“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol shaxsni shakllantirish muammosiga yangicha yondashuv




Download 114.78 Kb.
bet4/11
Sana13.06.2022
Hajmi114.78 Kb.
#23545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BARKAMOL AVLODNI MILLIY ISTIQLOL G\'OYASI VA MAFKURASI RUHIDA TARBIYALASH.......3

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol shaxsni shakllantirish muammosiga yangicha yondashuv


O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ta’limni isloh qilish, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analari,urf-odatlari hamda umubashariy qadriyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berildi. Bu jihatdan ta’lim-tarbiyaning yangi davrga va zamonga mos va xos shakl va vositalari ishlab chiqildi, amaliyotga joriy etildi. Ayniqsa, davlat va jamiyat,uzluksiz ta’lim ,fan va ishlab chiqarish kabilarning birligi,o‘zaro hamkorligi natijasida qishloq yoshlarining ma’naviyatni shakllantirishga alohida e’tibor berildi. Bu borada qishloqdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilarining ijtimoiy yetukligini shakllantirish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash , o‘z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni voyaga yetkazish masalasi asosiy o‘rinni egalladi.


Davlat siyosatida ustivor yo‘nalishlaridan biri bu qishloq maktablari bitiruvchilarining ijtimoiy yetukligini yuksaltirishga, ikkinchidan ta’limning yangi modelini, uning mazmunini takomillashtirishga, uchinchidan ,jamiyatda mustaqil fikrlovchi yetuk fuqaroni shakllantirishning nazariy va amaliy yo‘nalishlari muhim o‘rin tutadi.
Yoshlarimizga bo‘lgan munosabat kelajagimizga bo‘lgan munosabatdir. 2008 yil “Yoshlar yili”, 2009 yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilinishi qishloq yoshlarining turmush tarzini shaharliklardan kam bo‘lmasligi va qishloqda ham zamonaviy sharoitlar yaratilishi yo‘lida qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi.
2010 yil “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilindi va malakatimiz yoshlarining jismonan sog‘lom, ziyoli, madaniyatli va XX1 asrga mos kadrlar qilib tarbilash davlat siyosatida ustivor vazifa qilib belgilandi. Eng avvalo barkamollik so‘zining ma’nosini tushunib, anglab olish kerak. Davlat dasturida bu sog‘lom, barkamol avlod, ijodiy va intellektual salohiyat, har tomonlama rivojlangan shaxs, xuquqiy savodxon, sog‘lom ona – sog‘lom bola kabi muhim ma’nolar keltirilgan. Tarixan ota–bobolarimiz yoshlarga kamol topgin deb duo qilishgan. Komillikka erishish – bu murakkab jarayon. Ilm va ma’rifat orqaligina bunga erishish mumkin. Imom Buxoriy, at – Termiziy, al-Farg‘oniy kabi buyuk allomalarni komillik darajasiga erishgan shaxslar deb aytish mumkin.
Bugungi kunda yoshlardagi milliy ruhiyat, insoniy fazilatlar, ma’naviyat, jamiyatni ma’naviy yuksaltirishdagi ishtiroki albatta, ularning barkamol itnsonlar bo‘lib yetishishi uchun asos bo‘ladi. Barkamol yoshlar tarbiyasi tarixiy ahamiyatga ega. Ulug‘ mutafakirlarimizning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi benazir fikrlaridan foydalanish bugungi taraqqiyot uchun, yosh avlodni kamoloti uchun muhim ekanligini inkor qilib bo‘lmaydi. Shu bois ham Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi ulug‘ mutafakkirlarning komil inson tarbiyasi haqidagi qarashlaridan turmushda keng foydalanish maqsadga muvofiq.Buyuk siymolar merosidan ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda hamda o‘quvchi yoshlarning ijtimoiy yetukligini shakllantirish, komil insonni voyaga yetkazish kabi masalalarga qaratish ijobiy natijalar beradi..
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, buyuk allomalarimiz yangitdan dunyoga keldilar, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida o‘tmishda yashab ijod qilgan, o‘z davrida butun dunyoga tanilgan, ammo sobiq sho‘rolar davrida o‘z zulmini o‘tkazib, o‘zbek xalqining tarixini yuqotishga intilganlar ta’sirida tarix saxifalaridan o‘chib ketgan ulug‘ ajdodlarimiz qaytadan tiklandilar. Ular tug‘ilib o‘sgan va ijod qilgan muqaddas joylar obod bo‘lib, allomalarimiz ruxlari shod bo‘lmoqda. Xaqiqiy tariximiz tiklanib yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol ruhi mukammal singdirilmoqda. Keyingi 19 yil mobaynida I.Karimov boshchiligida mamlakatimiz erishgan yutuqlarni dunyo axli tan olmoqda. Bu buyuk
bunyodkorlikka erishish osonlikcha bo‘lmaganligi barchaga ayon. Barcha islohotlarning bosqichma-bosqich faqat inson manfaatlari uchun bo‘layotganiga aslo shubha yuq.
Hayotda har bir inson o‘z qadriyatlari bilan yashaydi. Mavjud qadriyatlar esa uning kimligini belgilaydi. Agarda fan nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, odamlarni shartli ravishda beshta toifaga bo‘lish mumkin:

