Yoshlar ma`naviyatini shakllantirishda tarixiy xotiraning roli




Download 114.78 Kb.
bet9/11
Sana13.06.2022
Hajmi114.78 Kb.
#23545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BARKAMOL AVLODNI MILLIY ISTIQLOL G\'OYASI VA MAFKURASI RUHIDA TARBIYALASH.......3

Yoshlar ma`naviyatini shakllantirishda tarixiy xotiraning roli


Yoshlar ma`naviyati dabdurustdan shakllanadigan hodisa emas. Uning o`z evolyustion yo`li mavjud. Yoshlarimiz ma`naviy dunyoqarashini shakllantirishda ma`naviy mero madaniy boyliklar, tarixiy va madaniy yodgorliklar muhim o`rin egallaydi. Qolaversa, diniy va dunyoviy olimlar, millatning xarakteri, uning salohiyati - bula) ning bari yoshlarimiz ma`naviy dunyoqarashida muxim, hal qiluvchi omillar hisoblanadi.
TTTu bilan birga yoshlar ma`naviy qiyofasini shaklla: tirishda o`ta muhim ahamiyatli yana bir jihat mavjudk uningsiz hech qanday ma`naviyat, madaniyat to`g`risida g pirish mumkin emas. Bu – xalq tarixi, tarixiy xotiradir.
Tarixiy xotira – milliy gurur va milliy iftixor xissining zaminlaridan biri. SHuningdek, tarixiy xotira – ajdodlar yaratgan moddiy va ma`naviy boyliklarni kishilar ongi va kund lik amaliy faoliyatida qayta namoyon bo`lishi, eslab qadrlanishi hamdir. Inson – irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir»
SHu narsani g`urur bilan ta`kidlash lozimki, o`zbek milliy tarixi aslida madaniyat tarixidir. Tarix – xalq ma`naviyatining asosi ekanligini qayd etgan YUrtboshimiz I.A. Karimov shunday deydi: «Ma`naviyatini tiklashi, tug`ilib o`sgan yurtida o`zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko`tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak».
YUqorida bildirilgan fikrlardan uchta muxim xulosa kelib chiqadi: birinchidan, o`zbek milliy tarixi, eng avvalo, madaniyat, rivojlanish, taraqqiyot tarixvdir. Ikkinchidan, milliy ma`naviyat o`zo`zidan rivoj topmaydi va uning asosini tarix tashkil etadi. Uchinchidan, tarixiy xotirani tiklamasdan tom ma`nodagi rivojlanishga erishish qiyin.
Ijtimoiy taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlarining tarixiy xotirani tiklash borasida olib borayotgan ishlari har qanday tahsinga loyiq. Uch ming yillik buyuk milliy davlatchilik tariximiz yoshlarimiz uchun iftixor va vatanparvarlik omilidir. Ijtimoiy-tarixiy rivojlanishimizning har bir bosqichi xalqimizning mustaqillik, erk, ozodlik uchun yaratish va taraqqiyot sari harakat davri ekanligini ham anglab etdik.
Eng muhimi, yoshlarimiz haqli ravishda o`z tarixi, otabobolar tomonidan yaratilgan moddiy-ma`naviy boyliklardan faxrlanish huquqiga ega. Uzoq davrlar davom etgan mustamlakachiliklarga qaramasdan ilmma`rifatli xalqimiz yaratish yo`lidan aslo chekinmadi.
«Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo`lyozma, ularda mujassamlangan tarix, adabiyot, san`at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me`mor chilik, dehqonchilikka oid o`n minglab asarlar bizning beqiyos ma`naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo`lgan xalq dunyoda kam topiladi» deb ta`kidlaydi yurtboshimiz I.A. Karimov.
Qulay geosiyosiy makonda joylashgan O`zbekiston hududida ilm-fan, madaniyatning rivojlanishi ko`p omillarga bog`liq bo`lib, eng asosiysi bu yurtda xalq ilmiyijodiy faoliyatining an`anaviy mavjudligi edi. Bundan tashqari, yurtimiz hududi qadimqadimdan madaniyatlar, stivilizastiyalar uyg`unlashgan, «Buyuk ipak yo`li» kesishgan, G`arb va SHarq aloqalarining muhim bo`g`ini edi. Bularning bari mamlakatimizda azaldan ilm-fan, madaniyat, san`atning, kishilik faoliyatining barcha jabhalari rivojlanganligini belgilab bergan edi.
«Bu ko`hna tuproqda, - deydi Yurtboshimiz, - milodgacha bo`lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali hanuz o`zining ko`rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadimqadimdan o`lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me`morlik va shaharsozlik san`ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo`lgan to`rt mingdan ziyod moddiy-ma`naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro`yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi».
Ana shunday buyuk merosni o`rganish orqaligina tom ma`noda yoshlar ma`naviy
qiyofasini shakllantirish mumkin. Bunday merosni esa faqat va faqat tarix orqali o`zlashtirish mumkin. Chunki bunday merosni o`rganmay turib, kishilik jamiyatida ildamlab borish mumkin. Tarix hamma narsaga chidaydi. Ammo o`zini soxtalashtirshga aslo chiday olmaydi. Zero, tarixni o`rganish bizning tafakkurimizni charxlaydi, o`tmish tarixidan faxrlanish, yo`l qo`yilgan xatolardan kelajakda xoli bo`lish imkonini beradi. «Tarixni o`rganish - deydi XVIII asrning buyuk nemis ma`rifatparvari Fridrix SHiller, - aqlimizni nurlantiradi, qalbimizni olijanob fidoyilik bilan alangalantiradi. U ruhimizni axloqiy masalalarga pastkashlik va bachkanalik bilan yondoshishdan saqlaydi»
Darhaqiqat, tarixni, uning porloq, yorqin kunlari bilan birga zulmat va mustamlakachilik, ayriliq va yo`qotishlardan iborat davrlarini ham bilishimiz bizni turli baloqazolardan asraydi, sergaklikka undaydi. Erishilgan yutuqlarni, porloq kunlarni eslash va faqat ulardan g`ururlanishning o`zi etarli emas. Ayni paytda tariximizning qorong`i kunlarini ham esdan chiqarmaslik tarixiy xotira uchun o`ta zarurdir.
SHu o`rinda hozirgacha nihoyatda kam o`rganilgan, yoshlarimiz e`tiboridan ba`zan chetda qolayotgan bir holat - O`zbekiston hududvda yaratilgan moddiy va madaniy boyliklarni mustamlakachilar tomonidan tashib ketilishi bilan bog`liq masalaga diqqat qaratishni lozim deb topdik. Gap shundaki, hozirgi yoshlarimizning tarixiy xotirasini shakllantirish uchun otabobolar, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan, ammo bosqinchilar tomonidan tashib ketilgan milliy merosimiz to`g`risida but xulosalar berish lozim.
Umuman, uzoq ming yilliklardan iborat o`zbek xalqi tarixi, 3 ming yillik buyuk milliy davlatchilik tariximiz davomida ajdodlarimiz ne-ne azobu uqubatlarni, yo`qotishlarni ko`rmadi. Eron axmoniylari, grekmakedonlar, arablar, mo`g`ul istilolari bunga misol.
Yoshlarimizning ma`naviy qiyofasini shakllantirishda, pirovard natijada ular tarixiy xotirasini tiklashda o`sha davr, milliy boyliklarni tashib ketish siyosati mohiyatini to`g`ri anglash o`ta muhimdir. Mustabid sovet davrida ko`pchilikka ma`lum bo`lmagan narsalar, voqea hodisalar sababi endi ma`lum bo`lmoqsta.
SHu o`rinda quyidagi qiziq, ammo achinarli misolni keltirishni lozim deb topdik: XIX asrning ikkinchi yarmida Xivaga qarshi yurishda general Kaufmanga hamrohlik qilgan A.L. Kun Turkiston madaniyati, san`atini o`rganish, to`plash va saqlab qolish bahonasida yurtimiz madaniy boyliklarini tashib ketishni yo`lga soladi. SHarq qo`lyozmalaridan iborat 300 kitob, shulardan 129 tasi 140 jilddan iborat tarixiy asarlar, 20 muallifning 30 jidstlik asarlari, huquqshunoslik va ilohiyot masalalari bo`yicha 50 jilddan iborat 40 asar, 18 nusxa Qur`on va 50 ta darslikni to`plagan va o`zini sharqshunos olim deb tanishtirgan A.L. Kun ularni 1873 yilda Imperator xalq kutubxonasiga topshirgan.
A.L.Kun va uning guruhi Xivadan tanga zarb qilishga mo`ljallangan 200 nusxa shtampni,
muhrlar bog`lamini, xon taxtini, 172 nusxa Jo`chi tangalarini, Qo`ng`irot sulolasidan bo`lgan Xiva xonlarining 3 nusxa tangasi va qator etnografik ashyolarni, xususan, ayollar va bolalar kiyimboshlari, ko`shtab tilla va kumush bezaklarni olib ketgan.
Rossiyaga olib ketilgan asarlar orasida Nizomiy qo`lyozmalari, «Tarixi Vasifiy»,
«Iskandarnoma», Mavlaviy Rumiyning «Masnaviy»si, Navoiyning «Xamsa»si, Rabg`uziyning
«Kdssa ulanbiyo», «Tafsiri Qur`on», «Ravzat us Safo», «Dostoni Qosim va Go`ro`g`li», Abdulg`ozining «SHajarayi turk» hamda arab, fors va o`zbek tillaridagi boshqa asarlar bor edi.
Tarixiy xotirani tiklash jarayoni tizimiy ravishda tashkil etilishi lozim. Buning uchun, eng avvalo, milliy tarix xolisona, ilmiy tarzda o`rganilishi, tahlil etilmog`i muxim. Bunda hissiyotga berilish naf bermaydi. Tarixiy xotirani tiklash, yoshlar ma`naviy qiyofa`ini tiklash aniq raqamlar, to`g`ri, ilmiy asnodagi xulosalarga qurilishi talab etiladi.
Mustaqillik yillarida bu borada juda katta ishlar amalga oshirildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xuzurida O`zbekistondan tashib ketilgan madaniy boyliklarni Vatanimizga qaytarish bo`yicha maxsus komissiya tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix va Arxeologiya ipstitutlari jamoasi tomonidan bu borada jiddiy tadqiqot ishlari olib borildi.
Natijada mustamlakachilik lanrida O`zbekistondan juda ko`p madaniy va tarixiy boyliklar zo`ravonlarcha tashib ketilganligi amiqlandi. Biz yukrrida qayd etganimiz kabi Rossiya mustamlakachiligi davrida rus amaldorlari, ofiierlari moddiy buyum, boylik sifatida yurtimizda yaratilgan ko`plab madaniy boyliklarni talon-toroj qildilar. Xususan, 1865 yildan 1917 yilgacha Markaziy Osiyodan 3000 qo`lyozma asarlar Rossiyaning ko`plab kutubxopalari, arxivlari, muzeylariga olib ketilgan. Agar 1865 yilgacha tushgan qo`lyozmalarni ham hisobga oladigan bo`lsak, ularning miqdori keltirilgan ushbu raqamdan bir yarim marta oshib ketadi. Rossiyaning birgina Osiyo muzeyiga 1874-1916 yillarda V.V.Bartol`d 20, V.V.Vsl`yaminov Zernov 19, N.N.Veselovskiy 3, V.V.Vyatkin 6, D.M. Gramenistkiy 18, I.I. Desnist`siy 7, K.G. Zeleman 105,

