib, "aralashma" ma`noni bildiradi. Bu tizimda asosan, o`rta tolali paxtadan, yigiruv fabrikasi chiqindilaridan shuningdek, paxtaning kimyoviy tolalari bilan qo`shib olingan aralashmasidan yo`g`onligi T = 100 - 18,5 teks (N 10 - 54)gacha bo`lgan sifatli ip yigirilishi uchun qabul qilingan. Bu tizimda texnologik zanjirdagi o`timlar soni 9 tani tashkil etadi.

    Melanj tizimida ip bo`yalgan va bo`yalmagan aralashma paxtadan yigiriladi. Bu tizimda yigirilgan ip pishiq, bir tekis, tukli va toza bo`ladi; undan har xil, rang-barang qimmatbaxo kostyumlik, paltolik gazlamalar, ip jun, ip duxoba gazlamalar va odeyallar to`qiladi. Bu tizimda yigirilgan ipdan to`qiladigan maxsulotlar ip gazlama sanoat ishlab chiqariladigan yalpi maxsulotlarning qariyib 10-15 % tashkil qiladi.

    Paxta tolasining asosiy xossalari undan olinadigan ipning xossalariga bevosita ta`sir qiladi. Shuning uchun paxta tolasining asosiy xossalari bilan tanishib chiqamiz.

    Paxta tolasining tuzilishi (strukturasi) uning hamma xossalarini belgilaydi va tolaning pishib etilganlik darajasiga bogliq bo`ladi.

    Hamma tolalar pishib etilganlik jixatdan 11 guruxga bo`linadi: 0,0; 0,5; 1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0; 3,5; 4,0; 5,0

    Agar paxta tolasi butunlay pishmagan bo`lsa (o`lik tola), devorlari juda yupqa uzun naychaga o`xshaydi. Bunday tola juda notekis va bo`sh bo`lib, undan sifatli ip olib bo`lmaydi, bo`yoqni yaxshi olmaydi. Bunday tolaning devori faqat bir qavat –ko`tiko`ladan iborat, xolos, ko`tiko`ladan esa moy -mumli moddalar juda ko`p, hujayra -tsellyuloza juda kam bo`ladi. O`lik tolalar bir biriga yopishqoq yaltiroq, nafis qatlamlardan iborat.

    Tolaning pishiqligi uning ichki qavatidagi yigilgan tsellyuloza miqdori bilan belgilanadi.

    Tola ichida tsellyuloza qancha ko`p bo`lsa, tola shunchalik etilgan bo`ladi. Chanoq ochilgandan keyin tola quriydi, uning devorlari bir biriga yopishgan lentasimon shaklini oladi, hamda unda jingalaklik hosil bo`ladi. Tolaning etilishi darajasi ortadi, shunchalik ko`p jingalaklanadi.

    Paxta tolasi pishgan sari uning tashqi diametri ichki diametriga nisbatan oshadi va u pishganlik koeffitsenti deb ataladi.

    Ba`zan pishib o`tib ketgan tolalar ham uchrab qoladi. Bunday tolalarning devori haddan tashqari qalin, pishiq, biroz dagal bo`ladi. Bunday tolalardan jingalakliklar bo`lmaydi.

    Tolaning pishib etilganligi mikrokimyoiy usulda,polyarizatsiya guri ta`sirida olinadigan rangiga qarab, shuningdek mikroskop ostida ko`rinishi etalonga solishtirib ko`rib bilish mumkin.

    Paxta tolasining uzunligi har xil bo`ladi. Chigitdagi eng uzun tola, bu modal uzunlik deb ataladi va Lm bilan belgilanadi. Tolaning modal uzunligidan (3-4mm) uzunroq tolalar gruppasiga shtapel uzunlik deb ataladi va Lsht deb belgilanadi.

    Hamma tolalarning o`rtacha uzunligiga to`gri keladigan uzunlik , o`rtacha uzunlik deb ataladi va Lu bilan belgilanadi.

    Tolaning shtapel uzunligi yigirish va boshqa mashinalarga oraliq (razvodka) qo`yiladi.

    Paxta tolasining asosiy xossalari uning pishib etilishi, jingalakligi, tolaning yo`g`onligi, tolaning pishiqligi va cho`ziluvchanligi, paxta tolasining namligi, paxta tarkibidagi xas-cho`plari kiradi.

    Paxta tolasining uzunligi qo`l yordamida shtapelga qilib tekshirish yoki laboratoriyada V.N.Jukov asbobi yordamida aniqlash mumkin.

    Tolaning uzunligi bir tekisligini ifodolovchi ko`rsatkich tolaning bazasi (S%) deb ataladi.

    Odatda, ingichka paxta tolasining bazasi 27-35% ni, o`rta tolali paxta tolasining bazasi 32-38% ni tashkil qiladi.

    Har xil uzunlikdagi tolarni o`zaro solishtirib ko`rish uchun tekislik ko`rsatkichini kiritgan, bu ko`rsatkich modal uzunlik bilan bazaning ko`paytmasiga teng.

