• ("sentence tree"
  • Chomsky ierarxiyasi
  • 2 grammatika (context-free grammar)
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 294 Kb.
    bet13/27
    Sana20.11.2023
    Hajmi294 Kb.
    #102034
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
    Bog'liq
    Amaliy matemarika va axborot texnologiyalari” kafedrasi Sadullay

    Generativ grammatikada yadro strukturalardan (operandlar) turli shakliy
    o’zgarishlar asosida asosiy ma’noni saqlagan holda ikkilamchi sintaktik qurilmalarning hosil qilinishi (transformatsiyalar = transformalar), bu jarayondagi vositalar (operatorlar) va transformatsiya hosil qilish modellari tadqiq etiladi. Masalan, Salim keldi – Salimning kelishi – Salim kelgach – Salim kelganda – Salim kelishi bilan…; Anvar xatni yozdi – Xat Anvar tomonidan yozildi. Ushbu misollarda transformatsiya uchun asos bo’lgan gap (Salim keldi yoki Anvar xatni yozdi kabi gaplar) operand, transformatsiya natijasi bo’lgan hosila gap (Salim kelgach, Salim kelib yoki xat Anvar tomonidan yozildi kabi sintaktik strukturalar) transforma yoki transformand, operanddan transformandni hosil qiluvchi vosita (ravishdsh, sifatdosh, harakat nomi yoki majhul nisbat shakllari) transformatsiya operatori deb atalai.
    Transformatsion grammatika matematik lingvistika va kompyuter lingvistika fanining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, transformatsion grammatika tabiiy tillarning grammatikasini formallashtirish nazariyasi negizlarini yaratishga asos bo’ldi. Ikkinchidan, transformatsion grammatika avtomatik tarjima tizimining nazariy asosi sanaladi. Transformatsiya va derivatsiya jarayonlarining tabiiy tillarga faol tatbiq etilishi avtomatik tarjima samaradorligini ta’minlaydi. Uchinchidan, transformatsion grammatika til o‘qitishni modellashtirishda ham muhim ahamiyatga molik. To’rtinchidan, transformatsion grammatika tabiiy tillardagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlarning me’yoriyligi va grammatik to’g’ri va noto’g’ri jumlalarni ajratishning aniq mezonlarini belgilaydi.
    N.Chomskiy tavsiya etgan grammatikada gaplarni “tug’dirish” (hosil qilish) uchun o’rin almashtirish qoidalaridan foydalaniladi. Chap qismda gapning struktur komponenti simvollari joylashadi, o’ng qism esa ularning simvollarini o’rniga almashuvchilar yoki simvollar zanjiri (birikuvi)dan iborat bo’ladi.
    So’nggi bosqichda jumla bevosita ishtirokchilar modeli asosida “daraxt” ("sentence tree") ko’rinishida tasvirlanishi mumkin: Context-free grammar – matndan xoli bo’lgan grammatika, chunki undagi qoidalar universal hisoblanib, ma’lum matnga tayanib tahlil etilshga asoslanmaydi, balki u avvaldan empirik tarzda belgilab olinadi. Hozirda ushbu grammatika sun’iy programmalash tillariga (Pascal, C++, Delphi, HTML) faol tatbiq etilgan, shuningdek, tabiiy tillarni formallashtirish jarayonida ham grammatikani bayon qilishning eng optimal usuli hisoblanadi.
    Formallashtirish bu – bilimlar majmuasini, mazmunini muayyan shakllar yordamida sun’iy til belgilari orqali ifodalashdir. Grammatikani formallashtirish tendensiyasi XX asrning o’rtalarida kuchaydi. Bu bevosita tilning strukturasini yanada aniq parametrlarda ifodalashga intilish, uni kompyuterga moslashtirishga urinish bilan bog’liqdir. Formal grammatika nazariyasi matematik mantiq, matematik linvistikaning rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Grammatikani formallashtirish (lotincha forma – “shakl”, “tashqi ko’rinish”) konsepsiyasining asoschisi amerikalik tilshunos Noam Chomskydir. Formal grammatika abstrakt simvollar orqali bayon etiladigan grammatika hisoblanib, unda til qoidalari, so’z yasalishi, birikma va gap qurilishi turli xil lingvistik modellar, struktur sxemalar yordamida tavsiflanadi. Formal grammatika 3 ta birlik asosida ish ko’radi:
    1. Word-classes – so’z turkumlari (tub va yasama so’zlar).
    2. Phrases – gap bo’laklari.
    3. Sentences – gap konstruksiyalari sxemalari, modellari.
    N.Chomsky qoidalarning ifodalanish turiga qarab formal grammatikani 4 tipga ajratgan va bu Chomsky ierarxiyasi deb nomlanadi:
    1. 0 grammatika (unrestricted phrase-structure grammar) – juda murakkab
    generativ grammatika, bunda G=(N,Σ, P, S) belgilari yordamida ish ko’riladi. N, Σ - alifbo (N – noterminal simvollar, u grammatikadagi simvollarni o’z ichiga oladi; Σ - metatilning terminal simvollari, u tildagi so’zlarni qamrab oladi); S – noterminal to’plamning boshlang’ich simvoli, Р – qayta ishlab chiqilgan qoidalar. Bunda terminal va noterninal simvollarni birlashtiruvchi V belgisi qabul qilingan, u inglizcha Vocabulary (lug’at) so’zidan olingan (V=TN). Bu grammatika o’ta abstraktlashgan matematik modellarga, informatika nazariyasiga tatbiq etilgan.
    2. 1 grammatika (context-sensitive grammar) – kontekstga bog’liq grammatika bo’lib, bunda simvollar zanjiri kontekst bilan aniqlanishi mumkin. Bu grammatika tabiiy tillar unsurlarining generatsiyasida faol qo’llaniladi.
    3. 2 grammatika (context-free grammar) – kontekstga bog’lanmagan
    grammatika bo’lib, u programmalashtirish tillari unsurlarining generatsiyasida (ifodalar, buyruqlar tizimida) ishlatiladi.
    4. 3 grammatika (regular grammar) – regulyar grammatika deb ataladi, u juda sodda va cheklangan grammatika bo’lib, tilning sodda unsurlari uchun ishlatiladi (miqdor, konstantalar, o’zgaruvchilar uchun).
    Formal grammatikada 2 ta tushuncha asosiy: a) generation – tug’dirish, hosil qilish, порождение; b) recognition – tanish, bilish, распознавание. Shunga ko’ra grammatika 2 ga bo’linadi: 1) tug’dirish grammatikasi (generative grammar) – tog’ri gaplarni qabul qilish protsedurasi; 2) tushunuvchi, tanuvchi grammatika (recognizing grammar) – to’gri gaplarni tushunish protsedurasi. Demak, grammatika tilning asosida yotuvchi shunday ichki strukturaki, uni har bir til tashuvchisi intuitiv ravishda his qiladi va undan g’ayrishuuriy tarzda foydalanadi.
    Sir emaski, har bir inson o’z ona tili grammatikasini bolaligidanoq o’zlashtiradi. Bu jihatlar esa grammatikani formallashtirish masalasi juda murakkab ekanligini tasdiqlaydi. Grammatikani ideal darajada tavsiflovchi qoidalar sistemasining mavjud emasligi, har qanday tavsiya etilayotgan model nomukammal ekanligi xususida mashhur tilshunos olim K.Fossler shunday yozadi: “Grammatikani fonetika,morfologiya va sintaksisga bo’lish hech kimga sir emas. Tilni uning shakllanishja rayoni ichida emas, balki uning o’z holati ichida o’rganish zarur. Uning ustida anatomik operatsiya o’tkaziladi. Jonli nutq gaplarga, gap bo’laklariga, so’zlarga,bo’g’inlarga va tovushlarga ajratib chiqiladi. Ushu metod to’liq o’zini oqlaydi va ahamiyatga molik natijalarga olib borishi mumkin, biroq shu bilan birga xatolarning manbai hisoblanishi ham mumkin. Xatolar ajratilgan bo’linishning nutq organizmi uchun asos bo’lishini da’vo qilingan paytda boshlanadi, aslida bu bo’linish insoning ixtiyoriga bog’liq ravishda mexanik va majburiy tarzda parchalash edi. Mazkur holat anatomiyadagi holatni eslatadi: anatom o’zining yorish, kesish ishlarini albatta o’zboshimchalik bilan asossiz amalga oshirmaydi, u o’ziga birmuncha qulaylik tug’diruvchi joylarni tanlab oladi. Xuddi shuningdek grammatist ham nutqni tovush,bo’g’in, asos, qo’shimcha kabilarga ajratishda tabiiy bo’lmagan, lekin o’ziga qulay yo’ldan boradi”.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, shu kungacha olimlar tomonidan ishlab chiqilgan barcha grammatik modellar o’ta shartli va nisbiydir.
    Keltirilgan barcha modellar - gap bo’laklari modeli ham, bevosita ishtirokchilar modeli ham, tobelik daraxti modeli ham, transformatsion va generativ grammatika modeli ham mutloq va benuqson emas. Ularning hammasi til va nutq strukturasining qaysidir aspektlarini aks ettiradi xolos. Murakkab sistema hisoblangan tilning barcha qirralarini formallashtirishning imkoni yo’q, bunda muayyan cheklovlar mavjud (ayniqsa, tilning semantik aspektida). Bu xususda nemis olimi 1931 yilda K.Gedel shunday yozadi:
    “Yetarli darajada mazmunga boy nazariya formallashtirilsa, bu nazariyani formal tizimda to’la aks ettirish mumkin emas. Bunda aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qoladi”. Demak, har qanday formallashgan model til grammatikasining butun qirralarini qamrab ololmaydi.

    Download 294 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




    Download 294 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 294 Kb.