    1. Zarubin 11, V.I. Ignat`ev 8, A.R. Kal`mikov 4, Kartashev 1, K.P. Kaufman 18, V.O. Klemm I.D.Karen 1, LL. Kun 85, I.L. Lerx 32, Pospelov 8 ta va yana boshqalar tomonidan ko`plab qo`lyozmalar topshirildi. Turkiston o`lkasidan eng ko`p madaniy boyliklar V.A. Ivanov tomonidan o`g`irlab ketilgan bo`lib, ular soni 605 tani tashkil etadi. Ushbu qo`lyozm;shar aksariyat holda yagona musxada bo`lib, ular haddan tashqari noyob edi. O`zbek xalqining milliy- tarixiy xotirasini shakllantirishga xizmat qiladigan bunday madaniy boyliklarini:, afsuski, hozirgacha yurtimizga qaytarilmadi.

Mustamlakachilar, shuningdek, kommunistik mafkura maddoxlari qam o`lkamiz moddiymadaniy boyliklarini tizimli ravishda talash, tashib ketish siyosatini olib bordilar. Bunday harakat, ayniqsa. sovet mustabid tizimi davrida avj oddi. O`zbekiston moddiy-madaniy
boyliklarini tashib ketishdan maqsad bor edi. Ular quyidagilardan iborat edi:

      • o`lka madaniy-tarixiy yodgorliyutrinm tashib ketish natijasida O`zbekiston milliyma`rifiy, ilmiy salohiyati darajasipi suN`iy ravishda pasaytirish va shu orqali xalqimizni madaniy jihatdan «qoloq», «savodsiz» degan yorliqlar bilan «siylash»;

      • Rossiyaning ko`plab shaharlaridagi ilmiy, madaniy-ma`rifiy markazlar jamg`armalarini to`ldirish, o`zlarining mustamlakachilik siyosatini xaspo`shlash, yashirish maqsadida soxta g`amxo`rlik qilish, o`zbek xalqi madaniy boyliklarining «yo`qolib ketishi»ning oldini olish bahonasidatashib ketish siyosatini «asoslash»;

      • mamlakatimiz madaniy-tarixiy boyliklarini tashib kstish orqali xalqimizning o`zligini anglash jarayonini pasaytirish va asta-sekinlik bilan uni mutlaqo tugatish, xalq tarixiy xogirasini o`chirish, manqurtlik sifatlarini kuchaytirish.

Albatta, bunday siyosat nihoyatda uzoqni ko`zlab amalga oshirildi. Uzbsk xalqining tarixini «o`rganish», o`lka madaniy boyliklarini «saqlab qolish» uchun turli tarixiy, etnografik, arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etila boshlandi. Umuman, masalaga milliy manfaatlar asosida va xolisona ravishda munosabatda bo`linsa sovet hukumatni bunday siyosatni chuqur o`rgangan halqda amalga oshirganligini ko`rish mumkin.
SHu o`rinda ayrim muammolarni e`tiborga olish maqsadga muvofiq, bo`lardi: havaskor arxeolog J.Kastan`e Turkistonda juda katta miqdordagi madaniy boyliklarni to`iladi. Bu boyliklarning katta qismi Ermitajga, 500 ta buyum Turkiston muzeyiga topshirilgan. J.Kastan`s o`zi to`plagan kagga mistdordagi madaniy boyliklarning eng katta va eng qimmatbaho, sara qismini Parijga olib ketgan.
Moskva va Peterburg muzeylarini to`ldirish ishlari ayniqsa jadal olib borildi. Jumladan, sobiq SSSR Faga qarashli Antrologaya va etnografiya muzeyini Markaziy Osiyo, xususan, Uzbekiston, o`zbek xalqi madaniy boyliklari hisobiga to`ldirishga alohida e`tibor berildi. 1924 yilda muzeyga 514 xildagi noyob yodgorliklar, 1927 yilda 203 buyumdan iborat o`zbek xalqi hayot tarziga oid etnografiya yodgorliklari tashib kstildi. Keyinchalik etnograf A.K. Pistarchuk tomonidan Fargona va Toshkent madaniy hayotiga oid 300 ga yaqin nodir buyumlar olib ketildi.
Petsrburgdagi «SSSR xalklari etnografiyasi» muzeyiga esa, O`zbekistonda dadil ishlagan
S.M. Dudin tomonidan 8 yil davomida 4000 dan ortiq osori atiqalar «tortiq qilindi». Moskvadagi SHarq madaniyati muzeyi xam 1918 yilda Markaziy Osiyodan olib ketilgan yodgorliklar asosida tuzilgan. Bu muzey fondi doimiy ravishda to`ldirib turildi va 1000 dan ortiq eksponatlarga ega bo`lib, ko`pi zargarlik buyumlaridan iborat edi. Moskvadagi Tarix davlat muzeyi ham Markaziy Osiyodan keltirilgan mingga yaqin eksponatlarga ega.
Xo`sh, biz nima uchun mustamlakachilik davrida yurtimizdan zo`ravonlarcha tashib kstilgan bunday tarixiy madaniy boyliklar tavsifiga alohida e`tibor qaratdik? Buning sababi
shundaki, hozirgi yoshlarimiz Vatan va millat tarixini, yurtimizning jahon sivilizatsiyasiga qo`shgan hissasini bilmas ekan, UZ tarixiy xotirasini tiklay olmas ekan, bularning bari, shubhasiz, milliy rivojlanishimizga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. YOshlarimiz o`z tarixiy xotirasini tiklar ekan, bunda boy tariximiz, milliy-madaniy qadriyatlarimizga suyanar ekan, bunday yoshlar tom ma`noda millat suyanchig`i, kelajak garovi sifatida maydonga chiqishi mumkin.
Biz milliy tariximizni o`rganishni, ayni paytda, umum bashariy qadriyatlarni hurmat qilishni o`z oldimizga katga vazifa sifatida qo`yganmiz. Bular, shubhasiz, milliy mustaqilligimizning g`oyaviy siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma`rifiy asoslarini mustahkamlaydi. Bu haqla ko`p gapirilmoqda.
Ayni paytda mustaqillik biz uchun buyuk ne`mat, muqaddas tuyg`u ekanligini ham bilamiz. SHu o`rinda ayrim fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning mustaqillik buyuk fenomenal xodisa ekanligini chuqur anglab eta olmayotgakliklarini ham kuzatishimiz mumkin. Istiklol yo`li ravon, tekis bo`lmaganligi, unga erishish uchun qancha qonlar la jonlardan kechganligimizni hozirgi yoshlarimizning barchasi ham bilarmikin?