    S= Lm* S
    Paxta tolasining yo`gonligi, ingichkaligi asosiy xossalaridan biridir. Tola qancha ingichka bo`lsa, bir xil yo`gonlikdagi ipning ko`ndalang kesmida shuncha ko`p tola bo`ladi. Shuning uchun, undan ingichka va pishiqq ip olinadi.

    Tolaning ko`ndalang kesimini mikroskop orqali o`lchash mumkin. O`rta tolali paxta tolasining ko`ndalang kesimi 18-24 mikron, ingichka tolasiniki 6-12, yo`gon-dagal tolali paxtaniki esa 40 mikrongacha bo`lishi mumkin.

    Tolaning yo`gonligi teks yoki milliteks bilan o`lchanadi. O`rta tolali paxta tolasining yo`gonligi 222-181 mtek (№4500-5500) gacha, ingichka tolali paxta tolasiniki 167-125 mteks (№6500-8000) gacha.

    Tola yoki ipning yo`gonligini aniqlashda quyidagi formulalardan foydalaniladi:

    m g mg


    T= ------ [---------; ------- ; teks]

    L km m


    Bu erda , T - tolaning yo`gonligi, teks,

    m- massasi , g (yoki mg)

    L - uzunligi, km, (yoki m).
    Paxta tolasining pishiqligi uning asosiy xossalaridan hisoblanib ip yigirishda katta axamiyatga ega.

    Tolaning cho`zuvchan kuchlarga qarshilik ko`rsatish qobiliyatiga uning ishiqligi deyiladi.

    Tola qanchalik pishiq bo`lsa, undan shunchalik pishiq ip olinadi. Agar tola 5 gk (gramm kuch) ta`sirida uzilsa tolaning pishiqligi sortiga bog`liq bo`lib, u (dinomometr) yordamida aniqlanadi.

    Tolaning nisbiy pishiqligi quyidagi formuladan aniqlanadi.

    Rt

    Ri = --------- [gk/ teks]



    Tt
    bu erda, Ri -tolaning nisbiy pishiqligi, gk/teks;

    Rt- tolaning pishiqligi (uzuvchi nagruzka), gk

    Tt - tolaning yo`gonligi, teks
    Paxta tolasining uzuvchi kuchlar ta`sirida bir oz uzayish xossasi uning cho`ziluvchanligi deb ataladi va uning miqdori 5-8% ni tashkil etadi.

    Tola qancha ko`p cho`zilsa (uzaysa), u shuncha elastik bo`ladi va undan shuncha pishiq ip olish mumkin:


    Rt=Rt * N
    bu erda, R - tolaning pishiqligi gk;

    N- tolaning nomeri.

    SI - tizimida
    Rt = Rt [km]
    bu erda, T - tolaning yo`gonligi, teks o`rta tolali paxtaning uzilish uzunligi 24- 25 km, ingichka tolali paxta tolasining uzilish uzunligi esa 32-40 km.

    Tolaning pishib etilganligi uning o`zi o`qi atrofida 1800 burilishi natijasida tolalar palmani eslatuvchi shaklni oladi. Tolaning bunday buramligi uning jingalakligi deb ataladi.

    Tola qancha jingalak bo`lsa, shuncha yaxshi pishib etilgan bo`ladi, normal pishib etilgan bo`ladi, normal pishib etilgan tolaning 1 sm uzunligiga 70-100 ta jingalaklik to`gri keladi.

    Paxta tolasining normal namligi yigirish jarayonida muxim rol o`ynaydi. Paxta tolasida ma`lum miqdorda namlik bo`ladi. Havoning namligi va haroratining o`zgarishi paxta tolasi boshqa materiallarga nisbatan tezrok "sezadi".

    Tolaning namligini o`zgartirish xossasi uning gigroskopligi deb ataladi.

    Paxta tolasining namligi formuladan topiladi:


    Dd-Dk

    Wf= --------------------- * 100 %

    Dk

    Bu erda,Wf- namuna paxta tolasining namligi, %



    Dd - namuna paxta tolasining dastlabki massasi, g/kg

    Dk - namuna paxta toasining kuritilgandan keyingi massasi, g/kg



    USLUBIY KO`RSATMA
    Talabalarga paxta tolasi sifatini baxolash uchun 2 yoki 3 ta namuna beriladi: turi, navi, namligi, tozaligi, chiziqli zichligi tola uzunligi va uzunligi bo`yicha notekisligi. Tola uzunligi, yo`gonligi, tozaligi, uzish yuki, namligini aniqlash uchun tola namunasini tanlash uslubi talabalarga to`qimachilik materialshunosligi kursidan ma`lum. Ular bu tajriba ishida berilgan namunalarni etalonlar bilan taqqoslaydi va navini aniqlaydi. Keyin TEV-1 uskunasi yordamida tola namligi, AX-3 uskunasi orkali nuqsonlar miqdorini aniqlaydilar. Tola uzunligi va uzunligi bo`yicha notekisligi "Almetr" asbobi yordamida aniqlaydi.

    Tola navi havo o`tkazish bo`yicha LKS-4 asbobida, aniqlanadi.

    Paxta turi, navi, terish turiga bogliq holda paxta tolasi texnologik tarkibini o`zgarishi taxlini Wf talabalar jadval (1) yordamida o`tkazadilar jadvalda ingichka paxta tolasi va o`rta tolali paxtaning (qo`l va mashina terimi) 4 ta turi keltiriladi. Har bir talabaga turli selektsion navdagi paxta tolasi beriladi. Avval tipi aniqlanadi. Uzunligi va paxta tolasi yo`gonligi farqi aniqlanadi. Tola nisbiy uzish yuki farqi hisobi keltirilgan. Mashina va qo`l terimi farqi nuqsonlar miqdoriga qarab belgilanadi.
    NAZORAT SAVOLLARI:
    1. Yigirish tizimlari turlari va ularga qisqacha tavsif bering.

    2. Paxta tolasining asosiy xossalarini ayting.

    3. Ipning asosiy xossalarini ayting.

    4. Paxta tolasini aralashtirishdan maqsad nimadan iborat?

    5. Ipning va tolaning yo`gonligini topish formulasini yozing.

    2-TAJRIBA ISHI
    MAVZU:Birinchi, ikkinchi tur titish mashinalari texnologik sxemalarining taxlili.
    ISHDAN MAQSAD: Asossiy texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishish, birinchi va ikkinchi bosqich mashinalari markalari bilan tanishib, ular tizimini o`rganish.

    TOPSHIRIQ :
    1. Titish jarayonining moxiyati va undan ko`zlangan maqsad, agregatdagi mashinalarda ishlashda asosiy texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish.

    2. Paxtani titish usullari va ularda qatnashuvchi mashinalar ishi, tuzilishi taxlili

    a) PS-2 ta`minlagich-aralashtirgich mashina texnologik sxemasini

    chizing va chiqindilar chiqish joyini ko`rsating;

    b) mashina ignali qoplamalari ko`rsatkichlarini o`lchang;

    3. Titish jarayonini jadallashtirish va uning samaradorligi AP-18 va

    AQ avtomatik titgichlar orasidagi farqni izoxlang. (Jadval ko`rinishida)

    4. SN-3 aralashtiruvchi mashina ishi o`rganilsin (chizmasi chizilsin)

    5. Qiya tozalagich ON 6-4 ning texnologik sxemasi chizilsin va maxsulot harakati , chiqindilar chiqish havo yo`nalishini ko`rsating.

    6. Qiya tozalagich asosiy ishchi qismlari tezligini kolosniklar orasidagi oraliqlarni o`lchang.

    7. Gorizontal titgichning ish unumdorligi, tolalarning tozalanishi va titish darajasiga ta`sir etuvchi omillarni o`rganing.

    8. RVP-2 tola taqsimlagich ishini o`rganib, maxsulot yo`nalishini ko`rsating.


    ASOSIY MA`LUMOTLAR.
    1. Ignali panjarali mashinalar.(PS, PU, PG)

    Ignali panjarali mashinalarga P-1 ta`minlagich-aralashtirgich (panjarali), ta`minlagich-aralashtirgich PS-2 (valikli), bosh ta`minlagich P-5 (panjarali), PU-2 chiqindi ta`minlagichlar kiradi. Bundan tashqari bu ta`minlagichlardan farqli o`laroq kimyoviy tolalarni qayta ishlash uchun dozatorli ta`minlagichlar ham ishlatiladi.

    Ta`minlagich-aralashtirgichlar presslangan tola qatlamlarini urat ogirlikdagi bo`lakchalarga titish uchun, ularni aralashtirish, momiq va changli nuqsonlardan tozalash, keyingi mashinalarni maxsulot bilan ta`minlash uchun qo`llaniladi. Chiqindi ta`minlagichlarning asosiy vazifasi tolalarni chiqindilardan tozalash va aralashmaga bir tekisda berishdan iborat.

    Mashinalarni o`rganishda asosiy e`tiborni qaratmoq lozim. Ignali panjarali mashinalarni o`rganishda, ularning ish unumdorligiga ta`sir etuvchi omillar, titish darajasi, shuningdek, ignali qiya panjarali orasidagi oraliqlar (razvodka), ignali panjara tezligi, valiklar aylanish chastotasi, ishchi kameralarning tulish darajasi ko`riladi.

    Valiklarning aylanish chastotasi, ishchi kameralarining to`lish darajasi paxta tolasining hajmiy ogirligi bir xil. Shuning uchun mashina ish unumdorligi, tolalarni titish darajasi, qiya panjaralar orasidagi oraliq va ignali panjaralar tezligiga bogliq.

    Paxta tolasini yaxshilab titish uchun oraliq (razvodka) kichik 5-10 mm bo`lishi kerak.

    Ta`minlovchi-aralashtirgich ignali panjaralarni tezligi almashtiruvchi shesternyalarga bogliqdir.

    Ignali panjaradagi plankalar soni erkin holdagi ignali panjaralarni aralashtirishda sanaladi. Har bir plankadagi ignalar soni panjaralardagi 1 metr kvadrat ignalar soni tengdir.

    Bundan tashqari gorizontal va vertikal bo`yicha ignalar o`rtasidagi oraliqlar o`lchaniladi.

