BOB. MUSTAQILLIK SHAROITIDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING MAZMUNI, OMILLARI VA VOSITALARI




Download 114.78 Kb.
bet7/11
Sana13.06.2022
Hajmi114.78 Kb.
#23545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BARKAMOL AVLODNI MILLIY ISTIQLOL G\'OYASI VA MAFKURASI RUHIDA TARBIYALASH.......3

BOB. MUSTAQILLIK SHAROITIDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING MAZMUNI, OMILLARI VA VOSITALARI




    1. Barkamol avlod tarbiyasida yuksak ma’naviyatni shakllantirish – muhim omil sifatida


Ma’naviyatli inson – o‘zida ma’naviy-axloqiy hislatlar majmuini mujassamlashtirgan, jamiyatda o‘zligini va o‘z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, yuksak iste’dodli va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan ma’naviy jihatdan yetuk, axloqan pok, jismonan sog‘lom, hayot go‘zalliklarini his eta oladigan ijodkor shaxsdir.
Ta’limni insonparvarlashtirish deganda yosh avlodda boy estetik hissiyot, yuksak ma’naviyat, madaniy va ijodiy tafakkurni shakllantirish va har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashning ustivor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan ta’lim-tarbiya dasturlarini takomillashtirish nazarda tutiladi. Bunda, ta’lim oluvchida mustaqil shaxsni tarbiyalash, unda bilim olish madaniyatini shakllantirish, shaxsiy va ijtimoiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlash hamda shaxsiy g‘urur, ishonch kabi hislatlarni hosil qilishga alohida e’tibor berilishi kerak.
Talaba-yoshlarda insonparvarlik fazilatlari, eng avvalo ularning o‘zidan katta yoshdagilar
– ota-ona, yaqinlari, o‘qituvchilar va boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlari orqali shakllanib, so‘ng tengqurlari bilan munosabatlarda takomillashadi. Shu ma’noda insonparvarlik shaxs ta’rifi va tavsifining bosh mezoni sifatida, uning shaxs ruhiyatida vujudga kelish, shakllanish va taraqqiy etish jarayonlari va qonuniyatlarini o‘rganish yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalaщda, ularning har tomonlama uyg‘un taraqqiy etishlarini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘rinda uzluksiz ta’limni ham insonparvarlashtirish muhim vazifadir.
Ma’naviyatli shaxsni voyaga yetkazish ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni insonning ijtimoiy intizomi va uning ixtisoslik bo‘yicha mehnat faoliyatining ajralmas va tabiiy belgilariga, xususiyatlariga aylashtirishdan iborat bo‘lib, bo‘lajak mutaxassisning insonparvarlik sifat va fazilatlarining ustivor bo‘lishini ta’minlashga qaratiladi.
Tarbiyaviy ishlar rejalari gumanitar turkumdagi fanlarning, shu jumladan, ijtimoiy- iqtisodiy fanlarning insonparvarlik xususiyatlaridan ham ta’lim-tarbiya jarayonlarida unumli va samarali foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish bilan birga, bu turkumga kirmagan fanlar, ya’ni fizika, kimyo, biologiya, matematika, shuningdek, texnika fanlari va umuman talim tizimida o‘tiladigan barcha fanlarning ham tarbiyaviy tamoyillariga, insonning ma’naviy-ahloqiy ruhiy jihatdan takomillashtirish imkoniyatlariga alohida ahamiyat va e’tibor qaratishni, ularning insonparvarlik xususiyatlarini kengroq ochib, tahlil etib ko‘rsatib berishni, talaba yoshlarni o‘qitish orqali ma’naviy-ruhiy jihatdan ham tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.
