|
Разорвать – Uzish buyrug’i
|
bet | 69/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
Разорвать – Uzish buyrug’i
Tahrirlash buyrug’i ob’yektda uzilish hosil qiladi. Ya’ni ikkita nuqtada uzib oraliq ob’yektni olib tashlaydi. Ushbu tahrirlash buyrug’i barcha ob’yektlarda uzilish hosil qila oladi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Tahrirlash panelidagi «Разорвать» - Uzish buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
Ob’yektdagi uzilish hosil qilinadigan birinchi nuqta tanlanadi.
Ob’yektdagi uzilish hosil qilinadigan ikkinchi nuqta tanlanadi.
Izoh: Aylana va ellipslarda uzilish hosil qilishda soat strelkasiga teskari yo’nalish e’tiborga olinishi lozim. Ya’ni birinchi nuqta tanlangandan so’ng ikkinchi nuqtagacha bo’lgan oraliqdagi yoy soat strelkasiga teskari yo’nalishda yo’qoladi.
|
| |