• Oltinchi bo‘lim – «Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish»da
  • Xavfsizlik
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/111
    Sana11.11.2022
    Hajmi0.64 Mb.
    #29955
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
    Bog'liq
    o b-uyIaWKwSawW083bgPcENu9cw4H7E (1)
    Nomzodlar uchun savollar, Academic-Data-376201101112, 1 лекция, Soburov Umid, obektivka 72, REJA, AZO BO\'YOQLAR[1]555555, 0.1 Integers, Maktabgacha ta\'lim muassasalarida loy ishiga o\'rgatish, mustaqil ish (3), 2-mustaqil ish Muratqulov.X, 7-topshiriq, self study 16, Ijtimoiy psixologiyada ziddiyatlar muammosi
    Beshinchi bo‘lim – «Yong‘in xavfsizligi»da yong‘in 
    xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar, yonish jarayonining 
    mohiyati, yong‘in va portlash sabablari, materiallarning 
    yonish va portlash xususiyatlari bo‘yicha tasniflanishi, ishlab 
    chiqarishni portlash, yonib-portlash va yong‘in xavfliligi 
    bo‘yicha kategoriyalari, yong‘in zonalari, yon-g‘indan 
    himoyalanish tizimlari, binolar va inshootlarning yong‘inga 
    mustahkamligi va chidamligi bo‘yicha tasnifi, o‘t 
    o‘chiruvchi vositalar, yong‘inga qarshi suv ta’minoti, o‘t 


    9
    o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalari, yong‘inni 
    o‘chirishni tashkil etish, yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi
    yong‘in vaqtida evakuatsiya ishlarini tashkil etish kabi 
    masalalar o‘rganiladi.
    Oltinchi bo‘lim – «Birinchi tibbiy yordam 
    ko‘rsatish»da ishlab chiqarishda jarohatlanganda yoki 
    shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari 
    to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
     
    Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan 
     o‘zaro bog‘liqligi 
    Insoniyatning uzoq o‘tmish hayotiy tajribasi har 
    qanday faoliyat potensial xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. 
    Albatta, bu tasdiq aksio-maviy xususiyatga egadir. 
    Vaholanki, ishlab chiqarish sharoitida xavf darajasini 
    boshqarish hamda kamaytirish ham mumkin. Lekin qanday 
    holatda bo‘lmasin, absolyut xavfsizlikka erishib bo‘lmaydi.
    Xavfsizlik – ma’lum darajada xavf tug‘ilishi bartaraf 
    etilgan faoliyat holati, уa’ni faoliyatni amalga oshirishdagi 
    asosiy maqsadlardan biridir.
    Mehnatni muhofaza qilish – ishlab chiqarishdagi 
    mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan vositalar 
    usullar majmuidir. Demak, insonning mehnat xavfsizligini 
    ta’minlash birinchi navbatda uning mehnat faoliyati 
    jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli 
    faktorlarni o‘rganishni talab etadi. Shu sababli, inson mehnat 
    faoliyatining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot 
    ishlari eramizdan oldingi 384322-yillarda ijod qilgan 
    Aristotel, eramizdan oldingi 460377-yillarda yashagan 
    Gippokrat asarlarida ham uchraydi.
    Tiklanish davrining buyuk, taniqli olimi Paratsels 
    (14931541-y.) tog‘ ishlarini bajarishda yuzaga keladigan 


    10 
    xavfli faktorlarni o‘rganib chiqqan. U o‘z asarlarida: 
    «Barcha moddalar zahardir va bаrchа moddalar dori-darmon 
    hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani za-harga 
    aylantirsa, ikkinchi me’уог esa uni dori-darmonga 
    aylantiradi», deb yozadi. Nemis olimi Agrikol (14941555-
    у.) o‘zning «Tog‘ ishlari haqida» потli asarida, shuningdek
    italyan olimi Ramatstsin (1633–1714-у.), rus olimi М. V. 
    Lomonosov (1711–1765-у.) o‘z asarlarida mehnat 
    muhofazasi masalalariga katta e’tibor qaratgan.
    XIX asrda sanoatni intensiv rivojlanishi natijasida 
    mehnat muhofazasi muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar 
    olib borgan bir qancha olimlar yetishib chiqdi. Jumladan, 
    V.L.Kirpichev (18451913-у.), А.А.Bess (18571930-у.), 
    D.Р.Nikolskiy (18551918-у.), V.А.Levitskiy (18671936-
    у.), А.А.Skochinslay (18741960-у.), S.1.Kaplun (1897
    1943-у.) shular jumlasidandir. Yuqorida ta’kid-langanidek, 
    mehnat xavfsizligini ta’minlash qadimgi davrdan hozirgi 
    kungacha inson faoliyatining muhim tomonlaridan biri 
    hisoblanib kelindi. Shu sababli «Mehnatni muhofaza qilish» 
    mustaqil fan sifatida shakllandi va o‘z nazariyasiga, uslubiga 
    hamda tamoyillariga ega bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda 
    «Mehnatni muhofaza qilish» fani muhandislik psixologiyasi, 
    psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigiyenasi, 
    antropometriya, ergonomika, texnikaviy estetika kabi 
    fanlarning yutuqlariga asoslanadi. Ushbu fanlar bir-biridan 
    tadqiqot qilinadigan yoki o‘rganiladigan оbyektlarining turi, 
    уa’ni «inson-mashina», «inson-muhit», «inson-mashina-
    muhit» tizimlari bilan farq qiladi. Birinchi turdagi tizimlar 
    qonuniyatlarini muhandislik psixologiyasi,. psixofiziologiya, 
    mehnat fiziologiyasi o‘rgansa, «inson-muhit» tizimi 
    qonuniyatlarini mehnat gigiyenasi o‘rganadi. «Inson-
    mashina-muhit» qonuniyatlari esa ergonomikaning asosiy 
    tatbiq obyekti hisoblanadi. Lekin, real ishlab chiqarish 


    11 
    sharoitida barcha turdagi bog‘lanishlar bir vaqtda yuzaga 
    keladi va shu sababli inson o‘z mehnat faoliyatida bir necha 
    omillar bilan bog‘lanadi, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Shu sababli, 
    ishlab chiqarish sharoitidagi umumlashgan xavfli va zararli 
    faktorlarning inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga 
    birgalikdagi ta’sirini alohida mustaqil fan  «Mehnatni 
    muhofaza qilish» fani о‘rganadi.

    Download 0.64 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi

    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish