Mustaqillik yillarida yoshlar ruhiyatidagi umumiylik va xususiylik




Download 114.78 Kb.
bet6/11
Sana13.06.2022
Hajmi114.78 Kb.
#23545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BARKAMOL AVLODNI MILLIY ISTIQLOL G\'OYASI VA MAFKURASI RUHIDA TARBIYALASH.......3

Mustaqillik yillarida yoshlar ruhiyatidagi umumiylik va xususiylik


Yoshlar jamiyatning ijtimoiy tarkibida nisbatan mustaqil tuzilma bo`lib, umuman ijtimoiy tizimga xos qonuniyatlar unda muqarrar aksini topadi. Shu bois yoshlar ijtimoiy guruhlarining hayot faoliyati xususiyatlarining tadqiqi ularning ahvolini, rolini va faoliyat turlarini jamiyat dinamizmi, o`z navbatida yoshlarga va ularning psixologiyasiga ko`p jihatdan ta`sir qo`rsatishini hisobga olgan holda belgilaydigan ijtimoiy-iqtisodiy holatga doimo mos kelishi darkor.
Falsafiy yondashuv yoshlarning turli guruhlari ijtimoiy mansublik, mehnat xarakteri, yoshi, qiziqishlari va shu kabilar bilan bog`liq bo`lgan o`z psixologik xususiyatlariga ega ekanliklarini hisobga olishni talab qiladi.
Bizningcha, yoshlarni o`quvchi yoshlar; ishchi yoshlar; qishloq yoshlari; ijodkor yoshlar singari asosiy kichik guruxlarga bo`lish mumkin.
O`quvchi yoshlar o`zining ijtimoiy mexnat taqsimoti tizimidagi o`rni, mashg`ulot turi hamda mehnat xarakteriga qo`ra o`ziga xos turmush ukladiga ega bo`lgan, yuqori sinflar o`quvchilari, Kasb-hunar texnika kollejlari, o`rta maxsus o`quv yurtlari o`quvchilari, oliy o`quv yurtlari talabalaridan iborat bo`lgan yoshlarning alohida ijtimoiy guruhini tashkil qiladi. Ularning jamiyatdagi ahvoli hamda ijtimoiy-iqtisodiy roli ancha keng. O`quvchi yoshlar psixologiyasiga, eng avvalo, bilimga intilish, hayotda o`z o`rnini topishga imkon beradigan muayyan ixtisosni, kasbni egallash xosdir.
Yoshlarda xo`jalik mustaqilligi, tadbirkorlik va tashabbuskorlikning barqaror stereotiplarini, o`z imkoniyatlari hamda qobiliyatlariga tayanish xissini rivojlantirish bilan
tavsiflanadigan hozirgi sharoitda o`z kasbkorini o`zi belgilashning ahamiyati ortib boradi, chunki u kishining shaxsiy hayotiga ta`sir qilibgina qolmay, balki turli ijtimoiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa ijtimoiy oqibatlarni ham keltirib chiqaradi.
Kasb-hunar yo`nalishi bo`lajak ixtisosni tanlashni, mehnat faoliyatining xususiyati hamda uning mehnat taqsimoti tizimidagi o`rni haqidagi tasavvurni, yangi ijtimoiy maqom kasb etishni, psixologiyaning, turmush tarzining o`zgarishini, yangi huquq hamda majburiyatlarning paydo bo`lishini o`z ichiga oladi.
Yoshlarning kasbkorini o`zi belgilashi muammosini tahlil qilish natijasida uning ijtimoiy va psixologik jihatdan ancha murakkabligi, bu jarayonning ilk o`spirinlikdan boshlanib, bir necha yil davom etadigan ko`p bosqichli xarakteri aniqlanadi.
Kasb yo`nalishi tor ishlab chiqarish xususiyatigagina emas, balki birmuncha keng ijtimoiy hamda axloqiy psixologik mazmunga ham ega, ya`ni har kim, birinchi navbatda, o`z salomatligidan, tabiiy va orttirilgan intellekt elementlaridan, qobiliyatidan, imkoniyatidan, mayllaridan hamda hayotiy maqsadlaridan kelib chiqib kasb tanlamog`i darkor. O`quv jarayoni yoshlarda psixologik, axloqiy va kasbkor bilan bog`liq fazilatlarni tarbiyalashning asosiy bo`g`inidir.
Mavjud ta`lim tizimi tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlarning asosiy elementlarini ijodiy egallash uchun katta imkoniyatlarga ega. Hozirgi sharoitda ta`lim va tarbiya sifatini oshirish uchun bir qator yirik ilmiy-metodik muammolarni hal qilish: o`quv jarayoniga o`qitishning zamonaviy texnika vositalarini hamda texnologiyalarini joriy etish zarur. Xizmat ko`rsatgan o`qituvchi I.S. Plujnikov: «O`quvchilarni faqat qiziqish hamda hayratlanishgina bironbir masala ustida o`ylashga majbur etishiga ishonchim komil. Aql-idrok bilan birga his-tuyg`u ham ijodiy faollikni yuzaga keltirib ishlagandagina tushunish sodir bo`ladi», deb yozgan edi.
Yoshlar ta`limi va tarbiyasida, ularda ijtimoiy psixologiyani shakllantirishda o`qituvchining shaxsiy fazilatlari, nazariy, metodik tayyorgarligi hamda axloqiy qiyofasi birinchi darajali ahamiyatga ega. O`qituvchi - ijodkor, yuksak madaniyatli, g`amxo`r, e`tiborli va boshqalarga nisbatan mehribon, lekin g`oyaviy bahslarda murosasiz ziyoli kishi. U eng yangi ilm-fan, san`at, ijtimoiy hayot yutuqlaridan hamma vaqt boxabar, o`z bilimini oshirishga doimo intiladi, chunki o`qituvchi o`qib turar ekan, o`qituvchiligicha qoladi. Maktab o`quvchilari va talabalar g`oyaviy va axloqiy prinstipiallikni, o`z xalqiga, uning ideallariga sadoqatni uning shaxsiy namunasi asosida o`rganishlari darkor.
Jamiyatni isloh qilishning hozirga sharoitida yoshlarning bir hovuch faktlarni o`zlashtirishiga ishonib bo`lmaydi. Ularga o`z bilimlarini mustaqil to`ldira bilishni, o`z hayotini baholashni, hal qilishni va yo`lga qo`yishni, benihoya ko`p axborot oqimida mo`ljala ola bilishni, ongida professionalizm va bilimdonlikni mustahkamlashni, o`z tafakkuri asoslarini
shakllantirishni o`rgatish muhim.
«Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta`limi va tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak, - deb ta`kiddaydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. - Shu joyda yana bir og`ir savolga duch kelamiz: bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Umuman, maktablarda bolalar mustaqil fikr yuritishga o`rgatiladimi? Aminmanki, o`rgatilmaydi». I.A.Karimov davom ettirib, ta`kidlaydiki: «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta`lim samarasi past bo`lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o`z yo`liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir».
Hozirgi ilmiy-texnika revolyustiyasi, turli tuman axborot manbalari mavjudligi sharoitida mustaqil ishlash to`plangan bilimlarni o`zlashtirishning muhim shakli sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Murakkab ijtimoiy hodisalarni tushunishda mustaqil yondashuv o`ta muxim ahamiyatga ega bo`ladi.
Ta`lim o`qitilayotganlarga bilim beribgina qolmay, balki ularni ilmiy fikrlashga, tafakkurini rivojlantirishga o`rgatishi, ijodkorlikka intilishni yuzaga keltirishi, ularning bilish faoliyatini faollashtirishi ham lozim.
O`quv jarayoni bo`lajak mutaxassis shakllanishining markaziy bo`g`ini hisoblanadi, lekin u yolg’iz bo`gin emas. U darsdan tashqari vaqtdaga maktablar, kollejlar, oliy o`quv yurtlarining butun hayotini qamrab oladigan turlituman g’oyaviy - tarbiyaviy ishlar bilan to`ldiriladi.
Talabalar ziyolilar safini to`ldiruvchi asosiy kanal hisoblanadi. Shu bois ular sonining o`zgarishi dinamikasini, talabalar tarkibidagi turli ijtimoiy-kasbiy guruxlarning nisbatini, maxsus va ijtimoiy-axloqiy tayyorgarlik sifatini aniqlash muhim ahamiyatga ega, chunki ular ilmiy- texnikaviy rivojlanish, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot sur`atlari bilan bevosita bog`liq.
Ijtimoiy psixologiyani va ijtimoiy ongni shakllantirish - murakkab va notekis jarayon. U barcha ijtimoiy hodisalarni ularning kundalik hayot sharoitiga, his-tuyg`ularga hamda kayfiyatlariga ta`siri orqali tahlil qilishni talab etadi. Shuning uchun psixik hodisalar voqelikni aks ettirgani holda, inson xatti-harakatining boshqaruvchisi bo`lib xizmat qilishidek fundamental fakt ob`ektiv psixologik bilishning chinakam asosi bo`lib chiqadi.
Psixik hodisalar bilan insonning zohiriy namoyon bo`lishini birlashtiruvchi aloqa ayni shundan iborat. Ularni ob`ektiv ilmiy tushunish metodi - psixik hodisalarni insonning ushbu psixik hodisalar bilan boshqariladigan xatti-harakatlari orqali bilish shunga asoslanadi.
Talabalar muhitida kundalik muloqot bo`lib turgan sharoitda shaxsning ijtimoiy va psixologik xususiyatlari birmuncha shakllanadi. Shuning uchun ham tarbiyaviy ishda talabalar muxitida tarkib topadigan, pedagoglar bilan talabalar o`rtasida, talabalarning jamoat, madaniy va ilmiy ishlarida ro`yobga chiqadigan mikro muhitga ta`sir ko`rsatish muhim hisoblanadi.
I.A.Karimov ta`kidlaganidek, jamiyatni isloh qilish vazifalarini bajarish «eskicha fikrlash yukidan xoli bo`lgan yangi xodimlar tayyorlashning yagona tizimini yaratishni taqozo etadi. Ta`lim berishning, ma`naviy, axloqiy va kasb malakasi bo`yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o`quv dasturlari yaratilishi darkor».
Bugungi kunda mamlakatimizda xalq ta`limini tubdan isloh qilish jarayoni bormoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichma bosqich bajarilmoqda va barcha darajadagi o`quv yurtlarining faoliyati tubdan qayta qurilmoqda. Barcha viloyatlarda ilmiy va o`quv dargohlari ochilib, ular istiqbolda ilm markaziga aylanishi mumkin. Yoshlarda mutlaqo yangicha yo`nalishlar, jumladan, jahon iqtisodiyoti va diplomatiya, xalqaro jurnalistika va iqtisodiyot, bozor munosabatlari hamda bilimning boshqa yo`nalishlari bo`yicha tayyorgarlik ko`rish imkoniyati yuzaga keldi.
Bozor munosabatlari kadrlarga nisbatan qattiq talablar qo`ygani bois respublika oliy o`quv yurtlariga tanlov qoidasi ham o`zgartirildi. Respublika oliy o`quv yurtlariga kirishda abiturientlar test sinovlaridan o`tishadi. Iste`dodli yoshlar, «Umid» jamg`armasi grantini olganlar tanlov asosida jahondagi nufuzli o`quv maskanlariga jo`natiladilar.
Ishchi yoshlar mehnat xarakteridan, qiziqishlaridan, rag`batlaridan, qadriyat yo`nalishidan kelib chiqadigan o`ziga xos psixologik hususiyatlarga ega bo`lishadi. Ishchi yoshlarni tayyorlash muammosining dolzarbligi hamda keskinligi jamiyatning bugungi bosqichda muhim bo`lgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi; bu - O`zbekistonning davlat mustaqilligi sharoitida jahon iqtisodiyotiga integrastiyalashayotgan yuqori darajada rivojlangan sanoat hamda qishloq xo`jaligini qaror toptirish jarayonini uzil-kesil yakunlashdan iborat. Ishchilar shaxsi katta-kichik ijtimoiy guruhlar ta`sirida shakllanadi.
Yoshlarni ishlab chiqarishga jalb etish ularning hayotidagi juda muhim bosqichda sodir bo`ladi. Bu bosqichda ularning xarakteri, dunyoqarashi muayyanlik hamda barqarorlik kasb etgan holda faol shakllanadi, o`zligini anglashi rivojlanadi, axloqiy e`tiqodlari sinovdan o`tadi, estetik didi va turmush tarzi aniqlashadi.
Bularning natijasida tarbiya doirasi kengayadi, shaxsning psixologik va ijtimoiy rivojlanishining barcha jihatlarini e`tiborga olish talab etiladi. Bunda an`anaviy tarbiya institutlari yoniga yangilari qo`shilayotganini ham nazarda tutish darkor. Ularning orasida maktab jamoasidan farqli ravishda hayotiy tajribasi, axloq, an`ana to`g`risidagi tasavvurlari har xil bo`lgan turli yoshdagi kishilarni birlashtiradigan ishlab chiqarish jamoasining roli alohida. Bu jamoa shaxsning ishlab chiqarishdan targ’ib, madaniy-maishiy sohalargacha bo`lgan qadriyat yo`nalishlarining butun majmuini faol shakllantiradi.
Biroq ishlab chiqarish jamoasi ta`sirining natijasi doim ham ijobiy bo`lavermaydi. Ba`zida bu jamoa salbiy ta`sir ham ko`rsatadi va agar yosh ishchining ahloqiy hamda fuqarolik
pozistiyalari mustahkam bo`lsa, u bunday munosabatga qarshi tura olishi mumkin.
Yoshlarning mulkchilikning xilma-xilligiga va bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy psixologiyasining shakllanishida rangbarang tayyor mahsulot ishlab chiqarayotgan qo`shma korxonalar muxim rol` o`ynayotganini amaliyot ko`rsatmoqda.
Bunday korxonalar ilg`or texnologiyalarga ega bo`lish imkoniyatini yaratibgina qolmay,
I.A. Karimov ta`kidlaganidek, «har qanday xorijiy yuqori malakali ishchi yoki mutaxassis bilan raqobat qila olishga qobil», yaxshi tayyorgarlik ko`rgan mutaxassislarni tayyorlash imkonini ham beradi.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga o`tilishi natijasida yoshlarning mehnat va ijodiy qobiliyatlari namoyon bo`lishi uchun zarur sharoit yaratiladi. Bozor ishlab chiqaruvchining monopoliyasini tugatib, yoshlarning ulkan ijodiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta`minlashi mumkin.
Yoshlarda xususiy, akstiyadorlik, xolding kompaniyalari va hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aholiga xizmat ko`rsatish sohasi bilan bog`liq boshqa kompaniyalar ochish istiqboli paydo bo`ldi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`lish, o`z ishini boshlash, o`zining bo`sh vaqti, dam olishi, oziqlanishi bilan bog`liq ehtiyojlarini qondirish uchun ortiqcha mablag`ga ega bo`la olish singari yangi psixologik omillar shakllanadi.
Qishloq yoshlarining ijtimoiy psixologiyasi ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bu juda shartli tushuncha bo`lib, unda qishloq aholisiga mansubligagina umumiy alomatlarigina qayd etiladi, uning mehnat sharoiti hamda turmush tarzi xususiyatlari ta`kidlanadi.
Qishloq yoshlari ham, garchi qishloq xo`jalik mehnatining bozor iqtisodiyotiga o`tilayotgan hamda mulkchilikning ko`plab shakllari qaror topayotgan sharoitda yangicha xususiyatlar kasb etadigan traktorchi, agronom, hosilot, veterinar, mexanik, sut sog`uvchi singari va boshqa kasblar bilan bog`liq xususiyatlari bilan farklansada, shahar yoshlari singari tabaqalashgandir. Fikrimizcha, qishloq yoshlarining ehtiyojlari, qiziqishlari, ideallari bir biri bilan shu qadar bog`liqki, ularni birlikda ko`rib chiqishga to`g`ri keladi.
