|
«Опорный угол» - Tayanch burchak
|
bet | 65/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
«Опорный угол» - Tayanch burchak bandi tanlansa, klaviaturadan tayanch burchakning qiymati kiritilishi va “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanishi lozim. So’ng shu tayanch burchakka nisbatan yangi burchak qiymati kiritiladi va u ham “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanadi. Ob’yekt (ob’yektlar) tanlangan bazaviy nuqta – o’q atrofida buriladi.
Масштаб – Masshtab buyrug’i
Tahrirlash buyrug’i ob’yektlarni masshtab asosida kattalashtirish yoki kichraytirishni nazarda tutadi. AutoCAD dasturi ob’yekt (ob’yektlar) o’lchamlarini katta yoki kichiklashtirishda ma’lum bir koeffisientga ko’paytirishni nazarda tutadi. Agarda koeffisiyent 1 dan katta bo’lsa kattalashadi. 0 va 1 qiymati orasida bo’lsa kichiklashadi. Buni yodda tutish lozim.
Izoh: Misol uchun 1.5; 2; 2.5… - kattalashtirish masshtabi.
0.1; 0.5; 0.8… - kichraytirish masshtabi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
I usul:
Ob’yekt (Ob’yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi.
Tahrirlash panelidagi «Масштаб» - Masshtab buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Ekranga «Базовая точка» - Bazaviy nuqta axboroti chiqadi.
Ekranda asosiy nuqta baza sifatida tanlanadi.
Ekranga «Масштаб или ↓» - Masshtab yoki ↓ axboroti chiqadi.
Klaviaturadan qiymat kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. Masshtab bajariladi.
II usul:
Ob’yekt (Ob’yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi.
Tahrirlash panelidagi «Масштаб» - Masshtab buyruq piktogrammasi tanlanadi.
Ekranga «Базовая точка» - Bazaviy nuqta axboroti chiqadi.
Ekranda asosiy nuqta baza sifatida tanlanadi.
Ekranga «Масштаб или ↓» - Masshtab yoki ↓ axboroti chiqadi.
Klaviaturadan ↓ ko’rsatkichi tanlanib, qo’shimcha menu chaqiriladi. Unda «Копия» - Nusxa va «Опорный отрезок» - Tayanch kesma bandlari mavjud.
|
| |