• Amorf tillarning
  • Agglyutinativ tillarda
  • Flektiv tillarda
  • Tillarning morfologik tasnifi




    Download 294 Kb.
    bet4/27
    Sana20.11.2023
    Hajmi294 Kb.
    #102034
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Amaliy matemarika va axborot texnologiyalari” kafedrasi Sadullay

    Tillarning morfologik tasnifi
    Jahon tillarining morfologik tasnifi nisbatan keng tus olgan, chunki morfologik tizim tilning eng barqaror sathi hisoblanadi. Morfologik tasnif so`zning tuzilishidagi o`zak va qo`shimchalarni bir-biriga qarama-qarshi qo`yishga asoslanadi.
    Bu tasnifga ko`ra tillarning qarindoshligidan qat’i nazar, so`zlarning tuzilish turi asos qilib olinadi.
    Morfologik tasnifga muvofiq jahon tillari to`rt guruhga bo`linadi:
    1) amorf (so`z o`zgartuvchi qo`shimchasiz) tillar;
    2) agglyutinativ tillar;
    3) flektiv tillar ;
    4) polisintetik tillar.
    Amorf tillarning o`ziga xos xususiyati shundaki, ularda gap tarkibidagi so`zlar hech qanday so`z o`zgartuvchi qo`shimchalarsiz, to`g`ridan-to`g`ri birikib, bog`lanib keladi. Bunday tillarda grammatik ma’no yordamchi so`zlar, so`z tarkibi, muzikal urg`u va intonatsiya (ohang) orqali ifodalanadi. Mazkur vositalar so`zlar orasidagi sintaktik munosabatni o`rnatish uchun xizmat qiladi. Amorf tillarga xitoy, tibet, birma, vetnam va xitoy-tibet oilasiga mansub bo`lgan boshqa tillar misol bo`la oladi.
    Agglyutinativ tillarda har bir grammatik ma’no odatda alohida affiks bilan, ma’lum bir grammatik ko`rsatkich bilan ifodalanadi. Masalan, maktablarga so`z shakli tarkibidagi –lar qo`shimchasi ko`plik ko`rsatkichi, -ga affiksi jo`nalish kelishigi ko`rsatkichidir. Bormadilar so`z shakli bor - o`zak, -ma – bo`lishsizlik shaklini yasovchi affiks, -di – yaqin o`tgan zamon shaklini yasovchi affiks, -lar – III shaxs ko`plikni ifodalovchi affiksdan iborat. Bunda biror affiks o`zakka yoki ma’lum bir affiksga qo`shiladi.
    Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, shu jumladan, o`zbek tili, fin-ugor tillari, dravig, indonez, hindu tillari va boshqalar, shuningdek, alohida tillar hisoblanmish yapon va koreys tillari kiradi.
    Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik ma’no odatda birgina grammatik ko`rsatkich orqali ifodalanadi. Masalan, kniga so`zshakli tarkibidagi –a affiksi (tugallanmasi) uch grammatik ma’noni: 1) jinsni (jenskiy rod), 2) bosh kelishikni (imenitelnıy padej), 3) birlik sonni (edinstvennoe chislo) bildirib kelgan; uchu so`z shakli tarkibidagi –u affiksi ham uch grammatik ma’noni:
    1) aniqlik, xabar maylini;
    2) hozirgi zamonni;
    3) 3-shaxs birlikni ko`rsatish uchun xizmat qilgan.
    Flektiv tillardagi bunday grammatik ko`rsatkich, tugallanma fleksiya deb yuritiladi. Fleksiya ikki xil bo`ladi: tashqi fleksiya va ichki fleksiya.
    Tashqi fleksiya so`z oxiriga qo`shilib kelsa, ichki fleksiya so`zning o`zagida bo`ladi. Fleksiyaning ikkala turi ham so`zni grammatik jihatdan o`zgartiradi. Tashqi fleksiyali tilga rus tili misol bo`la oladi: zeml-ya, vod-a, pol-e, oblak-o, lyud-i, voln-ı so`zlari oxiridagi unlilar, tugallanmalar so`zning grammatik ma’nosini ko`rsatib turadi.
    So`z o`zagi ichidagi tovushni, unli tovushni o`zgartirish yo`li bilan grammatik ma’noni ifodalash ichki fleksiya sanaladi. Masalan, inglizcha o’oman (ayol) so`z shakli tarkibidagi a unlisi birlik sonni, o’omen (ayollar) so`z shaklidagi e unlisi ko`plik sonni ko`rsatuvchi fleksiyadir. Flektiv tillarga hind - Yevropa, semit, xamit tillari kiradi.

    Download 294 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 294 Kb.