O‘quv dasturlarining, darslik va qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratishda, ta’limning texnik vositalaridan foydalanishda, ular uchun maxsus o‘quv dasturlari tayyorlashda ta’limni gumanitarlashtirishning mana shu tomonlariga, ya’ni yosh mutaxassislarning ma’naviy-ahloqiy jihatdan barkamol shaxs sifatida takomillashuvida har bir fanning ishtirokini eng yuqori darajada ta’minlashga katta e’tibor berilishi zarur.
Hozirgi kun fan, madaniyat va ta’lim sohalarida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, islohotlarning sur’atlari tobora jadallashmoqda. Biroq axborotlar asri talablariga muvofiq o‘zgarayotgan hayotimiz ehtiyojlari jamiyat oldiga yangidan-yangi vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.
Shaxsning ma’naviy, ruhiy kamoloti ta’minlanmasa, jamiyatning moddiy-texnik taraqqiyoti bir tomonlama bo‘ladi va kutilgan natijani bermaydi. Ruhiy ibtido yoshlar qalbini yuksak madaniyat va axloqiy fazilatlar bilan boyitishga, ularning umuman millatning ruhiy- ma’naviy rostlanishiga yordam berishi kerak.
Ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash gumanitar ta’lim va tarbiyaning muhim qismlaridan biri sifatida talaba-yoshlar ruhiy olamining shakllanishida, hayotiy pozitsiyalarning mustahkalanishida, ularning ijtimoiy faolligining o‘sishi va ixtisoslik bilimlari hamda umumnazariy tayyorgarligining oshishida asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Insoniyat tomonidan to‘plangan behisob madaniy boyliklardan bahramand bo‘lish, ularni o‘zlashtirish yoshlarda gumanistik dunyoqarashning vatanparvarlik, vijdon, e’tiqod, or-nomus, sha’n, mardlik, jasorat, oliyhimmatlik, fidoiylik, insonparvarlik kabi qadriyatlarning shakllanishiga yordam beradi. Yoshlarda bunday sifat va fazilatlarni tarbiyalash maorif va oliy ta’lim tizimida ustivor ahamiyatga ega bo‘lishi kerak.
Zero, Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, siyosatda, iqtisodda va ma’naviyat sohasidagi islohotlarning taqdiri o‘sib kelayotgan yosh avlodga bog‘liq. Barcha talaba-ta’lim oluvchilarni Respublikamizning tarixiy shaharlariga, diqqatga sazovor joylariga muntazam ravishda sayohatlar uyushtirib turish, muzeylarga, ko‘rgazmalarga, teatrlarga, konsertlarga maxsus jadval tuzib ommaviy ravishda olib borish, ta’lim muassasalarida ularning mehnat va urush faxriylari bilan, zamonamiz qahramonlari bilan, san’atkorlar, shoir-yozuvchilar, shifokorlar, huquq-tartibot idoralarining mas’ul xodimlari, mahalla oqsoqollari, ota-onalar bilan davra suhbatlarini, uchrashuvlar tashkil etish-bular hammasi yoshlarda milliy iftixor, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash bilan birga ularning dunyoqarashini yanada kengaytirishga, boyitishga umuminsoniy saviyasini oshirishga yordam beradi.
O‘quv yurtlarida talabalarning qiziqishlari bo‘yicha tashkil etilgan turli xil to‘garaklar, klublar, sport seksiyalari, kasb-hunar sexlari ham talaba-yoshlarning uyg‘un rivoji uchun yaratilayotgan sharoitlardandir.
