|
Удлинить – Uzaytirish buyrug’i
|
bet | 68/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
Удлинить – Uzaytirish buyrug’i
«Удлинить» - Uzaytirish tahrirlash buyrug’i ob'yekt yoki ob’yektlarni boshqa bir chegara ob’yekt yoki ob’yektlargacha uzaytirishni nazarda tutadi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Uzaytiruvchi chegara ob’yekt yoki to’g’ri chiziq tanlanadi.
Tahrirlash panelidan «Удлинить» - Uzaytirish buyrug’i tanlanadi.
Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
Uzaytiriladigan ob’yektlar sichqoncha yordamida tanlab chiqiladi.
Разорвать в точке – Bir nuqtada uzish buyrug’i
Ushbu tahrirlash buyrug’i ob’yektni bitta nuqtada uzib ikkita ob’yekt hosil qilishni nazarda tutadi. Tahrirlash buyrug’i aylana va ellipslardan boshqa barcha ob’yektlarni ikkita ob’yektga ajrata oladi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Tahrirlash panelidagi «Разорвать в точке» - Bitta nuqtada uzish buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
Uziladigan ob’yekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ob’yektning uzilish nuqtasi tanlanadi.
Ob’yekt ikkita aloxida ob’yeftga bo’linadi.
|
| |