|
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 11/27 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 294 Kb. | | #102034 |
Bog'liq Amaliy matemarika va axborot texnologiyalari” kafedrasi Sadullay2.2 Sintaktik tahlil
Sintaktik tahlilning maqsadi frazaning funktsional daraxt tuzilmasini yasash, ya`ni, gapning har xil sathda turgan bo’laklari orasidagi bog’liqliklarni aniqlab, ularni shu bo’laklar orasida o’rnatish. Bunday tuzilma formal tillar nazariyasida [4] sintaktik daraxt, chiqarish daraxti yoki frazaning ichki ko’rinishi ham deb ataladi. Frazaning funktsional daraxtini muvaffaqiyatli qurgach, undan ma`naviy elemantlarni ajratib olish mumkin xisoblanadi: mantiqiy ob`ekt va sub`ekt, mantiqiy predikat, bevosita va bilvosita to’ldiruvchilarni va hollarni aniqlash mumkin bo’ladi. Sintaktik tahlil masalasi quyidagi dasturiy mahsulotlarda har xil yo’llar bilan amalga oshirilgan:
- Ergo Linguistic Technologies Parser;
- Functional Dependency Grammar;
- Link Parser,
- Star4Win (STARLING).
Oxirgi vaqtlarda sintaktik tahlil masalasi bilan ko’pgina ilmiy tadqiqot guruhlari ish olib borayapdilar. Sintaktik tahlil chegarasida flektiv va sintetik tillar uchun nomli guruhlar (ot, sifat va son) ni avtomatik ajratish masalasi hal qilingan desa bo’ladi, lekin, gapni to’liq sintaktik tahlil qilish masalasi tabiiy tillar chegarasida 100% xal etilmagan.
Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo’lishiga qaramasdan, yaqin yillargacha sintaktik tadqiqotlarda, asosan, gapning shakliy tomoniga e’tibor berilgan. Faqat ayrim o’rinlardagina (masalan, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlarini belgilashda ikkinchi darajali bo’laklarning ichki tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini o’rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan bo’lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasida bir xillik yo’q. Ular orasida ikki qaramaqarshi qo’nalish ajralib turadi. Birinchi yo’nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik ma’nosiga asoslanadilar.
Bu yo’nalishda gapning xar bir tuzilish tarixning umumiy grammatik ma’nosini topishga xarakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik ma’nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko’ra, mazmun grammatik shakllanmay, o’z xolicha mavjud bo’lmaydi. Shuning uchun gapning barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari gapning nominativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga asoslanadi. Bunga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi tuzilish tarxlari doirasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari va mazmuniy tuzilish bir-biri bilan kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi.
O’zbek tilida gaplar grammatik asoslarining miqdoriga ko’ra 2 ga bo’linadi: Sodda va qo’shma: Bu shaharda tanish bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko’zlarini allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko’ra 2 xil bo’ladi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz yangi filmni tomosha qildik – yangi filmni tomosha qildik.
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi: sodda yig’iq gap (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi).
O’zbek tilida gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib gap bo’laklarini hosil qiladi. Har bir gap bo’ladi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatiga ko’ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo’lagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi: Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi – bu gapda so’zlar qo’yidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1. Dildora gapirdi. 2. Zavqlanib gapirdi. 3. Uchrashuv haqida gapirdi. 4. Kechagi uchrashuv.
Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: fe’l kesim, ot kesim. Tuzilishiga ko’ra esa sodda kesim va murakkab kesimga bo’linadi.
Fe’l kesim qo’yidagi ko’rinishlarga ega:
A) sof fe’l kesim: Men maktabga boraman.
B) Ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi.
S) Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It xurar – karvon o’tar.
Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z, harakat nomi) bilan ifodalangan kesim ot kesimdir
Ega va kesim gapning grammatik asosidir. Gapni gap bo’laklariga ajratishda bir necha usullardan foydalaniladi. Ulardan ko’p qo’llaniladigani gap tarkibidagi so’zlarga so’roq berishdir. Ammo bu usul har doim ham o’zini oqlamaydi. Chunki gapda so’roqqa javob bo’la oladigan, amo gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan bo’laklar – undalmalar ham ishtirok etadi.
Gapda so’zlar bir-biri bilan grammatik bog’lanadi. Gapning asosini bosh bo’laklar – ega va kesim tashkil qiladi. Shu kunga qadar o’rganib chiqqan sintaktik hodisalar va ularga xos ba’zi muhim xususiyatlarni umumlashtiradi.
|
| |