      1. toifa: oila muammolari bilan;

      2. toifa: oila, mahalla, tuman, sha har muammolari bilan; 3-toifa: yanada kengroq viloyat muammolari bilan;

  1. toifa: mamlakat muammolari bilan;

  2. toifa: dunyodagi muammolar bilan qiziqadi, o‘ylaydi va yashaydi.

Fuqarolarimiz ichida dunyoqarashi keng bo‘lgan insonlar ko‘p. Ular nafaqat o‘zlari haqida, balki boshqa insonlar haqida xam qayg‘uradilar. Buyuk bobomiz Alisher Navoiyning “Odami ersang demagil odami, onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami” so‘zlari aynan barkamol insonlarga qaratilgan. Bizning oliy maqsadimiz “Ozod, obod Vatan va farovon turmush”ga erishishdir. Bu buyuk yo‘ldan biz bormoqdamiz va xalqimiz kundan-kunga farovonlikka erishmoqda. Mamlakatimizda barcha fuqarolar uchun bir xilda Konstitutsiyaviy xuquq va burch belgilangan. Buni hamma ham bir xil anglamasligi oqibatida kimdir nasl qurboni, kimdir muhit qurboni kimdir tarbiya qurboniga aylanadi va oqibatda ayrim insonlar hayotdagi jiddiy to‘siqlarga uchraydi.
Har qanday muammoning kelib chiqish sabablari oldindan batafsil o‘rganilsa, uning yechimi oson bo‘ladi. Ko‘pincha bizlar muammo vujudga kelganidan so‘nggina faoliyatimizni kuchaytiramiz. Bu o‘z-o‘zidan teskari samara beradi. Maqsadimiz yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash ekan, bunda bola tug‘ilgan kundan to u haqiqiy hayotga kirguncha uning shakllanishi doimiy jamoatchilik nazoratida bo‘lishini ta’minlashimiz kerak. Kattalarning shaxsiy namunasi esa bunda muhim rol o‘ynaydi.
Biz o‘z tarixi bilan faxrlanadigan insonlarni tarbiyalashimiz va shakllantirishimiz, bunda milliy g‘urur va milliy qadriyatlarimizga tayanishimiz va undan unumli foydalanishimiz zarur. I.A.Karimov nutqlarida yoshlarimizga mustaqillik qanchalar buyuk ne’mat ekanligini tushuntirishni tinmay davom ettirishlikni va har bir fuqaroni mamlakat kelajagi uchun javobgarlikni anglashiga yordam berishlikni, ayniqsa, olimlar, ziyolilar va siyosatshunoslar oldida bu sohada amalga oshirilishi kerak bo‘ladigan amaliy ishlarning mexanizmlari va texnologiyalarini ishlab chiqish zarurligi aniq ko‘rsatib berilgan.
Ming afsuski, hali odamlarimiz ichida dunyoqarashi va siyosiy savodxonligi zamon talablariga javob bera olmaydigan har xil toifadagi fuqarolarning borligi achinarli holat.. Bu salbiy holat 2010 yilda ta’lim-tarbiya, ayniqsa, mafkuraviy ishlar sohasida faoliyat
ko‘rsatayotgan barcha tashkilotlar asosiy e’tiborni yoshlarning huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirishga, hozirgi o‘tish davrida iqtisodiy soxani inson uchun hayotiy zaruriy ustuvor masala ekanligiga qaratishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.



    1. Download 114.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 114.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol shaxsni shakllantirish muammosiga yangicha yondashuv

Download 114.78 Kb.