Соединить – Tutashtirish buyrug’i
Tahrirlash buyrug’i xususiyatlari o’zaro mos ob’yektlarni bitta ob’yektga aylantirishni nazarda tutadi. Ya’ni ob’yektlar majmuasi tutashtirilib, bitta ob’yekt deb qabul qilinadi. Kesmani kesmaga, aylana yoyini aulana yoyiga yoki lekalo chizig’ini lekalo chizig’i bilan tutashtirilishi mumkin.
Bunda qo’yiladigan asosiy shart ob’yektlar bir tekislikda va bir yo’nalishda bo’lishi lozim. Bir kesma yonalishidagi ikkinchi kesma o’zaro tutashtirilishi, aylana segmenti uning radiusi va markaziga mos boshqa segment bilan bir butun aylana yoyini yoki to’liq doirani hosil qilishi mumkin. Xususiyatli va lekalo chiziqlar esa aynan shunday ob’yektlar bilan biron bir uchi orqali tutash bo’lsa ular payvand etiladi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
I usul:
Tahrirlash panelidagi «Соединить» - Tutashtirish buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
Ob’yektlar tanlanib “Enter” tugmasi bosiladi.
II usul:
Dastlabki tutashtirish ob’yekti tanlanadi.
Tahrirlash panelidagi «Соединить» - Tutashtirish buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
Tutashtiriladigan ob’yektlar sichqoncha ko’rsatkichi bilan tanlanib “Enter” tugmasi bosiladi.
|