Kirish. Mavzuning dolzarbligi




Download 2.48 Mb.
bet2/17
Sana25.07.2021
Hajmi2.48 Mb.
#16076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Kirish.

Mavzuning dolzarbligi.

“Qishloq xo’jaligi bugungi kunda yerni biladigan va ardoqlaydigan, bilimdon , ekinlardan mo’l sifatli hosil etishtira oladigan ,yuqori malakali mutaxasislarga thtiyoj sezmoqda “.Agrosanoat kompleksi har bir mamlakatdagi kabi insoniyat, hayvonot va sanoat korxonalarini xom ashyo va oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlovchi bosh bo’g’in hisoblanadi. Shularni e’tiborga olib, Respulikamizda keyingi yillarda aholini yetistiradigan don maxsulotlari bilan ta’minlash va chorvachilikni yem-xashak ba’zasini mustahkamlash sohsida ibratli ishlarni olib bormoqda. Atrof-muhit muhofazasi umuminsoniy muammo bo’lib , jamiyatimizning har bir a’zosidan “Ekologik savodxonlikni talab qiladi. Yosh avlodlarga ekologik ta’lim tarbiyani rivojlantirish , ularda o’z vataniga nisbatan muhabbat va sadoqat tuyg’ularini uyg’otish, ular ongida ekologik madaniyatni shakllantirish ” masalarini oiladan bolalar bogh’chasidan boshlashimiz pirovard natijada maktab va barcha ta’lim muassasalarida uni rivojlantirishimiz zarur, har bir tarbiyachi va murabbiy bolalar bilan ishlash jarayonida ekologik ta’lim va narbiyada alohida e’tibor berishi lozim. Shu bois bizning institutimizda Respublika miqiyosida “O’zbekiston Respublikasi biologik xilma xilligining ekologik muammolari ” mavzuida o’tkazilayotgan bugungi anjuman alohida e’tiborga loyiqdir.

O’zbekiston Respublikasi ham dunyodagi barcha mamlakatlar qatori Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlik va hamjihatlikda tabiatni atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish masalarigi katta e’tibor berib kelinmoqda. Shunga asosan atrof muhitni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan ko’plab qonun hujjatlari qabul qilindi.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Keng ko’lamdagi ekologik tanglik tahdidini barham topdirish, respublika aholisi uchun jismonan sog’lom yosh avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur shart sharoitlar ham ekologik jihatdan musaffo hayotiy muhit yaratish ”imkonini beradi .

Tabiatni e’zozlash, atrof muhitni muhofaza etish nihoyatda xayrli va ezguli hisoblanib, umumbashariy ahamiyatga molikdir.

Tabiat bag’ritoshlikni tmas ezgulikni, e’tiborni, mehr-muhabbatni yoqtiradi. Tabiatni e’zozlagan, tabiat bilan til topgan xalq, elat va millat, davlat va jamiyatda alohida hurmat va e’tiborga sazovordir.

Respublikamiz Prezidenti I.A Karimov qayd etganidek, Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta xavfli ekologik xavfga duch kelib qoldi… Ekologik xavfsizlik muamosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o’zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo’ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o’nglab bo’mas ekologik halokatlarga olib keladi. Holbuki, hech kimga sir emaski tabiatga va yerga nisbatan qanday munosabatda bo’lsak, u ham bizga nisbatan shunday munosabatda bo’ladi. Tabiatni va tuproqni muhofaza etish insoniyatni baxt- saodati, ertangi kuni, kelgusi avlod taqdiri uchun g’amxo’rlik qilish demakdir. Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari ” asarioda “Butun dunyo yagona va o’zaro bog’liqdir. Bizning mustarak burchimiz yer yuzini farzandlarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirishdir ” deb bejiz aytmaganlar.

Dunyo ahliga azaldan ma’lumki, qishloq xo’jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining ustivor yo’nalishlaridan biri, ayniqsa paxtachilik o’zbek xalqinig bobomeros kasb-

koridir.So’ngi chorak asrmobaynida garchi paxta yakka hokimligiga barham berilgan

bo’lsada, yurt mustaqilligini qo’lga kiritib, uni har jabhada mustahkamlab kelayotgan

mehnatkash elimiz paxtachilikni qishloq xo’jaligining etakchi tarmog’i sifatid

a asrab qolib , yanada rivojlantirishga qaror qildi. Negaki , jahon paxta

sanoatchilarinig serquyosh o’zbek zaminida yetishtirilgan paxtaga qiziqishlari tobora

ortib bormoqda.Sobiq ittifoq davrida o’zbek paxtasi dovrug’ini jahonga yoyish

yo’lida zahmat chekkan ko’plab olimlar nomi kam tilga olinardi. Barcha yutuqlarni

