|
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 8/27 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 294 Kb. | | #102034 |
Bog'liq Amaliy matemarika va axborot texnologiyalari” kafedrasi SadullayI bob bo`yicha xulosa
KL sоhasi xоdimlari hоzirgi kunda mamlakatimizda quyidagi dоlzarb muammоlarni hal etish bilan izchil shug’ullanmоqdalar: a) оna tilini va chеt tillarni o’rgatish; b) turli fanlar bo’yicha оlingan bilimlarni tеkshirish (bahоlash); d) matnlarni turli jihatdan avtоmatik tahrir qilish; e) mashina tarjimasi uchun mo’ljallangan dasturlar ishlab chiqish; f) o’zbеkcha matnlarni kirill alifbоsidan lоtin alifbоsiga o’tkazish dasturini yaratish; g) lug’atlarni hamda matnlarni statistik tahlil qilish va bоshqalar.
Shuni unutmaslik lоzimki, hоzirgi vaqtda rеspublikamizda Davlat tili haqdiga qоnunga amal qilingan hоlda matbuоt, radiо, tеlеvidеniе, ilm-fan va bоshqa sоhalardagi asоsiy ishlar o’zbеk tilida оlib bоrilmоqda. Bu esa o’z navbatida o’zbеk tilidagi matnlarga mo’ljallangan avtоmatik tahrir dasturlarini yaratishga bo’lgan ehtiyojning оrtishiga sabab bo’ldi. Lеkin hоzircha mamlakatimizda ana shunday avtоmatik tahrir dasturlari yaratilgan emas. Bunday dasturlarni yaratish tilshunоs оlimlarning eng muhim vazifalaridan biri sanaladi, chunki bunday avtоmatik dasturlarsiz kоmpyutеrning o’zi o’zbеkcha matn ustida ishlay оlmaydi.
Avtоmatik tahlil dasturi uchun eng avvalо lingvistik ta’minоt zarur, ya’ni o’zbеk tilidagi barcha so’z turkumlari, o’zak va affiks mоrfеmalari, ularning o’zarо birikuvchanlik xususiyatlarini aniqlab kоmpyutеr xоtirasiga kiritish talab qilinadi. Bu juda katta hajmli, ko’lami kеng ish bo’lgani uchun avtоmatik tahrir dasturi bilan shug’ullanuvchi tilshunоs tadqiqоtchi o’z ish dоirasini aniq chеgaralab оlishi zarur bo’ladi.
II bob. Tabiiy tillar grammatikasi
Grammatika tabiiy tillar strukturasi haqidagi fan bo’lib, u morfologik kategoriya va shakllar, sintaktik ketegoriya va konstruksiyalar hamda so’z yasash usullari tizimini tashkil etadi. Til qurilish birliklarining paradigmatik va sintagmatik munosabatga kirishuvi (vertikal va gorizontal yo’nalishda) muayyan qoidalar asosida yuz beradi.
Ushbu qoidalar yig`indisi tilning grammatik qurilishi va grammatik sistеmasi dеb yuritiladi. Grammatika ikki yirik sistemani o’z ichiga oladi:
1. Morfologik sistema – so`z formalari, grammatik shakllar, grammatik
ketegoriyalar tizimi.
2. Sintaktik sistema – sintaktik kategoriyalar va konstruksiyalar, so`zlarning
o`zaro birikish qonuniyatlari.
Grammatika yunoncha so’z bo’lib, “o’qish va yozish san’ati” ma’nosini
bildiradi. Bu tushuncha dastlab xat-savod, imloni o’rgatuvchi fan ma’nosida ishlatilgan.
Keyinroq grammatika tilning fonologik, morfologik, sintaktik va semantik belgilarinita vsiflovchi til qoidalari majmuasi ma’nosiga ko’chgan. Grammatika haqidagi ilk qarashlar falsafa, mantiq, germenevtika (diniy matnlarni sharhlash, talqin etish) qobig’ida bo’lgan. Bunda tilning paydo bo’lishi, til va tafakkur munosabati, lingvistik belgi motivatsiyasi, diniy matnlar mazmunini to’g’ri tushunish bilan bog’liq masalalar o’rganilgan, til strukturasi esa yetarli darajada tadqiq etilmagan. Faqatgina mil.avv.II-I asrlarda shakllangan Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakil Dionisiy Traks (bizning eramizgacha bo’lgan 170-90 yillarda yashagan) o’zigacha bo’lgan tadqiqotchilarning ishlari va tajribalarini o’rganib, ulardan foydalanib, rimliklar uchun "Grammatika san'ati" (“Grammatike techne”) nomli sistemalashtirilgan dastlabki 37 yunon grammatikasini yaratdi. Shundan buyon grammatika falsafadan mustaqil soha sifatida ajralib chiqdi.35 Antik davrda grammatika preskriptiv (to’g’ri gapirish, to’g’ri jumla tuzishni ko’rsatuvchi yo’riqnoma) xarakterga ega bo’lgan. XVIII asr oxirlarida grammatikani tushunish keskin o’zgardi. Bu davrda bobo til konsepsiyasini ilgari surgan qiyosiytarixiy grammatika shakllandi. Unda yevropa tillarining qadimgi sanskrit tili bilan tarixiy aloqasini aniqlash yordamida hind-yevropa tillari shajarasini rekonstruksiya qilish bo’yicha qiyosiy aspektda tadqiqotlar olib borildi.