    Qiya panjaralar ignalari va valiklar tishlari orasidagi 35 mm gacha o`rganiladi. Har qaysi oraliqda ish unumdorligi va tolalarni titish darajasi aniqlanadi. Ta`minlagich -aralashtirgich ishchi kamerasi turli oraliqlarda bir xil to`lishi kerak, har bir ta`minlagich-aralashtirgichlarning ishi unumdorligi 15-20 mingda aniqlab turiladi.

    Ma`lumki, ignali panjara va valiklar orasidagi oraliq qanchalik katta bo`lsa, ish unumdorlik shunchalik katta bo`lib, titish darajasi shunchalik past bo`ladi.
    Rasm -2. PS-2 markali ta`minlovchi aralashtiruvchi mashina

    2. AP -18 va A1/2 avtomatik ta`minlagich

    Avtomatik ta`minlagichlar paxta toyini titish, aralashtirish va iflosliklardan tozalab, keyingi mashinalarga uzatish uchun ishlatiladi. Simlari bo`shatilgan paxta toyi konteynerga joylashgan holda mashina tsilindriga qo`yiladi, tslindrning gox o`ngga , gox chapga aylanishi natijasida konteynerdagi paxta toyi ilgarilama-qaytar harakat qiladi. Mashinaning asosiy tituvchi qismi aylanib tituvchi qoziqli baraban bo`lib, u o`z qoziqlari bilan paxta toyini ustki qismidan mayda-mayda bo`lakchalarini ajratib olib, transpartyorga tashlaydi. Transpartyor polotnosida hosil bo`lgan paxta qatlami pnevmotizim quvuri orqali boshqa mashinaga yuboriladi. AP-18 avtomatik ta`minlagichda 18-24 ta paxta toyi ishlancha,

    Unifloq A1/2 da 70 ta kipdan foydalaniladi. A1/2 avtomatik ta`minlagich kompyuterlashtirilgan, kamchiliklariini ogoxlantiruvchi lampalar orqali ogoxlantirilib turiladi. Bundan tashqari fotorelelar o`rnatilgan bo`lib, paxtaning kam yoki ko`pligini bildiriladi.

    Shuningdek, yongin xavfizligini oldinini olish maqsadida klapanlar paxta o`tuvchi quvurlarda o`rnatilgan bo`lib, yongin sodir bo`lgan paytda klapanlar yopilib, sariq quvur orqali kuygan paxta qismida avariya signali berilib, qizil chiroq yonadi.
    № Кo`rsankichlar АP-18 А1/2

    1 Ish unumdorligi 600 750-1000

    2 Тiladigan tola uzunligi, mm 42гача 28-60

    3 Тоylar soni, dona 18-24 70

    4 Аrrali baraban, D 250 250

    5 Та`minlagich tezligi, ayl /min 5,5 8,5

    6 Pichkli baraban tezligi 1263 1600

    7 Elektr dvigatel quvvati 7,0 7,44


    "RITER" tizimidagi V2/5 chiqindi bilan ta`minlagich mashinalariga texnika xavfsizligidan o`tgandagina ishlash mumkin. Mashinadan qaytimlarni (pilta chizigi, link uzunligi, qayta-tarash tarandasi, shlyapa chiqindisi, kip qoldiqlari) qayta ishlash maqsadida foydalaniladi. Maydalangan aralashma qaytimlar ajratuvchi valik yordamida aralashma yiguvchiga uzatiladi, bundan keyin titkilovchi valikga uzatiladi. Titkilovchi valik aralashmani titkilab keyingi mashinalarga yuboriladi. Mashina ish unumdorligi 60-100 kg/soatga yotadi.

    Rasm-3. A1/2 avtomatik toy ta`minlagich.

    3. SN-3 rusumli aralashtiruvchi mashina

    Bu mashinaning asosiy vazifasi xuddi MSN-8 mashinaga o`xshash bo`lib, tolali materiallarni aralashtirish va keyingi mashinalarni uzluksiz ta`minlash uchun paxta tolasini to`playdi. U potok liniyalarida ishlashi mumkin va aloxida tola partiyalarini aralashtirish uchun ham ishlatiladi. SN-3 markali mashinaning ish unumdorligi pastroq, hajmi ancha kichkina, shuning uchun, agar tolani aralashtirishga katta ehtiyoj bo`lmasa, bu mashina qabul qilinmaydi.


    Rasm-4.SN-3 rusumli aralashtiruvchi Rasm-5.Gorizontal tituvchi

    mashina
    4. Gorizontal titgich mashina

    Gorizontal titgich paxta tolasini turli chiqindi va nuqsonlardan tozalash uchun qo`llaniladi. Bu titgich tezyurar kondensor KB-3 bilan birgalikda tayyorlaniladi. Gorizontal titgichlarni o`rganishda asosiy e`tiborni tolalar harakati, tezyurar kondenserning ishlashi, changlarni ketishi, ochiq va yopiq kameralar orqali xas-cho`p chiqishi, nuqsonlarning ko`rinishiga qaratmoq lozim. Turli barabanning yuqori chiziqli tezligi tufayli tolalar havoning tortish kuchli zonasida yupqa qatlam hosil qilib, natijada esa chang va momiqlar yuritiladi. Turli barabanlar metalldan tayyorlanadi.