Afsuski, barcha eshlarimiz ham mustaqillikka erishishning og`ir yo`llari haqida chuqur bilimga ega emas. SHu ma`noda sovet davrida olib borilgan milliyozodlik, istiklol uchun qurashlar haqida ikki ogiz fikrlashish maqsadga muvofiqdir.
Ma`lumki, sobiq sovet daplati o`rnatilgandan so`ng asosiy e`tibor kommunistik partiyaning nufuzini oshirishga qaratildi. Buning uchun esa, o`zbek xalqining milliy o`zligini anglash jarayonini to`xtatish lozim edi. SHu asnoda turli siyosiy o`yin va nayranglar o`ylab topildi. Jumladan, «bosmachilik» qarakati, «madaniy inqilob», qishloq xo`jaligini
«ommaviylashtirish», sanoatni «industrlashtirish» kabi sun`iy harakatlar, ilmiy jihatdan asoslanmagan jarayonlarga yo`l berildi.
Bunday xato xatgiharakatga qarshi chiqkan har qanday inson, toifa hukmron siyosiy kuchning dushmani, demakki, «xalq dushmani», deb e`lon qilindi. Bu jarayon O`zbekistonning sovet hokimiyati davridagi barcha bosqichlarida mavjud bo`lgan bo`lsada, ayniqsa, o`tgan asrning 2030 yillarida juda avj oldi. Qatagop siyosati aslida tobora oshib borayotgan xalq ma`naviyati, ma`rifatiga qarshi kurash, milliy o`zlikni anglashni to`xtatish, xalq tarixiy xotirasini o`chirishdan boshqa narsa emasdi. Jumladan, XX asrning 20yillari o`rtalari va 30yillar mobaynida O`zbekistonda 40 mingdan ortiq dehqon xo`jaligi «quloq» qilinib, ulardan 31,7 ming qatag`on» qilingan edi.
YOshlarimiz mustaqillikning qadrini yanada yorqinroq bilishi va tasavvur etishlari uchun o`sha davrda mavjud bo`lgan ommaviy qatag`onlar sababini anglab etishlari lozim. Qolaversa, mustamlakachilar o`z siyosatlarini xaspo`shlash uchun turli siyosiy o`yinlarni o`ylab topdilar.
Masalan, 1937-1938 yillarda markaziy hukumatning jazo organlari va uning
respublikadagi «nazoratchilari» O`zbekistonda yirik aksilinqilobiy tuzilmalarni «fosh etdilar» va
«tugatdilar». Bular quyidagilardan iborat edi: respublikya rahbarlari Akmal Ikromov va Fayzulla Xo`jaev boshchiligidagi «Burjua millatchilik aksilin qilobiy tashkiloti markazi», Abdurauf Qoriev rahbarligidagi «Musulmon ruhoniylarining millatchiisyonchilar tashkiloti», «Aksilin qilobiy o`ng trostkiychi josuslar tashkiloti markazi», S. Xo`janov boshchiligidagi «Aksilin qilobiy millatchi qozoqlar tashkiloti», «Buxoro va Turkiston baxtsaodati» nomli sovetlarga qarshi aksilin qilobiy tashkilot, respublika komsomoli MQ kotibi I. Ortiqov rahbarligida
«YOshlarning aksilinqilobiy burjuamillatchilik tashkiloti», «Uyg`urlarning aksilin qilobiy josuslikisyonchilik tashkiloti» va boshqalar.
YOshlarimiz shu narsalarni aniqravshan bilib olishlari lozimki, qatag`on yillari siyosati, eng avvalo, o`zbek xalqinyng ziyolilari - o`qituvchilari, olimlari, madaniyat va san`at arboblariga qarshi qaratilgan edi. Buning o`z sabablari mavjud edi, zero, ziyolilar millatni uyg`otish, tarbiyalash. milliy o`zlikni anglash, jamiyat a`zolarida tarixiy xotirani tiklashda asosiy rol o`ynardilar. SHuning uchun ham qatag`on yillarida millat manfaatini, ozodlik, hurlikni tarannum etgan har qanday shaxsga nisbatan turli bo`htonlar uyushtirilar va ular yo`q qilib yuborilar edi.
«Qosimovchilik», «O`n sakkizlar guruhi», «Inog`omovchilik» kabi uydirmalar aynan o`sha maqsadlarda tashkil etilgan edi.
