|
«Полилиния» - Xususiyatli chiziq tugmasi
|
bet | 22/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
«Полилиния» - Xususiyatli chiziq tugmasi.
Bu buyruq ancha murakkab xususiyatlarga ega bo’lgan chiziqlarni bajarish uchun qo’llaniladi. Aytaylik, chizqning yoyga o’tib ketishi, chiziqning trapesiyasimon qiymatlarda yo’g’onlashuvi yoki ingichkalashib borishi nazarda tutiladi. Qisqa qilib aytganda murakkab parametrlarga ega bo’lgan xususiyatli chiziqlarni bitta ob’ekt deb qabul qiladi.
Izoh: Keyinchalik tahrirlash panelidan foydalanib xususiyatli chiziqni tahrirlash mumkin.
Dastlab buyruq tugmasi tanlanganda «Отрезок» - Kesma buyrug’i singari ketma ket to’g’ri chiziqlarni chizish mumkin. Agarda, boshlang’ich nuqta tanlanib, so’ngra klaviaturadagi ↓ - ko’rsatkichi bosilsa ekranga yordamchi menu oynasi chiqariladi. Ushbu yordamchi menudan «Дуга» - Yoy tanlanganda Bevosita turli radiuslarga ega bo’lgan yoylarni bajarish mumkin.
Aniq qiymatlarga ega bo’lgan yoylarni bajarish uchun esa yana klaviaturadagi ↓ - ko’rsatkichi bosiladi va yordamchi menu chaqiriladi.
Ushbu yordamchi menu «Угол» - Burchak, «Центр» - Markaz, «Направление» - Yo’nalish, «Полуширина» - Yarim enli, «Линейный» - To’g’ri, «Радиус» - Radius, «Вторая» - Ikkinchi, «Отменить» - Rad etish, «Ширина» - Kengligi kabi buyruqlarga ega-ki ularning har biri bilan bevosita mashg’ulotlar jarayonida tanishib, o’qituvchi yordamida o’rganib boriladi.
Izoh: Mashg’ulotlar davomida axborot menu oynasidagi barcha bandlarni o’rganib chiqish kerak.
|
| |