• Biofizik muvofiqlik.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/111
    Sana11.11.2022
    Hajmi0.64 Mb.
    #29955
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111
    Bog'liq
    o b-uyIaWKwSawW083bgPcENu9cw4H7E (1)
    Nomzodlar uchun savollar, Academic-Data-376201101112, 1 лекция, Soburov Umid, obektivka 72, REJA, AZO BO\'YOQLAR[1]555555, 0.1 Integers, Maktabgacha ta\'lim muassasalarida loy ishiga o\'rgatish, mustaqil ish (3), 2-mustaqil ish Muratqulov.X, 7-topshiriq, self study 16, Ijtimoiy psixologiyada ziddiyatlar muammosi
    Мa’lumotlar muvofiqligi. Murakkab tizimlarda ishchi 
    odatda, bevosita fizik jarayonlarni boshqarmaydi. Chunki 
    ko‘pincha xavflilik nuqtayi nazaridan ishchi, ushbu 
    jarayonning bаjarilish joyidan ma’lum masofada uzoqda 
    bo‘ladi. Boshqarish оbyektlari esa ko‘rinmaydigan, 
    eshitilmaydigan, sezilmaydigan holatda bo‘lishi mumkin. 
    Ishchi faqatgina o‘lchash asboblari va jihozlarining 
    ko‘rsatkichlarini ko‘rishi, signallarni eshitishi va bu orqali 
    jarayon borishini boshqarib, nazorat qilib borishi mumkin. 
    Bu turdagi barcha qurilmalar ma’lumotni aks ettiruvchi 
    vositalar deb yuritiladi. Ayrim hollarda, ishchi boshqarish 
    dastaklaridan, yoqib-o‘chirgichlardan va shu kabi boshqa 
    boshqarish jihozlaridan foydalanishi mumkin. Bunday 
    boshqarish vositalarining birgalikdagi holati sensomotor 


    14 
    qurilmalar deb ataladi. Мa’lumotni aks ettiruvchi vositalar 
    va sensomotor qurilmalar mashinaning axborot modelini 
    tashkil etadi. Ishchi ushbu model orqali eng murakkab 
    tizimlarni ham xavfsiz boshqarishi mumkin bo‘ladi.
    Ish davrida mashinaning barcha texnologik va 
    energetik ko‘rsatkichlarini ta’minlaydigan va shu bilan bir 
    vaqtda ishchining xotirasi va fikrini charchatmasdan 
    (zo‘riqtirmasdan) barcha ma’lumotlarni qabul qilish hamda 
    qayta ishlash imkonini beradigan ma’lumot modelini 
    yaratish – ergonomikaning asosiy vazifasi hisoblanadi. 
    Albatta, bu masala yechimi xavfsizlikni ta’minlash, ishdagi 
    aniqlik, sifat, ish unumdorligi kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq 
    bo‘ladi. Shu sababli, ma’lumot modeli insonning 
    psixofiziologik imkoniyatlariga mos kelishi zarur.
    Biofizik muvofiqlik. Biofizik muvofiqlik deganda
    ishchining maqbul ish qobiliyatini va me’yoriy fiziologik 
    holatini ta’min-laydigan mehnat sharoitini yaratish 
    tushuniladi. Mehnat sharoitining asosiy omillarini ruxsat 
    etilgan miqdorlari (REM) standart asosida belgilangan. 
    Lekin ular ko‘pincha ishchining funksional vazifalari bilan 
    bog‘lanmagan bo‘ladi. Shu sababli, mashinalarni ishlab 
    chiqishda (loyihalashda) shovqin, titrash, yoritilganlik, havo 
    muhiti va shu kabi omillami maxsus tadqiqot qilish va 
    ularning miqdorlarini REM bo‘yicha o‘rnatish talab etiladi.
    Мa’lumki, insonning kuch va energetik ko‘rsatkichlari 
    ma’lum chegaraga egadir. Sensomotor qurilmalarini 
    harakatga keltirish ko‘р yoki juda kam kuch talab etishi 
    mumkin. Birinchi holda, inson tez charchashi va bu 
    boshqariluvchi tizimda ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi 
    mumkin. Ikkinchi holatda esa, ishchi ish dastagi qarshiligini 
    his qilmaganligi sababli ish aniqligi pasayishi mumkin.

    Download 0.64 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та’liм vazirligi

    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish