O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi




Download 14.87 Mb.
bet125/143
Sana23.02.2023
Hajmi14.87 Mb.
#43287
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143
Bog'liq
Tuzilishi
miynetti qorg\'aw, Mavzu Laboratoriya ishi linzaning fokus masofasini aniqlash, 4-sinf Ona tili to\'garak, 7-maktab 7-14 yoshgacha bo\'lgan o\'quvchilar soni, 15.02 53 ga, ДАРС ИШЛАНМА, Сулеймонов Ботир Баходирович, URALOV IKROM, KURS ISHI KK, ma\'ruzalar, Butun dunyoda odamlarning hayoti tobora ko, Tarjimai hol, 1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar, НОД и НОК и их применение (2)
23.Mavzu Kuzovlarga txk
Yengil avtomobillarning kuzovi (asosi) tashuvchi qismi bo‘lib, unga barcha agregat va tizimlar mahkamlanadi. Yengil avtomobillarning kuzovi bir-biridan eshiklar soni, bazasining uzunligi (bazisi) va boshqa ko‘rsatkichlari bilan farqlanadi, 1-rasm.
Limuzin. Limuzinlar yopiq kuzovdan iborat bo‘lib, oynavon to‘sig‘i bor; bu to‘siq kuzovning old tomonidagi o‘rindiqlarni uning yo‘lovchilar o‘tiradigan qismidan ajratib turadi. Ularda ko‘pincha, qaytarma o‘rindiqli o‘rta qator ham bo‘ladi. Limuzin deganda, biz katta yoki yuqori sinf (klass) ga mansub avtomobilni tushunamiz, biroq G‘arbiy mamlakatlarda yopiq kuzovli har qanday avtomobil, shu jumladan sedan va kupe ham limuzin deb ataladi, uzun bazali va uch qator o‘rindiqli avtomobil esa «pulman-limuzin» deyiladi, bu avtomobilda o‘rta va oxirgi qator o‘riqdiqlari bir-biriga qaratib o‘rnatilgan bo‘lishi ham mumkin.
Sedan, kupe va limuzinning shipida – old o‘rindiqlar tepasida, surilma, qopqoqli tuynuk ishlanishi mumkin.
Kuzov shipining old o‘rindiqlarining tepasidagi qismi ochilmaydigan va keyingi o‘rindiqlar tepasidagi qismi ochiladigan bo‘lsa, bunday kuzov lando (ba’zan sedanga muvofiq ravishda – landole) deb ataladi. O‘tmishda keng tarqalgan bu xildagi kuzov hozirgi kunda uchramaydi.
Xardtop – ikki eshikli yon tomonlarida ustunlari bo‘lmagan tomi ochilmaydigan eshiklarining oynalarini tushirib qo‘yish mumkin bo‘lgan kuzov. Yon tomonlarida ustunlarning bo‘lmaganligi sababli tevarak-atrof yaxshi ko‘rinadi va mashinaga katta hajmdagi yuklarni ortish va tushirish ancha oson. Biroq oraliq tayanchlar bo‘lmaganligi sababli kuzov tomining va ko‘tarib turadigan qismlarining bikrligini oshirish talab qilinadi. Xardtop-sedanlar faqat AQSH da ishlab chiqarilib, ularga yuqori quvvatli dvigatel o‘rnatilgan va narxi juda baland. Kupe-xardtoplar tez-tez uchrab turadi. Bu mashinaning bikr tomidagi old va orqa tomonlaridagi oynalarni hoshiyalab turgan xavfsizlik do‘g‘allariga biriktirilgan mashinaning markazidan o‘tgan bo‘ylama balka qoldirilib, tomning boshqa qismi olib tashlansa, sport kupesi hosil bo‘ladi. Bu xildagi kuzov ba’zan «targa» deb ataladi; bu firmaga oid nom bo‘lib, umumiy qabul qilingan nomlar qatoriga kiritilmaydi.


Bazasi uzaytirilgan 4 ta yon eshikli

Me’yoriy bazali, 4 ta yon eshikli.

Me’yoriy bazali, 2 ta yon eshikli

Qisqartirilgan bazali, 2 ta yon eshikli

I. Yopiq kuzovlar:









II. Qisman ochiladigan kuzovlar









III. To‘liq ochiladigan kuzovlar:












Download 14.87 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143




Download 14.87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Download 14.87 Mb.