    Gorizontal titgich bunkerida rele o`rnatilgan bo`lib, bunker paxtadan to`laganda rele signal beradi va avtomatik ravishda tolalar kelishini to`xtatadi. Shunday qilib tolalar kelishini nazorat qiladi. Gorizontal titgichlarni o`rganishda paxta tolasining titish darajasi, chiqindilar tarkibi va miqdoriga ta`sir etuvchi omillarni ko`rib chiqish kerakdir. Bularga pichoqi barabanning aylanish chastotasi, pichoqlar orasidagi oraliq, kolosnikar va kolosnik panjarasi orasidagi oraliqlardir.

    Pichoqli barabanning miqdori ko`payadi, tarkibi esa yomonlashadi, shuning uchun ham birinchi sort paxta tolalarini qayta ishlashda pichoqli barabanning aylanish chastotasi 450-550 ayl/min qilib olinadi.

    Paxta tolasi turiga bogliq holda mashinada 0,25 dan 2,65% gacha changli va nuqsonli chiqindilar bo`ladi. Mashinaning ish unumdorligi 800 kg/soat gacha, titish darajasi esa paxta tolasining ogirligi bilan xarakterlanadi.

    5 Qiya tozalagich ON-6-4

    Qiya tozalagichlar erkin holda tolali massasini titish va tozalash uchun qo`llaniladi.

    ON-6-4 kiya tozalagich bunker, juft ta`minlovchi valiklardan iborat qabul barabani va tezyurar kondenserdan iborat. Shu jixatdan u qiya tozalagich ON-6-3 dan farq qiladi. Qiya tozalagichlarni o`rganishda asosiy e`tiborni tola massasining erkin holda qabul bunkeri 1 ga kelib tushishga e`tibor berish kerak. Bunkerga balansirlovchi vilka 2 bo`lib u bunker to`lsa tezda engichga ta`sir etadi va mashina ta`minlashdan to`xtaydi. Ta`minlovchi valiklar juftsiz tolalarni qamrab olib qabul baraban ta`sir zonasiga yo`naltiradi, bu baraban ostida kolosnikli panjara 5 joylashgan. Keyinchalik tolalar qoziqli barabanlar 7 ta`sir zonasiga kelib tushadi.

    Tolalarning barabanlar atrofida yaxshi aylanishi uchun har bir baraban oldida pichoq 6 qo`yilgan bo`lib, ular orasidagi oraliq 2 mm ni tashkil etadi. Qoziqli baraban ostida kolosnikli panjara 8 o`rnatilgan bo`lib, bu panjaradan chiqindilar chiqindi kamerasi 9 ga tushadi.Kolosnikli panjara 6 bukishdan iborat bo`lib 1 ni 5 tasi 20 ta kolosnik, oltinchisi esa 10 ta kolosnikdan iborat.

    Kolosniklar orasidagi oraliq (razvodka)lar maxsus mexanizm orqali 0-30ga aylantirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Baraban qoziqlari va kolosniklar orasidagi oraliq 10dan 20 mmgacha bo`ladi. Qoziqli barabanlarning aylanishi chastotasi 670 ayrim chiqindi va nuqtalar maxsus quti 10 ga tushadi. Bajaruvchi mexanizmni yoqish bilan elektromexanik klapan ochiladi va barcha chiqindilar havo orqali mashinadan tozalanadi.

    .
    6. ON-6-4 rusumli qiya tozalagich sxemasi.

    6. RVP pnevmatik tola taqsimlagichi.

    Paxta taqsimlagichlarning ichida eng keng tarqalgan RVP markali taqsimlagichdir. Paxta kondenser 1 dan uchun nov 3 ichida xarakatlanuvchi transportyor 2ga beriladi.

    Transporter lentasiga konussimon qoziqlar 6 maxkamlangan bo`lib, ular paxtani novdan oldinga surib turadi. Bitta paxta taqsimlagichning ostiga ikkita yoki uchta savash mashinasi o`rnatiladi, paxta uning rezerv kamerasiga (bunkeriga) taqsimlagichning tubidagi ochiq teshikdan bir me`yorda berib turiladi. Paxta tolasidan ajralgan xas-cho`p va iflosliklar esa kolosnikli panjara 4 ga tushadi.


    Rasm-7. Pnevmatik tola taksimlagich

    USLUBIY KURSATMA

    Ignali panjarali mashinalarni o`rganishda mashina ishchi kimlari harakat yo`nalishi va holati, shuningdek qiya ignali panjaradan tolalarning ajralishi . Asosiy e`tiborni qoplamalar, ignali panjara qiyaligiga qaratish lozim.

    Mashinalarni o`rganishda ta`sir etuvchi omillar ko`rib chiqiladi, paxta tolasi titish darajasi va mashina ish unumdorligiga ta`sir etuvchi; panjara tishlari va qiya panjara ignalari orasidagi oraliq ignali panjara tezligi, chap panjarasi aylanish tezlanish, ishchi kamerasi to`lishi, tola hajmiy ogirligi. Ignali panjaradagi plankalar soni erkin holda qiya ignali panjarani aylantirishda sanaladi. Ignalar soni 1 m2

    Panjara va 1 ta plankada sanaladi. Bundan tashqari bo`ylama va ko`ndalang bo`yicha ignalar orasidagi oraliqlar o`lchanadi: ignalar diametri va balandligi. Qiya panjara tilari va tituvchi valik tishlari orasidagi oraliqlar 0 dan 35 mmgacha qo`yiladi. Har bir oraliqlarda ish unumdorlik va tola titish darajasi aniqlanadi. Turli oraliqlardagi mashina ishida ta` minlagich-almashtirgich ishchi kamerasi bir xil to`ldirilishi kerak. Mashina ish unumdorligi har 15-20 min ichida aniqlanadi.