Ayni mahalda bu hodisalar, dehqonlarning ijgimoiy psixologik yo`nalishini tavsiflagani holda, ushbu ijtimoiy guruhning ijtimoiy psixologiyasi tizimida asosiy bo`g`in hisoblansada, mazmunan xar xildir.
Adabiyotlarda ta`kidlanganidek, «ma`naviyatning o`zak tushunchalarini shakllantirishni tabiiylik sharoitlari bilan uzviy bog`liq bo`lgan moddiy ishlab chiqarish xususiyatlari taqozo etadi». Ehtiyojlar manfaatlar negizida yotishi shubhasiz. Ehtiyojlar hamda manfaatlar esa ideallar bilan bog`liq. Biroq bu to`gridan to`g`ri bo`lmay, dialektik o`zaro bog`liqlidir. Binobarin, qishloq yoshlari hayotining ma`lum davrlarida har xil ehtiyojlar ularning manfaatlari
hamda ideallarini shakllantiradi.
Hozirgi paytda qishloq yoshlarining moddiy ehtiyojlari yuqori darajada barqaror qondirilmayapti. Bu esa ma`naviy manfaatlar hamda ideallar inqiroziga olib kelmoqda. Demak, dehqonlar ijtimoiy psixologiyasi tarkibini, ehtiyojlar, manfaatlar hamda ideallarni dialektik birlikda ko`rib chiqish taqozo etiladi.
Afsuski, bu kategoriyalar ko`pincha ideallari iqtisodiy, yo intellektual sohalarga, ko`p hollarda ijtimoiy fikrga ham taalluqli bo`lgan turli darajadagi modellarda ko`rib chiqiladi.
Nazarimizda, ehtiyojlar ham, manfaatlar ham, ideallar ham ijtimoiy psixologiyaning poydevori, uning keyinchalik biron bir ijtimoiy birlikning yo`nalishini ko`p jihatdan tavsiflab, guruxdar, sinflar, millatning boshqa barcha psixologik tuzilmalarida biron bir tarzda namoyon bo`ladigan juda muhim tuzilmalari sifatida qaralishi lozim. Qishloq aholisi yoshlari tarkibidagi o`zga ishlar shu asosda ro`y beradi. Yoshlarning qishloq joylardan ketib qolishi muhim muammo, chunki dehqonlar jamiyatda shunday jiddiy iqtisodiy va siyosiy kuchga aylanib borishmoqdaki, ularning bevosita ishtirokisiz davlatimiz mustaqilligini va iqtisodiy suverenitetini mustahkamlab bo`lmaydi.
Qishloq muammosini hal qilishdagi muhim qadam paxta yakkahokimligini tugatishdan iborat. Paxta yakka hokimligi doimo O`zbekiston ishlab chiqarish negizining asosini tashkil qilib kelgan ekinlarni to`liq siqib chiqardi. Shu bois tabiiylik nuqtai nazaridan qulay mintaqada eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari aholi ehtiyojlarini qondirolmasdi.
Paxta yakka hokimligini tugatish natijasida respublikada donli ekinlarni, sabzavot poliz, yem-xashak ekinlarini etishtirish, oziq-ovqat muammosini birmuncha hal qilish uchun sug`orma er maydonini ko`paytirish imkoni yaratdi. «Davlat respublikaning donga, qand-shakar va boshqa qimmatli mahsulotga bo`lgan talab katta ehtiyojini hisobga olib, ularni etishtirish hajmlarini oshirishni, shunday ekin maydonlarini kengaytirishni har tomonlama rag`batlantirib boraveradi»,
- degandi I.A. Karimov.
Bu o`z navbatida, respublikaning oziq-ovqat mahsulotlari bilan o`zini o`zi ta`minlashida ko`mak bo`ladi. Hozirgi paytda qishloq xo`jaligida amalga oshirilayotgan islohot respublikaning iqtisodiy yangilanishida juda muhimdir.
Bozorga o`tishning murakkab davrida aynan agrar sektorga alohida e`tibor qaratish lozim bo`ladi, chunki u shahar va qishloq aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning esa qishloq xo`jalik xomashyosiga bo`lgan ehtiyojini qondirishda eng katta salohiyatga egadir.
Hisob kitoblarga qaraganda, O`zbekiston Respublikasi qishloqlarida mehnatga yaroqli 6,5 mln. kishi istiqomat qiladi. Er maydoni ekstensiv ravishda o`zlashtirilayotgan bir sharoitda buncha miqstordagi qishloq aholisini ish bilan ta`minlashning imkoni yo`q.
Qishloq xo`jaligiga yuqori samarador industrial metodlar, ilg`or mexanizastiya va
agronomiya juda sekin joriy etilayotgani buning sabablaridan biridir. Mehnat unumdorligi va ekin hosildorligining pastligi shuning oqibatidir. «Shuning uchun ham, - deydi I.A.Karimov, hozirda qishloq xo`jaligida band bo`lgan ortiqcha mehnat qiluvchilarni sanoatga, xizmat ko`rsatish sohasiga jalb qilish agrar siyosatimizning g`oyat muxim yo`nalishidir».
Qishloqda asosan zamonaviy texnologiyalarga ega kichik korxonalarni ochish xisobiga yangi ish o`rinlarini yaratish bilan bog`liq vazifa ustuvor hisoblanadi. Bunday korxonalarda qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlabgina qolmay, xalq hunarmandchiligini, kosib hunarmandchilik ustaxonalarini rivojlantirish, kasanachilikning turli shakllaridan va shu kabilardan keng foydalanish ham mumkin. Bular yoshlar psixologiyasi rivojlanishining barcha jihatlariga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Bu juda murakkab vazifa, chunki qishloqda tubdan yangi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yaratish, kommunikastiya o`tkazish, zamonaviy maishiy xizmatni va boshqa servis turlarini yo`lga qo`yish zarur. Bu tizim hozircha mavjud emas. Respublika xalq xo`jaligida band aholining 8 foizigina maishiy xizmat tizimida ishlamoqda. Erga sohiblarcha, avaylab munosabatda bo`lish tomon yuz burish agrar siyosatdagi eng muhim yo`nalishdir.
Qishloq yoshlarining hozirgi avlodiga xos xususiyatlardan biri shuki, ularning bilim darajasi, garchi shahar yoshlarinikiga qaraganda birmuncha pastroq bo`lsa ham, doimiy ravishda oshib bormoqda.
Bizningcha, shahar va qishloq aholisi bilim darajasi o`rtasidagi farq asosan katta yoshlilar hisobiga saklanib kelmokda. Katta yoshlar o`rnini yangi avlod egallagani sari yaqin o`n yillar ichida bilim darajasidagi tafovut asosan tugatiladi yoki kamayadi, deb taxmin qilish mumkin. Prognoz bundan yaxshiroq ham bo`lishi mumkin, chunki shahar va qishloq yoshlarining kelgusi avlodlari bilim darajasidagi farq yanada kamayadi.
Qishloq yoshlari hayotiy rejalarini o`rganish ularda o`zaro bog`liq ikki maqsad: ta`limni davom ettirishga intilish va ixtisos egallash istagi etakchi o`rinda turishini ko`rsatdi. Aynan shu ikki maqsad yoshlarning boshqa pozistiyalariga - mehnatga munosabati, malakali ishni afzal ko`rishi, o`z ahvolidan qoniqish darajasi, shaharga ko`chishi, madaniy talab ehtiyojlariga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Binobarin, bilim darajasi – yoshlar ma`naviy qiyofasining shaxs qadriyat yo`nalishining barcha jihatlariga ta`sir ko`rsatuvchi asosiy element, deb hisoblash mumkin.