Tarbiyaviy maqsad – aniq o‘lchamli ishlarga oid vazifalarni belgilab beradi. Har bir ishda asosiy g‘oya, yo‘nalish (aqliy, jismoniy, mehnat tarbiyasi va boshqalar) ajralib turadi. Tarbiyaviy maqsadni belgilash bosqichida pedagogning vazifasi professor-o‘qituvchilarning murabbiylik faoliyatini asosiy maqsadga yo‘naltirish, tarbiyalanuvchilarning muayyan ta’sir tizimini qabul qilishga tayyorgarlik darajasiga tashxis qo‘yishdan iboratdir. Davlat va jamiyatimiz oldida turgan hozirgi maqsadlar bilan boshlanuvchi ijtimoiy pedagogik buyurtmadan kelib chiqqan holda, uzluksiz tarbiya tizimi mazmuniga quyidagi asosiy yo‘nalishlar kiritiladi:
vatanparvarlik tarbiyasi axloqiy tarbiya mafkuraviy tarbiya iqtisodiy tarbiya
fuqarolik tarbiyasi jismoniy-gigienik tarbiya
ekologik tarbiyasi kasbiy tarbiya
tarixiy tafakkur tarbiyasi milliy g‘urur tarbiyasi jamoaviylik tarbiyasi oilaviy tarbiyasi
huquqiy tarbiya diniy bag‘rikenglik tarbiyasi
baynalmilal tarbiya badiiy-estetik tarbiya
intellektual tarbiya mehnat tarbiyasi
Yuksak ma’naviyatli shaxs tarbiyasi – shaxsni ma’naviy-ahloqiy shakllantirish, Vatan mustaqilligi mustahkamlash, jamiyat va davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi, intellektual salohiyatli, erkin fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan tarbiyaviy jarayonlar majmuasidir. Ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi – Davlat va jamiyatga xizmat qiluvchi, Vatanga fidoiy, ahloqiy barkamol intellektual kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdir.
Inson olamga kelibdiki, tabiat ne’matlari bilan o‘zining son-sanoqsiz ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ya’ni inson ham biologik, ham ijtimoiy, ham aqliy-ruhiy mavjudot sifatida bir qator o‘z talab, ehtiyojlariga egaki, u o‘z hayoti davomida mana shu ehtiyojlarini qondirib yashaydi. Ehtiyojlar ham inson organizmiga nisbatan o‘z tarkibi va tartibiga ega bo‘lib, avval biologik, keyin ruhiy, so‘ng esa aqliy-ma’naviy chanqoqlikni qondirishga moyil. Inson biologik mavjudot sifatida soniya sayin havoga, daqiqa sayin suvga, kun sayin kiyim-boshga, oy sayin boshpanaga doim ehtiyoj sezib yashaydi. Nisbiy olganda kishi organizmi uchun avval biologik ehtiyoj qongandan keyingina ruhiy ehtiyojga navbat yetadi.
Inson o‘zining biologik ehtiyojlarining davomi bo‘lmish ruhiy-ma’naviy ehtiyojini ma’lum izchillik asosida qanoatlantirishga, ta’minlashga o‘tadi. U o‘zining besh sezgi a’zolari yordamida kayfiyatining ko‘tarinkiligini, hayot onlarining yoqimli va fayzli o‘tishini, istak- xohishlarining amalga oshishini, bajarilishini, ta’minlashga, saqlashga harakat qiladi. U samimiy munosabat, yaxshi gap, xabar, kuy, qo‘shiq eshitishni, chiroyli ko‘rsatuv, manzara, holatni ko‘rishni, shirin va mazali taom yeyishni, hushbo‘y, yoqimli iforni hidlashni, yumshoq, mayin
kiyim-bosh kiyishni, quyoshli, toza havoda yurishni, iliq suvda yuvinishni istaydi.
Boringki u o‘zida mavjud barcha sezgi kanallari orqali hayotdan lazzatlanish, qoniqish va murodini hosil qilish maqsadida yashaydi. Hatto, faylasuf Viktor Alimasov yozganlaridek “fikrlash san’ati”, “fikrlash chanqog‘i”, “fikrlash lazzati”ni ham qondirish payida bo‘ladi.
Umuman, har bir kishi o‘z hayoti davomida iloji boricha ijobiy va go‘zal inson bo‘lishni, buning uchun yetarli muhit bo‘lishini, barcha tabiiy, ma’naviy ehtiyojlarini optimal darajada qondirilishini xohlaydi.