faqat o’ziga taaluqli deb bilgan, yuzlab- minglab xalqlarni shunga ishontirgan

mahobatli sobiq markazga xizmat qilgan soxta mashhurlarning soyalari ostida ro’yobga chiqmay ketgan marhum padarim kabi chinakam olimlarning porloq xotirasini ulug’lash uchun jonkuyar insonlarni qo’llab, saxovatli insonlar homiyligida bunday kitoblar ko’pming nusxada qayta-qayta chop etilmog’i

lozim. Toki bu kitob nafaqat olimu mutaxasislar , hatto oddiy ishchi-dehqonlarning

jovonlarida ham tursin.Mashhur qo’shiqlarni yozgan shoirlarini bilgan insonlar

o’zi etishtirgan paxta va g’allaning serhosil navlarini ixtiro qilgan seleksioner

olimlari bilan ham faxrlansa, nevaralarini ulardek el yukiga elka tutadigan

insonlar qilib tarbiyalasa qanchalar savob ish bo’lar edi.Marhum padarim kabi

minglab olimlarni munosib taqdirlagani, hurmatlarini joyiga qo’ygani uchun

Prezidentimiz Islom Karimovdan bir umr minnatdorman.

1938yilning 15 yanvarida tashkil etilgan. Maydoni 40,3 mingkv.km.Aholisi bir

million sakkiz yuz minngga yaqin. Ma’muriy tuzilmasi:11ta qishloq tumanlari

(Buxoro, Vobkent, Jondor,Kogon,Olot, Peshku, Romitan,Shofirkon,

Qorako’l,Qorovulbozor,G’ijduvon)11ta shahar,3tashaharcha,120ta qishloq fuqarolari

yig’ini bor. Markazi Buxoro shahri. Zarafshon vodiysinig quyi qismida, Qoraqum

va qizilqum cho’llari o’rtasida joylashgan. Hududi g’arbga amudaryo tomon qiyalanib

boruvchi to’lqinsimon tekislikdan iborat. Past tog’lar, qir va bek botiqlari bor.

Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq-quruq. Yirik daryolari-Zarafshon va

Amudaryo. Qishloq xo’jaligi viloyat iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Ekin

maydonlari 200221gektar bo’lib, asosan paxta (109600ga), makjo’xori, sholi, sabzavot,

poliz, em-xashak ekinlari ekiladi. Mavjud 3953 ta fermer xo’jaliklari 3090

tasi paxtachilik bilan shug’ullanadi.

Respublikamizning turli xil tuproq-iqlim sharoit lariga, jahon bozori talabalariga mos, g’o’zaning o’rta tolali, serhosil, ekstremal noqulayliklariga chidamli, IV tip tolali g’o’za navlarini yaratish, DNS larga topshirish hamda yaratilgan yangi istiqbolli g’o’za navlarining navdorligini saqlash, ularning urug’chiligini yo’lga qo’yish, yangi ilg’or texnologiyalardan foydalanib, tuproqning sho’rlanish darajasini karbon kislotasi hosil qiluvchi foydali model orqali pasaytirish, o’simlik tomonidan fosforli o’g’itlarning o’zlashtirish koeffistientini oshirish asnosida, tuproq unumdorligini oshirish,turli xil foydali tirik mikro organizmlar va ekologik toza, bezarar, mahalliy organik moddalar kompozi stiyalarini birgalikda qo’llash orqali g’o’za viltiga qarshi kurashish bilan birgalikda, hosilni erta yig’ishtirib oladigan yuqori va sifatli paxta xomashyosini etishtirishning maqbul tizimini ishlab chiqishni ilmiy asoslash va ularini ishlab chiqarishga joriy etish.

Istiqbolli tizmalarning hosildorlik va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha eng yuqori natijalarga ega bo’lgan tizmalar aniqlandi. L-1009-12 tizmasida bir ko’sak og’irligi 7,2 g, tola uzunligi 33,4 mm, tola chiqishi 38,2 foiz bo’lishi bilan birga tolasi mayin, tiniq oq rangli, tolasi chigitidan juda engil ajraladi. L-342 (3) tizmasida bir ko’sak og’irligi 6,5 g, tola uzunligi 33,0 mm, tola chiqishi 40,4 foiz, yuqori tola chiqimli, tezpishar, hosili 114 kunda pishadi .L- 1157 da bir ko’sak og’irligi 5,7 g, tola uzunligi 33,4 mm, tola chiqishi 38,2 % bo’lib, tezpishar va tolasi o’ta mayin. L- 804-15 tizmasining bir ko’sak og’irligi 7,2 g, tola uzunligi 34,4 mm, tola chiqishi 38,2 % bo’lib, tezpishar, serhosil va tolasi o’ta mayin, mikroneyri 4,0- 4,2 .