Bu, ayniqsa, 16-22 yoshli qishloq yoshlariga jiddiy ta`sir ko`rsatadi: ta`limni davom etgirish hamda ixtisos egallash uchun qishloqni tashlab ketadiganlarning ko`pchiligi ayni shu yoshdagilardir. 23-26 yoshdagalar orasida esa bu holat birmuncha kamayadi. Qishloqni tashlab ketishga intilishni belgilab beruvchi asosiy sabablar 16-17 yoshlilar uchun – o`qish va ixtisos egallash; 18-22 yoshlilar uchun - madaniy maishiy sharoit va ish xususiyati; 22-26 yoshlilar uchun – turmushi yo`lga qo`yilmaganligi va ish haqidan qoniqmaslikdir. Bu hol shu paytga kelib
yoshlarning bir qismining oilasi, farzandlari borligi va yangi yangi tashvishlar oldingi qatorga chiqishi bilan bog`liq bo`lsa ehtimol.
26-29 yoshlilar, odatda, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida o`zining ahvolini yaxshilab olishga intiladi. Bu yoshdagilar anchagina hayotiy tajribaga, obro`-e`tiborga ega bo`lishadi, ular uchun kasbni to`liqroq egallashga intilish, halol mehnat qilish, malakani oshirish, jamoadagi, oiladagi o`zaro munosabat, farzand tarbiyasi ustun o`rin tutadi. Turli yosh guruhiga oid qishloq yoshlarining hayotiy rejalarini o`rganishga tabaqalashtirilgan yondashuv migrastiya sabablari to`g`risida ayrim xulosalar chiqarish imkonini beradi.
16-22 yoshlilarning qishloqdan ketishining asosiy sababi ta`limni davom ettirish hamda ixtisos egallash bo`lgani uchun o`quv yurtlarining hududiy jihatdan yanada bir tekis joylashuvi, fikrimizcha, migrastiya oqimini qisqartirishi mumkin. Yirik qishloqlarda, tuman markazlarida Kasb-hunar kollejlarini tashkil etish yoshlar ahvolini barqaror holga keltirish uchun qulaylik yaratadi.
Hozirgi sharoitda qishloqlarda madaniyat muassasalarini barpo qilishgina emas, balki axloqiylikni tarbiyalash, sobiq e`tiqod va odatlarni, xulq-atvor madaniyatini hosil qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo`jalik mehnati bilan band xodimlarning bo`sh vaqtini ko`paytirish shaxsni tarbiyalashda bo`sh vaqtning rolini kuchaytirishga olib keladi. Shu bilan birga qishloq yoshlarining ko`pgina qadriyat yo`nalishi mo`rtligi bilan ajralib turadi.
Qishloqda bo`sh vaqtida biron ish bilan muntazam band bo`lganlar kam. Bular qishloq yoshlarining ijtimoiy rivojlanish jarayoni kechib turgan bo`lsada, juda notekisligi bilan ajralib turishi to`g`risida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: «Butun mas`uliyatni zimmaga olgan holda shuni e`tirof etish kerakki, qishloq xo`jaligini isloh qilishga qaratilgan barcha choratadbirlarga qaramay, bu tarmoq hali hamon mamlakatimiz iqtisodiyotida joriy etilayotgan islohotlarga, bugungi hayotning o`zi taqozo etayotgan o`zgarish va talablarga amal qilish yo`lida eng og`ir soha bo`lib qolmoqda va buning asosiy sababi, avvalo, o`z umrini yashab bo`lgan eski ma`muriy buyruqbozlik tizimidan, odamlar ongida chuqur ildiz otgan o`tmish qoliplaridan qutulish jarayonining juda qiyin kechayotganida desak, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz.
Boshqacha aytganda, ko`pgina hollarda shakl o`zgarib, mohiyat, ma`no mazmun esa eskicha qolmoqda», - deb alohida ta`kidlagandi. Mehnat xarakteri, bilim darajasi aslida ijtimoiy va shaxsiy hayotning boshqa bir qator sohalaridan oldinda borishi lozim.

  1. Download 114.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 114.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillik yillarida yoshlar ruhiyatidagi umumiylik va xususiylik

Download 114.78 Kb.