• Avtomobil yullarini qurilishida tashkiliy va texnologik yechimlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mavzu: Avtomobil yo’llarini rekonstruksiya qilishda bajariladiggan ishlarning o’ziga xos tomonlari Reja




    Download 24.94 Kb.
    Sana30.03.2024
    Hajmi24.94 Kb.
    #182343
    Bog'liq
    Avtomobil yo’llarini rekonstruksiya qilishda bajariladiggan ishlarning o’ziga xos tomonlari
    Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Muqobil energiya manbalari, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222

    Mavzu: Avtomobil yo’llarini rekonstruksiya qilishda bajariladiggan ishlarning o’ziga xos tomonlari
    Reja:

    1. Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish joylarida harakatni tashkil etish sxemasini tuzish

    2. Mavjud yo‘l to‘shamalarini kuchaytirish texnologik jarayonlari hisobi.

    3. Avtomobil yullarini qurilishida tashkiliy va texnologik yechimlari

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar

    Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish joylarida harakatni tashkil etish sxemasini tuzish


    Avtomobil yo‘llarini qurishda bajariladigan yer ishlari, odatda, qurilayotgan yo‘l uzunligi bo‘yicha bir xil bo‘lmaydi. Yer ishlarining hajmi ko‘tarmaning balandligi va o‘ymaning chuqurligiga qarab o‘zgarib turadi. Yo‘l poyining tuzilmasi ham bu tavsiflarga va bundan tashqari, grunt-gidrogeologik sharoitga qarab o‘zgaradi. Bularning hammasi, umuman olganda, ayrim texnologik jarayonlarni yoki texnologiyaning o‘ziga xos farqlanishini belgilaydi.
    Ammo yo‘l poyini qurishda quyidagi ish tarkibi o‘zgarmas hisoblanadi: tayyorgarlik ishlari, ko‘tarmalarni qurish va o‘ymalarni o‘yishdagi asosiy ishlar, pardozlash ishlari.
    Avtomobil yo’li qurilishi bo’yicha ishlarni tashkillashtirish murakkab hisoblanadi va qator hollarda elektron-hisoblash mashinalarini qo’llashni talab etadi. Avtomobil yo’llari qurilishiga oid ishlar katta hajmdagi materiallarning sarflanishini talab qiladigan ishlarga kiritilib, bunda ko’p materiallarni nafaqat avtomobil transporti, balki boshqa turdagi transportda ham yuzlab va minglab kilometr masofalarga tashib keltirish zarur bo’ladi.
    Ish hajmlarini bir tekis va takror taqsimlashga ko’ra qurilish- montaj ishlari liniyaviy va jamlanganturlarga bo’linadi. Butun yo’l bo’ylab bir tekis taqsimlangan va ba’zi uchastkalarda o’rtacha qiymatidan biroz farqlanadigan ish hajmlari liniyaviy deb ataladi.
    Mexanizatsiya - ish unumdorligini oshirish va qurilish jarayonlarini intensifikatsiyalashning hal qiluvchi omilidir. Hozirgi kunda katta quvvatga 18 ega, demakki, yanada unumdor qurilish va yo’l mashinalarini, universal, mobil, ishchi uskunasi almashtiriladigan, katta yukli avtomobillar, avtobetonqorishtirgichlar, gidravlik boshqaruvga ega kranlarni ishlab chiqarishni ko’paytirish zarur.
    Mavjud yo‘l to‘shamalarini kuchaytirish texnologik jarayonlari hisobi.
    Ishdan maqsad: Talabalarga ta’mirtalab avtomobil yo‘llari to‘shamalarini kuchaytirish ishlarini va kuchaytirish qatlami qalinligini nazariy hisoblashni o‘rgatishdan iborat.
    Nazariy qism
    Dala sinovlari natijasida aniqlangan yo‘l to‘shamasining haqiqiy elastiklik moduli Ef talab etilgan harakat Yet.ye shartlaridan kam bo‘lganida, yo‘l to‘shamasini kuchaytirish masalasi doim ko‘rib chiqiladi.
    Qanday kuchaytirishni amalga oshirish to‘g‘risidagi masalaning yechimi variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash natijasida qabul qilinadi. Agar tekshirish davrida Ef>Yetr bo‘lib, qoplama ravonligi qoniqarsiz bo‘lsa, yo‘l qoplamasi sirtining ulanish xususiyatlarini ta’minlagan holda tekislovchi qatlamni yotqizish ishlari bajariladi.
    Ishni bajarish tartibi: Xar bir talabaga mavjud avtomobil yo‘lining mustahkamlik ko‘rsatkichi beriladi. Talaba berilgan mustahkamlik ko‘rsatkichini talab etilgan mustahkamlikka yetkazish uchun ko‘chaytiruvchi qatlam qalinligini hisoblaydilar.
    Misol: Yo‘l toifasi, xarakat jadalligi va to‘shamaning talab qilinadigan elastiklik moduli (MPa)ni hisobga olgan xolda yo‘l qoplamasini kuchaytirish xisob kitob ishlari olib borildi. Yo‘l to‘shamasini kuchaytirish uchun BND 60/90 markali bitumdan tayyorlangan, zich asfaltobeton tanlandi.
    Berilgan
    Yo‘l toifasi-II
    Yef=180 MPa
    Yet.e=220 MPa
    Ye1=3200 MPa
    Shinaning hisobiy iz diametri, D=37 sm
    Berilgan yo‘l bo‘lagida yo‘l to‘shamasi elastiklik moduli mustahkamligi 180 MPa berilgan bo‘lib, yo‘l to‘shamasi mustahkamligini oshirish uchun quyidagi formulalar orqali topamiz.
    Asfaltbeton uchun ro‘xsat etilgan elastik egilishga bo‘linma natijasini monagramma orqali h/D qiymatni aniqlaymiz
    Yo‘l to‘shamasini mustahkamligini oshirishga talab etilgan asfaltbeton qalinligini aniqlaymiz.
    Talaba amaliyotda olgan bilimlariga tayangan holda natijasida xulosa yozib tugallaydi.
    Mavzu: Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish texnologik jarayonlarini tashkil etish
    Avtomobil yullarini qurilishi murakkab jarayondir va yaqqol extimoliy xarakterga ega. Qurilish ishlarini hisobiy muddati va xaqiqiy davomiyligi o‘zaro keskin farq kiladi, material-texnik va mehnat resurslarini hisobiy va amaliy talablari ham farq kiladi.
    Avtomobil yullarini qurish xususiyatlari quyidagilardan iborat:

    • birinchidan, avtomobil yullari qurilishini o‘ziga xosligi-ikkibirlik masalani bajarish: chiziqli va jamlangan, maydon qurilishidagi ishlarni birlashtirish. Bu ishlarni har biri uchun o‘zgacha ishlash usullari va tamoyillarini qo‘llash mumkin;

    • ikkinchidan, uzoq muddatli iqlim boshoratida, ayniqsa, bahor va kuz fasllarida katta chetlanishlari sababli ishni bajarish usullarini aniq belgilab bo‘lmasligi;

    • uchinchidan, chiziqli yer ishlarini hajmi trassa bo‘ylab o‘zaro yenma-yen joylashgan yo‘l uchastkalarida turli xil texnologiya va ishlarni tashkil qilishni taqozo qiladi;

    • to‘rtinchidan, qidiruv davrida yemon bajarilgan geologik, gidrologik va boshqa tekshirishlar qurilishda avariya, va talofotga olib keladi, bu holat ba’zida ishni tashkil etish loyihasi (ITEL) va ishlab chiqarish loyixasini (IChL) keskin o‘zgartirish va, o‘z navbatida, hisobiy muddatga tuzatishlar kiritishini taqozo kiladi.

    Shuni ham ta’kidlash kerakki, yer osti va yer usti kommunikatsiya va boshqalarni yo‘l mintaqasidan chetga chiqarish ishlarini bajaruvchi subpodryad (bosh ijarachi) va turdosh tashkilotlarni bajaradigan ishlari muddatini belgilashda bir qancha muammolar bor.
    Ishlab chiqarishda mehnat jaraeni davomiyligini o‘zgarishi mehnat sarfi va material-texnik resurslarni, mehnat sig‘imi miqdorini o‘zgarishini keltirib chiqaradi.
    Qurilish jaraenidagi har qanday oldindan hisoblangan ko‘rsatkichlardan chetlanish vaqt o‘tishi bilan ortib boradi va bu qurilish ishlarini tugatilish bosqichiga ishni tashkil qilish, qurilish jaraeni texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiritishga olib kelishi mumkin.
    Masalan, Avtomobil yullarini yul poyini qurish muddati yetakchi mashinani ish unumdorligi asosida belgilanadi. Amalda esa mashinani ish unumdorligi ko‘tarmaning balandligi yeki o‘ymani chuqurligiga binoan o‘zgaradi. Ishni bajarish muddati mashinani ish unumdorligiga asosan egri chiziqli bog‘lanish buyicha o‘zgaradi.
    Avtomobil yullarini qurilishida tashkiliy va texnologik yechimlarini optimallashtirishda tizimli analizdan foydalanish maksadga muvofikdir. Bunda optimallikni asosiy mezoni samaradorlikdir. Mahalliy mezon shunday tanlanishi kerakki, unda mahalliy optimum butun tizim ko‘rsatgichlarini yaxshilashga xizmat qilishi kerak.
    Avtomobil yullarini qurilishida asosiy ishlar bir-biridan farq qilishiga qaramay (yer ishlari, suv o‘tkazish inshootlari, yul tushamasi kurish va boshqalar) ularni yechish quyidagi bosqichlarda olib boriladi:

    1. Boshlang‘ich ma’lumotlarni shakllantirish;

    2. Tabiiy omillar ta’sirini hisobi;

    3. Vaqtdan foydalanish tartibi;

    4. Ishlash hajmi, resurslarga talab;

    5. Ishlab chiqarish imkoniyati va ish muddati;

    6. Ishni tashkil qilish;

    7. Ishlab chiqarish bazasi;

    8. Transport ta’minoti;

    9. Ishlab chiqarish zaxirasi, ularni sozlash imkoni;

    10. Mahsulotni sifat nazorati;

    11. Tashkiliy-boshqaruv yechimlarini asoslash.

    Texnologiya - bu mashina va mexanizmlar yerdamida ishlab chiqarish jaraenida mahsulotni tayerlash, ishlov berish, xususiyatni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan usullar yig‘indisidir.
    Texnologik ishlab chiqarish jaraenlari ma’lum ketma-ketlikka ega. Texnologik jaraenlarning turg‘un bog‘lanishiga ish deyiladi. Ishlar yo‘l qurilishida yer ishlari, asos va qoplama qurish ishlari, beton ishlari va boshqalarga ajratiladi.
    Avtomobil yullarini kurilishi uziga xosligi kurilish jaraenida tayerlangan mahsulot qo‘zg‘almas bo‘lib joyda qoladi, mehnat quroli esa harakatlanadi.
    Qurilishda ”texnologiya” so‘zi o‘zaro bog‘liq usullar majmuasi bo‘lib, ular natijasida avtomobil yullari, qurilish konstruksiya va mahsuloti, bino va turli maqsadga mo‘ljallangan inshootlar yaratiladi. Yo‘l qurilishiga yangi avlod mashinalari kirib kelishi amaldagi texnologiyada o‘zgartiritish va tuzatishlarni taqazo qiladi.
    Avtomobil yullarini qurilishda texnologik jaraenlarni natijasida tayer avtomobil yullari yeki, uni tashkil etuvchilari - yer polotnosi, suv o‘tkazish inshootlari ,yul tushamalari va boshqalar yaratiladi.
    Qurilish texnologiyasi aloxida mehnat jaraenlaridan tashkil topadi. Mehnat jaraeni murakkabligi bo‘yicha oddiy, murakkab va majmuali bo‘lishi mumkin.
    Oddiy mehnat jaraeni deb, texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq ishchi operatsiyalar yig‘indisiga aytiladi. Masalan, gruntni kazish, tashish, yoyish, zichlash va boshkalar.
    Murakkab mehnat jaraeni bir necha oddiy jaraenlardan tashkil topadi. Masalan,asfaltobeton korishmasini tayerlash,uni yulga yetkizish, zichlash.
    Majmuali jaraen deb, bir vaqtda bajariladigan oddiy va murakkab jaraenlar yig‘indisiga aytiladi va bular tashkiliy jihatdan oxirgi mahsulotni tayerlashda uzviy o‘zaro bog‘liq. Masalan,sementobeton korishmasini tayerlash,tashish,yulga yotkizish, zichlash, pardozlash va boshkalar.
    Texnologik jihatdan bir turli va tashkiliy bo‘linmas mehnat jaraeni ishchi operatsiya deyiladi. Ishchi operatsiya mehnat quroli va mehnat predmeti, ijrochilar tarqibi o‘zgarmasligi bilan xarakterlanadi.
    Ishchi operatsiya ishchi usullar yig‘indisidan iborat. Usullarda ishchi harakatlar ketma-ket keladi.
    Ishchi operatsiya bajariladigan joyda mehnat quroli joylashgan va u ish joyi deb ataladi.
    Ishchilar zvenosiga ajratilgan ish uchastkasi bo‘lim deb ataladi, brigadaga ajratilgan uchastka esa – ish qamrovchi deyiladi. Ish bo‘limlari va ish qamrovini o‘lchamlari brigada yeki zvenoga shu joyda kamida yarim smenali ish xajmiga yetarli bo‘lishi kerak.
    Ish fronti deb, qurilish ob’ektida texnologik mashina va mexanizmlar, brigada va ishchi zvenolarni qurilish maydonida joylashib bajaradigan ish xajmiga aytiladi.
    Ish fronti o‘lchamlari pogon metr, kvadrat metr va boshqacha bo‘lishi mumkin.

    Xulosa
    Texnologik jihatdan bir turli va tashkiliy bo‘linmas mehnat jaraeni ishchi operatsiya deyiladi. Ishchi operatsiya mehnat quroli va mehnat predmeti, ijrochilar tarqibi o‘zgarmasligi bilan xarakterlanadi.


    Ishchi operatsiya ishchi usullar yig‘indisidan iborat. Usullarda ishchi harakatlar ketma-ket keladi.
    Ishchi operatsiya bajariladigan joyda mehnat quroli joylashgan va u ish joyi deb ataladi.
    Ishchilar zvenosiga ajratilgan ish uchastkasi bo‘lim deb ataladi, brigadaga ajratilgan uchastka esa – ish qamrovchi deyiladi. Ish bo‘limlari va ish qamrovini o‘lchamlari brigada yeki zvenoga shu joyda kamida yarim smenali ish xajmiga yetarli bo‘lishi kerak.

    Foydalanilgan adabiyotlar


    https://fayllar.org/
    https://avtovsamare.ru/uz
    https://themeformen.ru/
    https://akis.agro.uz/
    Download 24.94 Kb.




    Download 24.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Avtomobil yo’llarini rekonstruksiya qilishda bajariladiggan ishlarning o’ziga xos tomonlari Reja

    Download 24.94 Kb.