|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
|
bet | 66/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
«Копия» - Nusxa bandi mashtab amalga oshirilgandan so’ng dastlabki ob’yekt (ob’yektlar)ni saqlab qolishni nazarda tutadi. Ushbu band tanlangandan so’ng qiymat kiritilishi mumkin.
«Опорный отрезок» - Tayanch kesma bandi tanlansa biron bir kesma uzunligida masshtab bajarilishi nazarda tutiladi va ushbu kesma nuqtalari ko’rsatilishi talab etiladi.
Растянуть – Cho’zish buyrug’i
Ushbu tahrirlash buyrug’i ob’yektlarni cho’zish yoki qisqartirishni nazarda tutadi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Ob’yekt (Ob’yektlar) sichqoncha yordamida yashil dinamik ramka asosida tanlanadi.
Bunda ramka hududiga to’liq kirgan ob’yektlar cho’zilmasdan to’liq ko’chirilishi, ramka hududiga yarimi kiritilgan ob’yektlar esa cho’zilishi e’tiborga olinishi kerak.
Izoh: Qo’llanmaning Ob’yekt va ob’yektlarni tanlash bo’limini ko’rib chiqing.
Tahrirlash panelidagi «Растянуть» - Cho’zish buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Ekranga «Базовая точка» - Bazaviy nuqta axboroti chiqadi.
Ekranda asosiy nuqta baza sifatida tanlanadi.
Bazaviy nuqtaga asosan sichqoncha yordamida ikkinchi nuqtaga siljish amalga oshiriladi. Ob’yektlar cho’ziladi yoki qisqaradi.
|
| |