Ular odatda «xalq dushmanlari», deb nomlanganlar. SHu o`rinda ayrim misollar keltirish yoshlarimizning ongini yanada rivojlantiradi, deb o`ylaymiz: 1931 yilda Samarqand shahridagi Pedagogika akademiyasiga direktor etib tayinlangan Q.Abdullaev ushbu oliy o`quv yurtini universitetga aylantirish haqidagi o`z taklifi bilan yuqori idoralarga murojaat qiladi. Universitetda o`quv va ilmiy ishlarni o`zbek tilida olib borish, o`qitish jarayonida mahalliy xalqning ajdodlari merosidan foydalanish, oliy ta`lim muassasalarida dars berayotgan mahalliy millat vakillariga ilmiy unvonlar berish yo`lida jonbozlik ko`rsatadi. Ammo, uning sa`y harakatlari mavjud tuzum tomonidan qo`llab-quvvatlanmadi va bu harakatlarga yo`l berilmadi.
O`zbekistonning tarixchi olimi B. Soliev ham Vatan, millat tarixini o`rganishga, tarix fanining rivojlanishiga munosib hissa qo`shgan olimlardan hisoblangan. «O`rta Osiyo tarixi»,
«Buxoro tarixi», «Mang`itlar saltanati davrida Buxoro o`lkasi», «O`zbekiston tarixi XV-XIX asrning yarmi» kabi asarlar, ko`plab ilmiy maqolalar muallifi bo`lgan B. Solievning xalqning milliy o`zligini anglash, tarixiy xotirani tiklash yo`lidagi bu harakatlari uni «xalq dushmani» deb atashga asos bo`ldi. U qatag`on qurboni bo`ldi.
O`sha yillarda oliy o`quv yurtlari talabalarining «siyosiy tozaligi»ni tekshiruvchi «Oliy o`quv yurtlarini tozalash bo`yicha maxsus markaziy komissiya» faoliyat ko`rsatgan. Har bir oliy o`quv yurtida mazkur komissiyaning bo`limlari kelib chiqishi mehnatkash bo`lmagan, mulkdor sinfga taalluqli bo`lgan talabalarni «fosh» qilish va ularni institut, universitetlardan chetlashtirish
kabi vazifalarni bajarganlar. Xuddi shunday holat ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kuzatilgan. «Guruhbozlik»ni fosh etish, «xalq dushmanlarini» topish, ularni jazolash sovet mustabid tuzumining asl mohiyatini tashkil etardi.
Ziyolilarni qatag`on va qatl etish millatning o`zligini anglash jarayonini yo`q qilishga qaratilgandi. 1936 yilning oxiridan 1940 yilgacha respublika bo`yicha 5758 nafar ziyoli- yozuvchi, olimlar, rahbarlar, madaniyat, san`at arboblari qamoqqa olindi. Ularning 4811 nafari otib tashlandi2. 1937-1939 yillarda jami 41 ming kishi qamaldi. Ularning 37 ming nafari jazolandi, 6920 nafari otildi.
Mamlakatimizning uzoq va yaqin tarixiga nazar tashlar ekanmiz, mustaqillik, ozodlik va erk tushunchalari xalqimiz uchun doimo eng muqaddas tuyg`ular bo`lganligini ko`rishimiz mumkin. Tom ma`noda mustaqillik uchun kurash I.Karimovning respublikaning birinchi rahbari etib saylanganidan so`ng boshlanganligini ham unutmaslik lozim.
SHu o`rinda o`tgan asrning 80 yillari oxiri, 90 yillari boshidagi taxlikali davrlarni esga olish yoshlarimizning mustaqillik g`oyalarini yanada chuqurroq o`zlashtirishiga imkon beradi, deb o`ylaymiz. Yurtboshimiz I.A. Karimovning o`sha davrdagi sobiq markaz oldida dadil harakatlar olib borishi, mamlakatimiz va xalqimiz milliy manfaatlariga ustuvor ahamiyat berishi, ilmiy asoslangan reja asosida istiqlol sari jadal qadam tashlashi o`z natijalarini berdi. Bunda uch jihatga alohida ahamiyat berishimiz, yoshlarimiz bularni chuqur o`rganishi lozimligini qayd etish maqsadga muvofiqstir:

  1. 1989 yil 21 oktyabrda «O`zbek tili»ga davlat tili maqomining berilishi;

  2. O`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasida SSSR doirasida birinchi bo`lib, O`zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining ta`sis etilishi va bunga asosan 1990 yil 24 martda I. Karimovning O`zbekiston SSRning birinchi Prezidenti etib saylanishi;

  3. 1990 yil 20 iyunda Respublika Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik Deklarastiyasining qabul qilinishi.

Ta`kidlash lozimki, bular O`zbekistonning mustaqillik sari tashlagan salobatli va zafarli qadamlari edi. Ushbu tarixiy haqiqatni anglash, shubhasiz, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tarixiy xotirasini tiklashda muhim o`rin egallaydi. YOshlarimiz mustaqillik o`zbek xalqi uchun kurashlar tarixi ekanligini anglar, uni qo`lga kiritish xalqimizning asriy orzusi bo`lganligini chuqur his etar ekan, shundagina mustaqillikning tom ma`nodagi qadrqimmati, nufuzini tushunib etishlari mumkin.
Qolaversa, xalq, ayniqsa, yoshlar tarixiy xotirasi millat ma`naviyatining asosiy bo`g`inlaridan biri hisoblanadi. Tarixiy xotirasi bo`sh xalq – kelajagi mavhum xalq. Tarixiy xotira va milliy ma`naviyat uyg`unligi kelajakni belgilab beruvchi, xalqni uyushtiruvchi, yagona
maqsad ostida birlashtiruvchi kuchdir.
Millatimiz uzoq mustamlakachilik davrida og`ir qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Bizni turli baloyu qazolardan saqlab qolgan, yangi ezgu maqsadlar sari etaklagan tuyg`u – tarixiy xotiradir. Biz o`z tariximizni o`rganishimiz, yutuqlardan faxrlanishimiz, yo`l qo`ygan xatolarimizni takrorlamasligimiz uchun ham tarixiy xotira zarur.
«O`tgan davr mobaynida, - deydi YUrtboshimiz, - eski tuzumdan og`ir meros bo`lib qolgan ana shunday illatlarga, el-yurtimizga nisbatan kamsitish va milliy manfaatlarimizni mensimaslik holatlariga barham berish, ko`hna qadriyatlarimiz, dinu diyonatimizni tiklash, hayotimizda tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi jamiyat qurish yo`lida xalqimizning ma`naviy yuksalishini o`z oldimizga qo`ygan olijanob maqsadlarga etishda hal qiluvchi mezon deb qarash va shu asosda ish olib borish biz uchun doimo ustuvor vazifa bo`lib kelganini va bugun ham e`tiborimiz markazida turganini ta`kidlash lozim».

Download 114.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 114.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yoshlar ma`naviyatini shakllantirishda tarixiy xotiraning roli

Download 114.78 Kb.