Insonning ruhiy-ma’naviy ehtiyoji, imkoniyati va uni idora qilish borasida, ma’naviy merosimizning muhim tarkibiy qismi bo‘lmish tasavvuf ta’limotida bir olam ibratli jihatlar, misollar mavjud.
Insonning qorni to‘q, usti but, kayfiyati yaxshi bo‘lgandan so‘nggina ruhiy-ma’naviy ehtiyojga moyillik sezadi. Xalq iborasi bilan aytganda “Och qoringa qo‘shiq tatimas”. Endi u kitob o‘qiydi, rasm chizadi, qo‘shiq xirgoyi qiladi, radio eshitadi, televizor ko‘radi, tajriba o‘tkazadi. Xullas, o‘zini ma’nan boyitadi. Donishmand Arastu yozganidek: “Inson tabiatan bilimga talpinadi”. To‘g‘ri, inson hayoti, umuman olganda, bilish, o‘rganiщdan iborat. Lekin biz nazarda tutayotgan jarayonda, bilish jarayoni haqida emas, balki insonning ilm olish, ma’naviy oziqlanish jihatlari qaralmoqda.
Xalqimiz, millatimiz dunyo xalqlari orasida ma’naviy to‘q millatlardan biri sanaladi. Lekin hozirgi kunda har bir zamondoshimiz, yoshlarimiz millatimizning ma’naviy to‘qlik fazilatini o‘zida mujassam eta olayaptimi? Har bir O‘zbekiston fuqarosi buni idrok eta oladimi? Bu kabi savollarni hal etish, bugungi kun ta’lim-tarbiya tizimi va mustaqillik mafkurasi oldida turgan eng dolzarb mavzulardan biridir.
Ho‘sh, insonning ma’naviy to‘qligi qanday sodir bo‘ladi?
Birinchidan, avvalo shuni qayd etish mumkinki, har bir yurtdoshimiz, millatdoshimiz vujudida millatdosh, yurtdosh ajdodlarimizning ma’naviy to‘q qoni oqib turibdi.
Ikkinchidan, ma’naviy to‘qlikning muhim qirrasini ma’rifatlilik tashkil etadiki, bu millatimizga xos fazilatlardan biridir. Chunki inson borki, ma’rifat oshnosi. Bizningcha, ma’rifatlilik ma’naviyatlilikka yaqin. Ma’rifatli inson ma’naviy to‘q insondir.
Uchinchidan, xulqiy jihat ma’naviy to‘qliqning muhim shartidir. Chunki inson xulqi, uning aslini, odamiyligini ko‘p jihatdan ifoda etadi. Kezi kelganda bizda, xushxulqlik, bilimdonlikdan yuqori qo‘yiladi. Xalqimizda "Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin" degan naql bejiz aytilmagan.
To‘rtinchidan, ma’naviy to‘qlik jihatlaridan biri-bu mehr-muhabbatdir. Bu Vatanga, ota- onaga, yorga, kasbga, yerga, tabiatga, ma’rifatga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Muhabbati kuchli insondan hech qachon yovuzlik chiqmaydi. U tom ma’noda ma’naviyatli inson bo‘ladi.
Beshinchidan, ma’naviy to‘qlikni yana bir jihati bu inson erkinligidir. Insonning hayotdagi erkinligi uning imkoniyatlariga qanot beradi. Buni mustaqillikning teran tafakkurli, mustaqil fikrli, bilimli va zukko farzandlari misolida ko‘rish mumkin.
Galdagi vazifa xalqimizning ma’naviy to‘qlik fazilatiga har birimizni sodiq va munosib bo‘lish hamda uning izchilligini ta’minlashdan iboratdir. Bunga esa, o‘ylaymizki, har birimiz qodirmiz.
Ma’naviy to‘qlik - o‘zbekona mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, bolajonlik, mehnatsevarlik, saxiylik, bunyodkorlik kabi ijobiy fazilatlaridan biridir.
Tarbiyaviy jarayonni ta’lim muassasasida shakllantirishda muhitni qayta shakllantirish va rivojlantirishni, «oila-ta’lim muassasasi-mahalla» hamda «tarbiya-muhit» uzviyligining mazmun va mohiyatan birligini mustahkam asoslarda ta’minlash kerak. Buning uchun milliy ma’naviyat tushunchasi, shaxs ma’naviyati va umuminsoniy qadriyatlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lmog‘imiz zarur.