    Ma`lumki, qiya panjara va tituvchi valik tishlari orasidagi oraliq katta bo`lsa, ish unumdorligi yuqori , titish darajasi kichik bo`ladi.


    NAZORAT SAVOLLARI:
    1. Titish usullari va ularning bir-biridan farqini izoxlang.

    2. Birinchi va ikkinchi tur titish mashinalari markalarini farqlang.

    3. Avtomatik ta`minlagichlarning markalari va ularning vazifasi nimadan iborat?

    4. RIETER" tizimidagi agregat tarkibidagi mashinalar markalarini ayting.

    5. Qiya tozalagichlarning vazifasi nimadan iborat?

    6. ON-6-4 va ON -6-4 mashnalarning bir-biridan farqi.

    7. Paxta tolasining titish darajasi, shuningdek gorizontal titgichlarda chiqadigan chiqindilar tarkibi va miqdoriga ta`sir etuvchi omillarni sanab o`ting.

    8. Gorizontal titgichlarda pichoqli baraban va kolosnkli panjara o`rtasidagi oraliq qanday bo`ladi?

    9. Gorizontal titgichlarda tolani titish darajasi nimaga bogliq?

    10. Aralashtiruvchi mashinalar markalari va ularning asosiy vaziasi.




    3-TAJRIBA ISHI
    MAVZU: Savash mashinalarida texnologik jarayonlar taxlili
    ISHDAN MAQSAD: Savash mashinasi ishi va tuzilishini o`rganish, mexanizmlar vazifasi bilan tanishish.
    TOPSHIRIQ:

    1. T-16 savash mashinasining texnologik sxemasi chizilib, vazifasi o`rganilsin va material, ishchi organlar harakat yo`nalishi ko`rsatilsin.

    2. Plankali va ignali savagichlar bilan ta`minlovchi tsilindrlar, savagchlar bilan pichoq, kolosniklar orasidagi oraliq (razvodka)larni o`lchang.

    3. Pedalli rostlagich sxemasini chizing va unda uzatmalar sonini hisoblash uchun richaglar o`lchamlarini ko`rsating.

    4. Rostlovchi chayka holati o`zgarishining xolst bo`laklari chiziqli zichligiga, ogirligiga va notekisligiga ta`sirini tadqiq qiling.
    ASOSIY MA"LUMOTLAR
    Xom ashyo komponentlariga bogliq holda keingi texnologik jarayonlarning amalga oshishi uchun turlicha savash mashinalari qo`llaniladi. Shulardan T-16 savash mashinasi keng tarqalgan. Savash mashinasi tarash bilan agregatlashtirilganda xolstsiz savash mashinasi TB-3 qo`llaniladi. TB-mashinasida ignali savagich, xolst shakllantiruvchi mexanizm va avtos`yom mexanizm yuk. Kimyoviy tolalarni qayta ishlash uchun esa ikki pedalli rostlagichli T2-I mashinasi qo`llaniladi. Bu mashinada uch plankali va olti plankali ignali vagichlar tituvchi organlardir. Savash mashinalarning asosiy vazifasi paxta tolasini yanada titish, ifloslikardan tozalash va paxta tolasi massasidan ma`lum xossalarga ega bo`lgan bir tekis xols t olish. Savash mashinalarini o`rganishda tolalarning bir ishchi organdan ikkinchisiga o`tishi, changlarning yutilishi va havo oqimi harakatiga asosiy e`tibor berish kerak. Savash mashinalarining texnologik sxemalari tuziladi va o`rganiadi, bunda barcha ishchi organlar ko`rsatiladi. Qabul bunkeri tuzilishi va vazifasi, keyin esa pichoqli baraban bilan kolosniklar orasidagi oraliqlar, chiqindilar tarkibi va miqdori o`rganiladi.

    Pichoqli barabanni o`rganishda yangi konstruktsiyalari pichoqli barabanlarga asosiy e`tiborni berish kerak. Pichoqli barabanni aylanmada o`rab olgan kolosnikli panjara 8 ta regulyatordan iborat bo`lib, har qaysisida 10 ta kolosnik mavjud. Kamera esa ikkiga bo`lingan bo`lib, birinchisi-yopiq, ikkinchisi-ochiq. Yopiq kameraga ochiq kameraga nisbatan 3-4 marta ortik chiqindilar tushadi.