XX asr boshlarida Ferdinand de Sossyur grammatikani tavsiflashda sinxroniya va diaxroniyani farqladi. Bunda grammatikani tarixiy (diaxron) o’rganishni emas, balki sinxron (muayyan vaqtdagi holati) tadqiq qilish lozim deb hisobladi. XX asrning 50-yillarida Noam Chomsky grammatikani tavsiflashning yangi metodini tavsiya etdi. Bu tilshunoslikda “formal grammatika nazariyasi” deb ataladi. Olimning tadqiqot natijalari kompyuter lingvistikasining shakllanishiga asos bo’ldi. N.Chomskyning formal grammatika haqidagi qarashlari “Syntactic Structures” (1957) hamda “Aspects of the Theory of Syntax” nomli kitoblarida yoritilgan.
Grammatikaga bo’lgan yondashuvlar turlicha bo’lganligi bois tilshunoslik
tarixida turli grammatikalar yaratilgan. Jumladan, nazariy grammatika va amaliy
grammatika; an’anaviy (klassik) grammatika va noklassik grammatika; sinxron va diaxron grammatika; xususiy va umumiy (universal) grammatika; kategorial
grammatika, tobelik grammatikasi, leksik-funksional grammatika, konstruktiv
grammatika, transformatsion grammatika, kontekstdan xoli grammatika (context-free grammar) kabi.
Grammatik tavsifning eng sodda (primitiv) formal modeli gap bo’laklariga ajratish modeli sanaldi. Tabiiy tillar grammatikasida sodda gap ikki qismdan – ega va kesimdan tashkil topgan sintaktik qurilma sifatida tavsiflanadi. Ega nutqning predmetini, kesim esa uning belgisini ko’rsatadi. Ega va kesim alohida so’zlar bilan ham, so’zlar guruhi bilan ham ifodalanishi mumkin. Agar ega va kesim so’zlar guruhi bilan ifodalansa, sodda gap ikki struktur elementga ajratiladi: ega guruhi (noun phrase) va kesim guruhi (verb phrase).
Ega guruhida asosiy mazmun ifodalovchi unsur ot so’z turkumi bilan ifodalangan ega yoki otlashgan so’zlar (substantivatsiya), ega guruhidagi boshqa so’zlar esa eganing aniqlashtiruvchilari vazifasida keladi. Eganing aniqlashtiruvchilari ot, sifat, son, olmosh, kvantifikatorlar (miqdor bildiruvchi so’zlar), determinatorlar (artikllar) orqali ifodalangan aniqlovchi gap bo’lagidir. Kesim guruhida asosiy mazmunifodalovchi unsur fe’l-kesim hamda ot-kesim hisoblanadi, shunigndek, turli so’z turkumlari bilan ifodalangan to’ldiruvchi va hol kesimning aniqlahtiruvchilari bo’lib keladi. Mazkur modelda ega va kesim gapning bosh bo’laklari, gapning semantik sintaktik yadrosi, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol esa ikkinchi darajali bo’laklar deb nomlanadi. Ushbu talqin mumtoz sintaksis tamoyillariga muvofiq keladi.
XX asrning ikkinchi yarmida struktur sintaksis, semantik sintaksis yo’nalishlaripaydo bo’lishi bilan gapning sintaktik tuzilishiga, gap bo’laklariga bo’lgan yondashuv ham o’zgardi. Yuqoridagi ikki cho’qqili nazariyaning o’rniga bir cho’qqili nazariya maydonga keldi. Bunga ko’ra faqat kesimgina gapning grammatik yadrosi sifatida e’tirof etildi. Ushbu yondashuv fransuz tilshunosi Lyusyen Tenyerning verbosentrizm (lotincha verbum – “fe’l”, “kesim” ma’nolarini anglatadi, centrum – “markaz”, ya’ni unga ko’ra gapning markazi – gap bo’lagi sifatida kesim, so’z turkumi sifatida fe’ldir) konsepsiyasi bilan bog’liqdir.36 Ingliz tilshunosi O.Yespersen mazkur konsepsiyaga qarshi o’laroq gapdagi mutloq hokim bo’lak sifatida egani e’tirof etgan. Gap bo’laklari iyerarxiyasida egani markazga qo’yish tendensiyasi mantiq fanidan kelib chiqqan.
