II-bob. Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoiti




Download 2.48 Mb.
bet5/17
Sana25.07.2021
Hajmi2.48 Mb.
#16076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
II-bob. Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoiti

Buxoro viloyatining sug’oriladigan yer maydonlari asosan, Sahro mintaqalarida joylashgan bo’lib, bu vohada asosan yanvar fevral oylarida nisbiy haroraning kam bo’lishi kuzatiladi. O’zbekiston Respublikasining tabiiy geografik xaritasida joylashish bo’yicha 2 ta katta sahro, Markaziy Osiyoning Qizilqum va Qora qum sahrolarining o’rta qismida joylashgan bo’lib, Suptropik sahro mintaqasida kiradi. Sug’oriladigan tekisliklar mintaqasi, Janubiy qizilqum sahrosida joylashgan bo’lib, Zarafshon daryosining atroflaridagi yerlar bilan birgalikda Buxoro va Qorako’l vohasigacha cho’ziladi.

Sug’oriladigan ekin maydonlari asosan bir biridan farqlanuvchi 3 ta asosiy vohadan iborat bo’lib, bular o’ziga xos tabiiy xususiyatlarga egadir. Sahro mintaqasining tuprog’I asosan qadimdan o’zlashtirilib, sug’orilib dehqonchilik qilib kelinayotgan o’tloqi allyuvial o’tloqi sahro va o’tloq taqir tuproqlarni tashkil qiladi. Bu tuproqlarning mexanik tarkibi yengil tuproq qavatio bilan birgalikda qum qumoq va og’ir soz tuproqlardan tashkil topgan. Buxoro vohasining tuproqlarini mexanik tarkibi bo’yicha tahlil qilganda : og’ir tuproqli loyli tuproqdan iborat bo’lib, kollektor (zaxkash ) larda yaqin joylashgan yerlari esa o’rta soz tuproqlarni tashkil qiladi.

Sug’oriladigan yer maydonlarining 36.2 dan 74 %gacha hosil qismi asosan o’rta qumoqdan iborat bo’lib, qolgan qismi yengil soz va qumoq yerlardir. Mexanik jixatdan og’ir tuproqni tashkil qiladigan hududlarga : Kogon, Vobkent, Buxoro tumanlari kirib, 8.0 -29 % dan qolgan tuproqlari esa 3.0 – 12.5 % ni tashkil etadi. Yengil va soz tuproqli yerlar asosan Jomdor, Shofirkon, Romitan tumanlarida bo’lib qum va qumloq yerlar asosan Peshko’ va Shofirkon tumanlarida joylashgan.

Buxoro vohasidagi yerlarning mexanikaviy holati, yer osti sizot suvlarining joylashish chuqurligiga qarab, yuqori qismidan pastga qarab o’g’irlashib boradi. Qorako’l vohasida tuproqning ko’p qismi yengil, o’rta soz tuproqli qatlamlari bo’lib, 25 % sug’oriladigan yer maydoning 0 – 80, 80 – 110 sm qatlamlarining tuzilishi bir –biridan o’xshash qatlamlardan iborat. Kulrang tusli tuproqlar bir xil mexanik tarkibli bo’lib, sahro qismida joylashgan tuproqlar esa bir necha qatlamdan iborat. Umuman xulosa qilib aytganda viloyatimiz tuproqining mexanik tarkibi katta va o’rta fraksiyali zarrachalar bilan almashinib turishligi sababli suv va fizik xossalari, yaxshi holatda bo’lib, natijada o’simliklarning normal o’sishi, hosil olishda qulay sharoit yaratadi.



Download 2.48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 2.48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-bob. Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoiti

Download 2.48 Mb.