    Tola harakati yo`nalishida tolalarni diffuzorga yo`naltiruvchi uruvchi pichoq o`rnatilgan keyinchalik esa turli baraban va uch plankali savagich ishi o`rganiladi. Buning uchun turli barabanning qopqog`i ochiladi va turli barabanni kanal bilan birgalikdagi sxemasi chiziladi. Uch plankali savagich zonasida ta`minlovchi tsilindr bilan plankali savagich oralik, kolosniklar orasidagi, kolosnikli panjara bilan plankali savagich orasidagi oraliqlar tekshiriladi. Ta`minlovchi tsilindrlar va plankali savagich orasidagi oraliqlar quyidagicha o`rnatiladi:

    O`rta tolali paxtada oraliq 6-8 mm, ingichka tolali paxtada 8-10 mm qo`yiladi.

    Agar ignali savagich qo`llanilsa kichik oraliq qo`yiladi, o`rta tolali paxta uchun 6 mm, ingichka tolali paxta uchun 8 mm. Tola qancha uzun va xolst yo`gon bo`lsa, oraliq shunchalik katta bo`ladi. Savagich va kolsnikli panjara orasidagi oraliqlar quyidagicha bo`ladi:


    Paxta

    Panjara

    Boshida охirida



    O`rta tolali

    6-8

    12-15

    Ingichka tolali

    8-10

    15-20


    Rasm-8. Savagichlar.

    a - pichoqli; b-plankali; v-ignali

    Panjara va savagich o`rtasidagi qanchalik kam bo`lsa, chiqindilar miqdori, shunchalik ko`p bo`ladi. Savagich va pichoq orasidagi oraliq 2 mm ni tashkil qiladi. Keyinchalik esa ignali savagichning turli barabanlar jufti sektsiyasi o`rganiladi. Bunda ignali savagich xususiyatlari, borodka tushuntiriladi. Savash mashinasida xolst ikki bosqichda shakllanadi: yassilovchi vallar yordamida tolaning presslanishi va qatlamning skalkaga o`ralishi. Yassilovchi vallar maxsulotga ma`lum massal yuk yordamida ta`sir etadi. O`rta tolali paxtani qayta ishlashda plankali va ignali savagichlarning aylanish chastotasi 1000-1100 ayl/min, pichoqli barabanniki 500-600 ayl/min, o`rovchi vallarniki 10-12 ayl/min tashkil etadi. Mashina ish unumdorligi 180-200 kg/soat.



    Pedal tsilindri 1 mashinaning eni bo`ylab o`rnatilgan pedallar 2 ustiga joylashgan. Tsilindr va pedallar orasidan paxta qatlami savagichga o`tib turadi, pedallarning tayanch nuqtasi pichoq 3 va uzaytirilgan keyingi elka 4 da bo`ladi. Paxta qatlami hiyol qalinlashsa, pedallar pasayadi, yupqalansa-ko`tariladi. Yelka uchlari 4ga ilgaklar osilgan, ularning har bir jufti richaglar sistemasi 6 bilan birlashtirilgan. Har bir richagning o`rtacha siljishi ularning uchini tutib turuvchi ilgaklar 5 ning o`rtacha siljishiga teng. Pedallar siljigan vaqtda eng oxirgi ilgak 7 xam ilgaklar 5 ning o`rtacha siljishiga teng kattalikda siljiydi. Bu siljish pedal tsilindri bilan pedallar orasidan o`tayotgan paxta qatlami o`rtacha qalinligining o`zgarishiga to`gri proportsional.


    Rasm -9. Pedalli rostlagich sxemasi.

    Ilgak 7, richag 8, tortki 9 va richag 10, 11lar yordamida konussimon baraban 13 va 14larning tasmasini surib turadigan otvodka 12 bilan boglangan. Konussimon barabanlardagi tasmaning vaziyati mashinaga berilayotgan paxta qatlamining o`rtacha qalinligiga bogliq.

    Konussimon baraban 13 etakchi hisoblanadi va o`zgarmas burchak tezlik bilan aylanadi.

    Yetaklanuvchi konussimon baraban 14 pedal tsilindri va rezerv kameradan paxta berib turuvchi valiklarga harakat uzatadi. Uning tezligi barabanlardagi tasmaning vaziyatiga bogliq. Agar o`tayotgan baraban 13ning kichik diametriga, etaklanuvchi baraban 14ning katta diametriga suriladi, shunda paxta qatlamining tezligi kamayadi va aksincha.

    Tezlikning o`zgarishi paxta qatlamining qalinligiga teskari proportsional bo`lishi uchun konussimon barabanlar giperbolik egri chiziq shaklida bo`lishi kerak, ma`lumki, giperbola teskari proportsional boglanish grafigidir.

    Agar pedal rostlagichi to`gri sozlansa, paxta savagichga bir me`yorda berib turiladi. Lekin rostlagich ma`lum vaqt ichida bir xil miqdorda paxta berib turishni ta`minlansa ham paxta zichligining o`zgarishini hisobga ololmaydi, shuning uchun agar paxtaning zichligi o`zgarsa, peda rostlagichini qayta sozlashga to`gri keladi.

    Bundan tashqari, rostlagich paxta qatlamining juda kalta qirqimida va qatlam eni bo`ylab hosil bo`lgan notekislikni ham yuqota olmaydi. Bularni yo`qotishda eng oxirgi turli barabandan havoning tortib olishini rostlash katta axamiyatga ega.