Chunki mantiqda ism (subyekt) substansiyani (mohiyatni), fe’l (predikat) aksidensiyani (hodisani) ifodalaydi, degan qarash mavjud. Bunda ega gapning tub mohiyatini aks ettiruvchi birlamchi bo’lak, kesim esa egani to’ldiruvchi, eganing turli belgilarini ko’rsatuvchi ikkilamchi bo’lak sifatida talqin etiladi.
L.Tenyer g’oyalari ta’sirida shakllangan tobelik grammatikasi modellari
kompyuter lingvistikasining avtomatik analiz dasturlarida ishlatiladi. Bu model tobelik daraxti (shajara) deb ataladi. Bunda gap asosan daraxt ko’rinishida tasvirlanadi, jumla tarkibidagi so’zlar bir-biri bilan tobelik munosabatida bo’ladi (bevosita dominatsiya munosabati). Kesim daraxtning ildizida joylashgan bo’ladi va dominant bo’lak hisoblanadi, boshqa so’zlar (gap bo’laklari) unga bevosita yoki bilvosita (boshqa so’zlar yordamida) tobelangan bo’ladi. Tilshunoslikda an’anaviy gap bo’laklariga ajratishdan tashqari yana gapni kommunikativ nuqtai nazardan qismlarga ajratish ham mavjud bo’lib, u gapning actual bo’linishi deb ataladi. Bunda gap tema va rema qismlariga ajratiladi. Bunda tema nutqiy muloqotning bizga ma’lum qismiga nisbatan ishlatiladi, rema esa muayyan narsa, voqea-hodisa, jarayon kabilar haqidagi yangi informatsiyani anglatadi. Ko’pincha tema ega guruhi orqali, rema esa kesim guruhi orqali ifodalanadi. Ba’zan buning aksi bo’lishi ham mumkin. Masalan, “Botirjon universitetda ishlayapti” gapida ega vazifasida kelgan Botirjon tema hisoblanadi, chunki nutq vaziyati uchun Botirjon aniq va avvaldan tanish bo’lgan shaxsdir. Gapda kesim guruhini tashkil etgan universitetda ishlayapti – remadir. Demak, bunda Botirjonning universitetda ishlayotganligi fakti nutq vaziyati uchun yangi xabardir, shuning uchun u rema hisoblanadi. Tobelik daraxti (shajara) modeliga eng yaqin model bevosita ishtirokchilar (immediate constituents) sintaktik modeli hisoblanadi. Bevosta ishtirokchiar metodiga muvofiq tayanch nuqta konstruksiya hisoblanadi. Konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar ajratiladi.38 Konstruksiya atamasi ostida ma’noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlik tushuniladi. Ishtirokchilar deb kattaroq konstruksiya tarkibiga kirgan so’z yoki konstruksiyaga aytiladi. Muayyan konstruksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir nechta ishtirokchilarga bevosita ishtrokchilar deyiladi. Masalan, A’lochi talabalar o’z vazifalarini aniq va puxta bajaradilar. Bu jumla konstruksiya hisoblanadi, uning tarkibidagi barcha ma’noli so’zlar (“va” bog’lovchisidan tashqari) ishtirokchilar, bevosita aloqaga kirishgan so’zlar bevosita ishirokchilar deyiladi. Bunda a’lochi so’zi talabalar so’zi bilan, aniq, puxta so’zlari bajaradilar so’zi bilan, o’z so’zi vazifalarini so’zi bilan o’zaro zich bog’langandir. Demak, bevosita ishtirokchilar sintaktik modelida dastlab so’z birikmalari ajratiladi, so’ngra ular gap ichida birlashtiriladi.
O’zbek tilshunosligi darg’alaridan biri, o’tkir nigohli olim – professor A.Nurmonovning fikricha, mazkur modelda nutqning har bir mustaqil parchasi ikki qismdan tashkil topadi. O’z navbatida har qaysi qism yana o’z ichida ana shunday qismlardan iborat bo’ladi. Ko’rinadiki, har bir konstruksiya binar tamoyilga ko’ra qismlarga bo’linadi va bu bo’linish konstruksiya doirasida graduallik (darajalanish) xususiyatiga ega bo’ladi.
Bevosita ishtirokchilarga ajratish modeli tanqidiy idrok etilib, undagi ayrim g’oyalar asosida bir muncha mukammalroq va formallashtirishning negizi hisoblangan generativ va transformatsion grammatika (generative and transformational grammar) maydonga keldi. Transformatsion grammatika 1950 yillarda dastlab Z.Harrisning tilstruktursidagi transformatsiya xususidagi qarashlari ta’sirida yuzaga kela boshladi, bu yo’nalish Z.Harrisning shogirdi N.Chomskiy tomonidan rivojlantirildi. Unga ko’ra dastlabki yadro strukturalar birikma strukturalar qoidalar tizimi orqali tug’iladi. Ya’ni har qanday til grammatikasi yadro strukturalar (kernel structures) yig’indisidir. Yadro gaplar deb sodda, yig’iq, darak gaplar tushuniladi.
|
| |