O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi




Download 114.78 Kb.
bet10/11
Sana13.06.2022
Hajmi114.78 Kb.
#23545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BARKAMOL AVLODNI MILLIY ISTIQLOL G\'OYASI VA MAFKURASI RUHIDA TARBIYALASH.......3

UMUMIY XULOSALAR


Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va tadqiqot natijalariga tayanib quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:

  1. Barkamol avlod – bu yuksak aql zakovat sohibi, mustaqil fikrni erkin bildira oladigan, milliy g’oyaning tub ma’no mazmunini anglab yotgan va ularga sodiq bo’lgan, dunyoqarashi keng, sog’lom fikrli, mahalasi, uyi tinchligi uchun jonini fido etishga tayyor turuvchi o’z Vatani dovrug’ini jahon uzra keng yoyadigan haqiqiy bunyodkor shaxs.

  2. Barkamollikning qirralari ko'p ekanligi haqida yuqorida aytib o`tildi. Har bir shaxsni ilk yoshligidan boshlab mantiqiy fikrlashga o"rgatish hayot talabidir. Shunga ko'ra, unga har doim mantiqiy tafakkur yuritish tamoyillarini singdirib borish lozim.

  3. Komil inson tushunchasi o'rta asrlarda ishlab chiqilgan bo'lib, musulmon Sharqida, asosan, islomiy nuqtayi nazardan tariflab kelingan, Aslida «komil inson" tushunchasining dunyoviy mazmuni borligini ham e'tibordan soqid qilish mumkin emas. Uning falsafiy ma'nosi umummilliy ahamiyatga ega va umuminsoniy qadriyat sifatida asrlar davomida sayqal topib rivojlanib kelmoqda.

  4. Yoshlarni sog'lom fikrlashga, ayniqsa, mustaqil fikr yuritishga o`rgatish zarur. Ba'zi bolalar yoshligidan boshlab «men» yoki «o`zim» deb fikr yuritadi. Sharqona tarbiyada o'zining gapini, fikrini o'tkazishga intilish yoki manmanlik hamma vaqt ham qo`llab quvvatlanmaydi. Ko'pincha, kattalar o`z fikrlarini o'zgarishga intiladilar, shunga qaramay mustaqil fikri bor odam odatda «fikrli odam deyiladi.

  5. Barkamol inson tushunchasiga kiradigan muhim talablar sharq tafakkurida aiohida tizimni tashkil qiladi. Ular shaxsning bosiqligi, vazminligi, bag'ri kengligi, kamtarligi, odamxunligi, umuminsoniylik ruhining kuchliligi, serfarzandligi, keksa va yoshlarga mehr- shavqatliligiga kabilar bilan xarakterlanadi, Bular sirasiga kishining boshqa e'tiqoddagi yoki dindagi insonlarga nisbatan sabr-toqatliligi, hurmati, tabiatni sevish, butun jonli tabiatga muhabbat bilan qarash kabi fazilatlarni ham kiritish mumkin. Respublikamizda istiqlol tufayli shakllanayotgan va tobora kishilar e'tiqodiga aylanayotgan mustaqillik tafakkuri mazmunini tashkil etadigan bunday tushunchalar tobora hayotimizda keng o'rin egallamoqda.

  6. Bugungi kunda yoshlardagi milliy ruhiyat, insoniy fazilatlar, ma’naviyat, jamiyatni ma’naviy yuksaltirishdagi ishtiroki albatta, ularning barkamol itnsonlar bo‘lib yetishishi uchun asos bo‘ladi. Barkamol yoshlar tarbiyasi tarixiy ahamiyatga ega. Ulug‘ mutafakirlarimizning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi benazir fikrlaridan foydalanish bugungi taraqqiyot uchun, yosh avlodni kamoloti uchun muhim ekanligini inkor qilib bo‘lmaydi.

  7. Demak, taraqqiyotning O’zbek modeliga asoslangan barkamol avlod tarbiyalash orzusini ifodalashga ma’naviy, iqtisodiy va qonuniy asoslarimiz bor. Shu sababli ham

shakllanayotgan avlod o’z ixtisosligi bo’yicha jahon talablari darajasiga javob beruvchi, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi mutaxassis, yuksak ma’naviyatli va axloqiy yetuk barkamol avlod bo’lishi lozim.

  1. Barkamol avlod tarbiyasi uchun qayd etilgan ta’lim tizimi tarkibi Davlat ta’lim standartlari talabi asosidagi kadrlar tayyorlashning uzviy tarkibiy qismi bo’ladi va undan foydalanib jahon ta’limi talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash mumkin.

  2. Barkamol avlod tarbiyasi jarayoniga bunday yondashish kompleks xarakterga ega bo’lib, ushbu jarayondagi ta’lim-tarbiyaning har bir bosqichida puxta tayyorgarlikka ega bo’lishlikni va maqsadga yetishlikni kafolatlaydi. Maqsadga yetishlikni avvaldan ishlab chiqilgan mezonlar asosida olib boriladi. Ta’lim-tarbiya mazmuniga qarab yoki ushbu jarayonni boshqarish mazmuniga qarab maqsadlar tizimi (ketma-ketligi) yoki yaxlit yagona bir maqsad bo’lishi mumkin va u Davlat ta’lim standartlariga yoki mutaxassislarga qo’yiladigan jahon ta’limi talablari asosida shakllangan (tuzilgan) bo’ladi.

  3. Barkamol avlod tarbiyasining qayd etilgan ilmiy asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonida, ayniqsa ta’limni boshqarishda istiqbolli natijalarni qo’lga kiritish imkonini beradi va eng asosiy «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», degan ezgu niyatlarimizning og’ishmay amalga oshishiga fundamental asos bo’ladi.

  4. Ma’naviyatli inson – o‘zida ma’naviy-axloqiy hislatlar majmuini mujassamlashtirgan, jamiyatda o‘zligini va o‘z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, yuksak iste’dodli va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan ma’naviy jihatdan yetuk, axloqan pok, jismonan sog‘lom, hayot go‘zalliklarini his eta oladigan ijodkor shaxsdir.

  5. Yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasi – shaxsni ma’naviy-ahloqiy shakllantirish, Vatan mustaqilligi mustahkamlash, jamiyat va davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi, intellektual salohiyatli, erkin fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan tarbiyaviy jarayonlar majmuasidir. Ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi – Davlat va jamiyatga xizmat qiluvchi, Vatanga fidoiy, ahloqiy barkamol intellektual kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdir.

  6. Barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining asosi. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ham jismoniy, ham ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bejiz yemas.

  7. Barkamol avlod, bizningcha, yuksak aql yegasi, mustaqil fikrlay oladigan, milliy g’oyaning tub ma’no-mazmunini anglab yetgan va ularga sodiq bo’lgan, dunyoqarashi keng, sog’lom fikrli, xalqi, mahallasi, oilasi tinchligi uchun jonini fido yetishga tayyor turuvchi, o’z Vatani dovrug’ini jahon uzra keng yoyadigan haqiqiy fidokor shaxsdir.


Download 114.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 114.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi

Download 114.78 Kb.