    T-16 Savash mashinasi

    O`rta va ingichka tolali paxtani ishlash uchun ishlatiladigan T -16 markali savash mashinasi rasmda ko`rsatilgan. Paxta taqsimlagichdan savash mashinasi bunkeri 1ga kelib tushadi. Bunker ichiga yogoch va po`latdan yasalgan tsilindrlar jufti 2 va 3 o`rnatilgan bo`lib, paxta ular oraisdan siqilib va zichlanib o`tib, tez aylanib turgan pichoqli baraban 4 ga keladi.

    Baraban pichoqlari va markazdan qochar kuch ta`sirida paxta mayda bo`lakchalarga ajralib titiladi va tozalanadi, so`ngra havo oqimi yordamida kanal 5 orqali turli barabanlar 6 ga o`tadi. Shundan keyin ventilyator 7 havoni turli barabanlarning yon bo`shligidan teshik 8 orqali surib oladi. Paxta bo`lakchalari esa turli baraban sirtiga yopishib qoladi. Natijada baraban ustida yupqa paxta qatlamini barabanlardan ajratib, plankali savagch 11ning ta`minlovchi tsilindrlari 10ga yo`naltiradi.

    Savagich titish-savash mashinasining asosiy ish organi. U paxta qatlamiga kuchli zarbiy ta`sir qilib, paxtani yaxshilab titadi va savaydi, paxtadan xas-cho`pini ajatadi.

    Savash mashinalarida asosan uch parrakli plankali savagichlar ishlatiladi. Plankalar ta`minlovchi tsilindrlardan kelayotgan paxta qatlamiga zarbiy ta`sir qilib, ayrim bo`lakchalarni ajratib oladi va savagich ostiga o`rnatilgan kolosnikli panjara 12 ga tashlaydi. Shu paytda paxta bo`lakchalari tozalanadi. Xas-cho`p va qisman kalta tolalar kolosniklar orasidan o`tib, chiqindi kamerasiga tushadi. Plankali savagich minutiga 800-1000 marta aylanadi.

    Savalgan paxta ventilyator hosil qilgan havo oqimi ta`sirida savagichdan kanal 13 orqali kondenserning turli barabani 14ga boradi, ventilyator 15 yordamida uning yon tomonidan havo tortib olinadi, havo bilan birga chiqindilarning bir qismi changer to`lasiga ketadi.

    Turli barabandan paxtani valik 16 tushirib olib, rezerv kamera 17 ga uzatadi.

    Valik 16 ning rezina parraklari paxtani qo`shimcha ravishda titadi. Paxta valik 18 yordamida kameradan chiqib va pedal tsilindri 20 va pedal 21 orasidan o`tib, tez aylanib turgan ignali savagich 19ga boradi. Ignali savagich savash agregatining oxirgi savolovchi organi bo`lib, minutiga 1000-1200 ayl/min tezlik bilan aylanadi. Paxta ignali savagich 19 dan kanal 22 orqali oxirgi turli baraban 23 ga o`tadi, bu barabanning tuzilishi va ishlashi xuddi oldingi turli barabanlarga o`xshaydi. Shu oxirgi juft turli barabanlarda asosan tekis paxta qatlami hosil bo`ladi. Paxta qatlami chiqaruvchi tsilindr va 25,26,27,28,29 vallar orqali chiqib, xolst urovchi asbobga keladi.



    Rezerv kamerada paxta har doim to`la turishi kerak. Shuning uchun bu kameraga shchit 24 o`rnatilgan, kamera paxtaga to`lib ketsa, shchit tegishli tomonga ogadi va paxta ta`minlanish tezligini kamaytiradi va aksincha. Paxta qatlami 30 va 31 urovchi vallar ustida yotgan skalka 32 ga zich xolst shaklida o`raladi. Tayyor xolst lotok 33 ga yumalatib tushiriladi va maxsus avtomat 34 yordamida yana yangi xolst olishi b
    oshlanadi.

    Rasm-10. T-16 rusumli savash mashinasining sxemasi.


    Yangi savash mashinasi "ERM V 5/5" savash mashinasi tarkibida bir qator yaxshi ko`rsatkichlar mavjud bo`lib, ular quyidagilardan iborat: paxta aralashmasi tarkibidagi metall parchalarini tutib qoluvchi o`tkir, sezgir magnitli paxta bosimini o`lchab turuvchibarometr, fotoelement, vaqt-vaqti bilan chiqindilarni uzatib turuvchi havoli tsilindrlar, aralashma bosimini o`lchab turuvchi perfokartalar, reverslar, initsiator, yongin sodir bo`lganda avtomatik ravishda aralashmali quvurlari yopilib olovli paxta maxsus quvur orqali suvli bochkaga kelib tushishi va kuchli signal sodir bo`lishi, aralashmalar tozalanib quvurlar orqali filtrga yuborilishi va bu erda aralashma tarkibidagi tuproq aloxida xaltaga, kalta tola va chiqindilar aloxida xaltaga tushishi natijasida bo`limdagi havoni buzmasligi, ishchilarni qo`l mexnati va sharoit yaxshilanganligi kuzatiladi.


    Download 5,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 5,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS

    Download 5,96 Mb.