|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
|
bet | 21/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
«Угол» - Burchak tanlansa, klaviatura yordamida sonli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
«Биссект» - Bissektrisa tanlansa, sichqoncha ko’rsatkichi bissektrisa o’tkaziladigan burchakning uchiga keltirilib bosiladi, so’ng burchakning har ikkala tomoni ketma-ket tanlanadi.
«Отступ» - Ma’lum uzoqlikda nur o’tkazish tanlansa dastlab, klaviaturadan uzoqlashish masofasi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Keyin to’g’ri chiziqli ob’ekt tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ushbu ob’ektning qaysi tomoni tanlanishini so’raydi (chap yoki o’ng, yuqori yoki pastidan va h.). Tomon sichqoncha yordamida tanlanishi bilan tanlangan ob’ektga parallel va belgilangan masofa uzoqligida cheksiz nur o’tkaziladi. Buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan “Esc” tugmasi bosiladi.
Izoh: Tahrirlash panelidan foydalanib nur to’g’ri chizig’ining kerakli qismi saqlanib, keraksiz qismi o’chirilishi mumkin
|
| |