  1. Milliy ma’naviyat tushunchasi. “Millat” so‘zi tub mohiyat, o‘zak, negiz degan ma’nolarni bildiradi. Milliy ma’naviyat esa “Millat” tushunchasi bilan bog‘liq. “Millat” so‘zi arab tilida uch ma’noni bildiradi: 1) din, mazhab: 2) ummat: 3) xalq, qavm. Millat so‘zi Kur’oni Karimda ham qo‘llanilgan. Qur’onda har bir millat vakili o‘z milliy qadriyatlarini rivojlantirishi savobli ish, lekin o‘z millatidan, qavmidan chiqib, boshqa millatga o‘tib olishi esa katta bir gunoh deb ta’rif berilgan.

Jamiyat rivojlanib borgan sari insonlar, xalqlar millatlar o‘rtasidagi ma’naviy munosabat va aloqalar rivojlanib boraveradi. Bu borada ma’naviyatni besh guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin:

  1. ma’naviy qadriyatlar;

  2. milliy ma’naviyat;

  3. shaxs ma’naviyati;

  4. mintaqaviy ma’naviyat;

  5. umuminsoniy ma’naviyat.

Ma’naviy qadriyatlar – bu millatimiz barpo etilgandan to hozirgi kungacha bo‘lgan barcha urf-odatlarimiz, andisha-yu g‘ururimiz marosim va an’analarimiz, davom etib kelayotgan hunarmandchiligimiz, san’at asarlarimiz, yozma manbalaru yodgorliklarimiz, milliy inshoatlarimiz boy merosimizdir. Milliy ma’naviyat esa – muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos bo‘lgan bag‘oyat qimmatli ma’naviy boyliklardir.
Milliy ma’naviyat boshqa millat ma’naviyatidan tubdan farq qiladigan ma’naviyat degani emas. Chunki bizdagi milliy ma’naviyat boshqa xalqlarda muayyan tarzda bor, mavjuddir. Ammo, milliy ma’naviyatda boshqa xalqlarning ma’naviyati aynan takrorlanmaydi. Milliy
ma’naviyat avvalo tarixiy xodisa ekanligi bilan ajralib turadi. U bir kunda bir yilda yoki o‘n yilda mukakmmal shakllanmaydi. Milliy ma’naviyat takomillashuvi uning tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Shaxs ma’naviyati – bu har bir shaxsga tegishli bo‘lib, uning ichki ruhiy holati, hatti- harakatlari munosabatlari boshqa qirralarini o‘z ichiga oladi. Mintaqaviy ma’naviyat esa – muayyan geografik mintaqa millatlariga xos, ular uchun umumiy bo‘lgan ma’naviy boyliklardir. Masalan, O‘rta Osiyo xalqlarining ma’naviyatidagi yoki kengroq qaraydigan bo‘lsak, Sharq va G‘arb ma’naviyatidagi mushtaraklik, o‘xshashlikni olishimiz mumkin. Mintaqaviy ma’naviyatda turli elatlarning umumiy birligi, bir-biriga yaqinligi, turmush tarzi va moddiy hayot sharoitlariga xos mushtarak jihatlar namoyon bo‘ladi. Umuminsoniy ma’naviyat – bu butun insoniyatga jahon xalqlariga tegishli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy boyliklardir.
O‘zbek xalqi uchun umuminsoniy ma’naviyat bilan birga milliy ma’naviyat va uning boyliklari ham g‘oyat qimmatlidir. O‘zbek xalqining hozirgi milliy ma’naviyati va qadriyatlari o‘tmish milliy ma’naviyatining davomi bo‘lib ularga do‘stlik, o‘rtoqlik mehmondo‘stlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy teranlik, tadbirkorlik, saxiylik, xushmuomalalik, jamoa ichida o‘zini tuta bilishlik, xayolilik, hurmat bilan muomila qilish, ozodalik, xushchaqchaklik, xushfe’llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlilik, ro‘zg‘orparvarlik, shirinso‘zlik, tashabbuskorlik, ona-yurt va xalqiga muhabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostguylik, halollik, or-nomuslilik, to‘g‘rilik, poklik, sabr-andishalik, vazminlik, hojatbarorlik, mehnatsevarliik, o‘tmishga hurmat, insoflilik, iymonlilik, milliy g‘urur, mustaqillikni qadrlash, vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy ma’naviy-axloqiy fazilatlar kiradi.
O‘zga millatlarning ma’naviy qadriyatlari qanchalik ta’sir ko‘rsatmasin, kattalarga, ota- onaga hurmat, kamtarlik, halollik, iymon mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik singari milliy ma’naviy hislatlarimiz barqarordir. Chunki bu ma’naviy hislatlar qon-qonimizga singib ketgan. Xalqimizning axloq, andisha, sharmu-hayo, halollik va pokizalik, inson qadr-qimmati to‘g‘risidagi ma’naviy qadriyatlariga zid bo‘lgan yevropacha an’analar yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Shu tufayli ma’naviy tubanlik yuzaga kelmoqda. Yoshlar orasida asriy milliy ma’naviyatimizga zid bo‘lgan bag‘ritoshlik, qotillik, giyohvandlik, xudbinlik, maishiy buzuqlik kabi ma’naviy qiyofalar yuzaga kelib ildiz ota boshladi.
Abdulla Avloniy va boshqa ma’rifatparvar allomalarimiz X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida Turkistonda hukmron bo‘lgan ma’naviy inqiroz haqida gapirib, bu og‘ir vaziyatdan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash, axloqni yuksaltirish orqaligina chiqish mumkinligini qayd qilgan edilar. A.Avloniyning ta’kidlashicha: “Tarbiya – bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir”. Bu fikrlarning ahamiyati hozirgacha e’tibordan chetda qolgani yo‘q. O‘zbek millati faqat milliy ma’naviy kamolot orqaligina yuzaga
kela boshlagan milliy-ma’naviy buzulishning oldini olish mumkin. Milliy mustaqillik tufayli jamiyatimizda milliy ma’naviy poklanish, o‘nglanish, tiklanish jarayoni yuz berdi.
Milliy tarbiya – millatni, elatni tashkil qiluvchi kishilarning milliy madaniyatni, merosni, qadriyatlarni, urf-odatlarni, an’analarni o‘zlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish bo‘lib, u milliy ong va milliy o‘zlikni anglashning sub’ektidir. Milliy tarbiyaning asosiy yo‘nalishlarini millatparvarlikni, xalqparvarlikni, mehnatsevarlikni, yuksak insoniylikni rivojlantirish, meros, urf-odat va qadriyatlarni fan texnika, texnologiyalarni o‘zlashtirishga intilishni rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatini tushunib yetish va unga amal qilish ruhiyatini shakllantirish kabilar tashkil etadi.

