|
Сопряжение – Tutashma berish buyrug’i
|
bet | 72/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
Сопряжение – Tutashma berish buyrug’i
Tahrirlash buyrug’i faska singari ob’ektlarni ma’lum bir radius qiymati asosida tutashtirishni nazarda tutadi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Tahrirlash panelidagi «Сопряжение» - Tutashma buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Ekranga «Выберите первый отрезок или ↓» - Birinchi kesmani tanlang yoki ↓ axboroti chiqadi.
Klaviaturadan ↓ ko’rsatkichi yordamida qo’shimca axborot menusi chaqiriladi.
Undagi asosiy tahrirlash bandlari «Радиус» - Radius va «Обрезка» - Kesib olish bandlaridir.
«Радиус» - Radius bandi tanlanib kerakli qiymat klaviaturadan kiritiladi va “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanadi.
Ekranga yana «Выберите первый отрезок или ↓» - Birinchi kesmani tanlang yoki ↓ axboroti chiqadi.
Agar tutasma bajarilishidan so’ng ob’yektlar ham tahrirlanib ortiqcha qismlari kesib olinishi lozim bo’lsa, qo’shimcha axborot oynasi chiqariladi va endi «Обрезка» - Kesib olish bandi tanlanadi.
Ekanga «Режим обрезки» - Kesib olish rejimi axboroti chiqadi. Unda «С обрезкой» - Kesib, «Без обрезки» - Kesmasdan shartlari mavjud. Kerakli shart tanlanadi. Ekranga yana «Выберите первый отрезок или ↓» - Birinchi kesmani tanlang yoki ↓ axboroti chiqadi. Sichqoncha ko’rsatkichi esa ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
Tutashtiriluvchi ob’yektlar tanlanadi. Tutashma hosil qilinadi.
|
| |