Urug’ ko’paytirish niholzorida Buxoro-102 navning genetik sofligini doimiy saqlab turish va elita urug’chilik xo’jaliklarini sifatli urug’liklar bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro-102” navining 580 kg elita urug’lik materiallari tayyorlandi. Bir ko’sak paxtasining og’irligi 7,0- 8,0- 9,2 g, tola chiqishi va uzunligi: 37,5- 38,0- 38,5 % va 33.0- 33,4-34,2 mm ni, 1000 dona chigit og’irligi 124- 128- 136 g ni tashkil qildi.

Yangi “Sharq” g’o’za navining 153 ta yakka tanlovi va 610 kg miqdoridagi oilaviy terim materiallari DNSUlarga urug’ini yuborish uchun tayyorlandi. “Sharq” navi namunalarida o’rtacha bir ko’sak paxtasining og’irligi 7,2- 8,0- 8,8 g , tola chiqishi 36,0- 36,5-38,0 % ni, tola uzunligi 33,2- 33,6 -34,4 mm ni, 1000 dona chigit og’irligi 128- 138- 146 g ni tashkil qildi.

O’zbekistonning mehnatkash xalqi 2016 yilni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar qatoridan biriga aylantirish uchun kela jakda ilm-fan yutuqlari va ilg’or texnologiyalarga tayangan holda ish tutib, fidokorona mehnat qilishmoqda.

Olimlar va fan fidoiylari o’z hududidagi barcha boyliklarni, er va suv resurslarini ko’z qorachig’idek asrashi, ulardan oqilona va samarali foyda lanishi lozim.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida g’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari dan sifatli va yuqori hosil olish, yangi xaridorgir, jahon bozori talablariga javob beradigan qishloq xo’jalik ekinlarining yangi navlarini yaratish chora-tadbirlarini ko’rish, tuproq unumdorligini tiklash va barqarorlashtirish, ekologik muhitni asrash, erdan, suvdan, quyosh nuridan samarali foydalanish choralarini izlab topish va ularni ilmiy asoslangan holda hayotga tadbiq etish, hozirgi kunning umummilliy dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.

Darhaqiqat, mirishkor dehqonu-paxtakorlarimiz qishloq xo’jaligi mahsu lotlarini etishtirish bo’yicha joriy mavsumda shartnoma majburiyatlarini ado etishib, O’zbekistonning “oq oltin” xirmonini barpo etishda viloyatimiz paxtakorlari 340 ming tonna paxta xom ashyosini (31,5 st/ga) yuqori navlarga davlatga topshirdi. Shuningdek, 8 million tonnalik don xirmoniga ham buxoroliklar etakchilar qatoridan bo’lib marraga etishdi va 376 ming tonna (57,8 st/ga) don topshirishib, el ma’murchiligini ta’minlashga erishdilar. Joriy yilning 12-13 oktyabrida poytaxtimiz Toshkentda o’tkazilgan -12- Xalqaro paxta yarmarkasi o’zbek paxtasining kelajagiga keng yo’l ochib berdi. Shuningdek, hozirgi kunda mamlakatimiz mintaqalarining tuproq-iqlim sharo itlarini hisobga olgan holda yuqori, sifatli tola parametrlariga ega bo’lgan, xalqaro talablarga javob beradigan bozorbop, g’o’zaning tezpishar, yuqori hosilli, barcha ekstremal sharoitlarga, hasharot, zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yaratish va ulardan oqilona foydalanish, urug’lik chigitini sifatli qilib tayyorlash, g’o’za, don va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarining urug’chiligini tashkil etishni tubdan yaxshilash, yangi yaratilgan g’o’za navlarini etishtirish agrotexnologiyasini ilmiy asosda ishlab chiqish, almashlab ekish tizimlariga qat’iy ravishda rioya qilish, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va erdan unumli foydalanish koeffistientini hamda uning unumdor ligini oshirishning yo’llarini izlab, ilmiy asosda amaliyotga tadbiq etishni davr talabi taqozo etmoqda. Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov har bir yig’ilish va anjumanlarda qayta-qayta ta’kidlaganlaridek, «Dehqonchilikni va umuman, ishlab chiqarishni fan negizida, ayniqsa fundamental ilm-fan asosida qayta qurollantirmas ekanmiz, mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirishimiz amri mahol».

Demak, o’z-o’zidan ma’lumki, dehqonchilik sohasida faoliyat ko’rsatib kelayotgan har bir mutaxassis, rahbar va olimlarimizning zimmalariga ulkan bir ma’suliyat yuklatilayapti.

Respublikamizda don mustaqilligini ta’minlash, sug’oriladigan erlar dan oqilona foydalanish, dehqonchilik tizimini takomillashtirish va uning madaniyatini yuqori pog’onada ko’tarish borasida Vazirlar Mahkamasining ke yingi yillarida chiqargan qaror va farmoyishlari ham qishloq xo’jalik soha sida ishlab turgan muttasadi kishilarning jumladan, biz olimlarning oldila riga muhim bir yuksak vazifa yuklatilganidan dalolat beradi.





Download 2.48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 2.48 Mb.