  1. Milliylik va umuminsoniylik. Umuminsoniy ma’naviyat o‘z ijobiy ahamiyatini hech qachon yo‘qotmagan. Oltin zanglamas, quyosh qoraymas deganlaridek, umuminsoniy ma’naviyat har doim qadimiy va navqiron bo‘lib qolaveradi. Ular umumbashariy ma’naviyat deb ham yuritiladi.

Umuminsoniy ma’naviyat butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo‘lgan ma’naviy boyliklardir. Umuminsoniy ma’naviyat uzoq va yaqin o‘tmishda yaratilgan, hozirda esa ma’naviy jihatdan juda qimmatli, inson qalbida o‘chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, insoniyat ijtimoiy manfaati, ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, ularni ezgulikka yo‘llaydigan ma’naviy boyliklardir. Agarda milliy ma’naviyat bo‘lmasa, umuminsoniy ma’naviyat ham bo‘lmaydi. Umuminsoniy ma’naviyatsizlik esa, hozirgi zamon millatlarining jipsligi yo‘q degani. Millatlar umumjahon, umumbashariy ma’naviyatning yaratuvchilaridir. Umumjahon, umuminsoniy ma’naviyat esa hozirgi zamon ilg‘or millatlari taraqqiyotining zamini, tayanchi va negizidir. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida milliy va umuminsoniy ma’naviyatning ana shu dialektik bog‘liqligini hisobga olishimiz davr talabidir.

  1. Milliy ma’naviy tiklanishning mohiyati. Prezidentimiz I.A.Karimovning milliy- ma’naviy tiklanishga bag‘ishlangan konsepsiyasida vatanparvarlik shaxs ma’naviyatining ajralmas qismi ekanligini asoslab berish alohida o‘rinni egallaydi. Darhaqiqat o‘z Vatanini sevmagan, vatanini tuprog‘i uchun mas’ulligini his etmagan inson ma’naviy jihatdan qashshoq hisoblanadi. Shu yerda bir muhim masalaga aniqlik kiritish lozim bo‘ladi. U ham bo‘lsa “Milliy taraqqiyot” va “Milliy tiklanish” tushunchalarining mohiyati, mazmun va mezoni masalalaridir.

Milliy taraqqiyot bu – evolyutsion harakterga ega bo‘lib, u pastdan yuqoriga tomon ko‘tarilishdan iborat bo‘lgan jarayondir. U millatning shakllanishi takomillashuvi va yuksalishi kabi uzluksiz jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy tiklanish esa, millat taraqqiyoti tarixining ma’lum bir bosqichida boy berilgan salohiyatni qaytadan millat taraqqiyotiga yo‘naltirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir.
Milliy tiklanish millat hayotida sodir etiladigan, zo‘ravonlik yo‘li bilan, uning avlod
ajdodlari tomonidan yaratilgan meros, urf-odatlar, an’analar qadriyatlardan mahrum etilgan, tarixiy xotirasi toptalgan. Milliy o‘zligini anglashi cheklangan, manfaatlari, maqsadlari, huquqlari poymol etilgan, tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichiga kelib esa, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritish natijasida milliy rivojlanish borasida ana shu boy berilgan imkoniyatlardan foydalanish, yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni milliy rivojlanishga qaratilgan umummilliy faoliyat hisoblanadi. Haqiqatdan ham millat qachonki, milliy zaminlarga tayansagina ko‘zlagan taraqqiyotiga erishish mumkin. Har qanday millat hech qachon o‘zgalarning ma’naviy yordami bilan millat darajasiga ko‘tarila olmaydi va ma’naviy rivojlanishga erisha olmaydi.
Milliy ma’naviy tiklanishning asl mohiyati ham kelib insonparvarlikka taqaladi. Chunki mustaqillik sharoitida milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirish hamda uni xalqimiz dunyoqarashiga aylanishiga erishish uchun ham ta’lim-tarbiya jarayonida insoniy qadr- qimmatning yuqori darajada ekanligini tushunib olishimiz darkor.



    1. Download 114.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 114.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOB. MUSTAQILLIK SHAROITIDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING MAZMUNI, OMILLARI VA VOSITALARI

Download 114.78 Kb.