O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 294 Kb.
bet6/27
Sana20.11.2023
Hajmi294 Kb.
#102034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Amaliy matemarika va axborot texnologiyalari” kafedrasi Sadullay

1.2 Formal tillar
Ma`lumki inson bor ekan u gapiradi, eshitadi, yozadi, fikr almashadi hech bo`lmaganda imo - ishoralar bilan. Bir biri bilan ma`lum bir qoidalarga asoslangan til orqali muloqotda bo`ladi. Agar o`z fikrini predmetlashtirayotganda biror bir tilni ishlatsa uning elementlari ya’ni belgilari simvollar bo’ladi. Belgining lingvistik ma’nosi simvol yoki harfdan ko’ra keng. Lingvistikada belgi deb shunday s = uchlikka aytiladiki, a- bildiriluvchi ma’no, b-(a-ma’noni) bildiruvchi ifoda, c- a va b moslik qoidalari. Simvol – belgidan ko’ra torroq ma’noga ega.[1,22] Har qanday simvol – belgi bo’la oladi, lekin aksi o’rinli emas. Simvol ma’no va sintaktikadan ozod. Faqatgina ifoda (ko’rininish) ga ega. Harf esa o’z navbatida simvoldan ko’ra torroq ma’noga ega. Harf tabiiy tillarda so’z yasash uchun ishlatiladi. Har qanday harf – bu simvol, lekin aksi o’rinli emas. Alfavit deb simvollarning ixtiyoriy to'plamiga aytiladi. Alfavit chekli yoki sanoqli bo’lishi shart emas, lekin amaliy masalalarni yechishda uning chekli bo’lishi shart.[1,35] Alfavitga misol qilib o’zbek tili alfaviti, umuman ixtiyoriy tabiiy til alfavitini, binar alfavit {0, 1} ni, notalar alfavitini va h.k. keltirish mumkin. Muhim alfavitlardan biri sifatida ko’plab dasturiy tizimlarda ishlatiladigan ASCII kodini keltirish mumkin. Agar alfavitdagi simvollardan bir nechasini (har xil bo’lishi shart emas) ketmaket joylashtirsak simvollar zanjiri hosil bo’ladi. Zanjir simvollari orasida chiziqli tartib mavjud. Masalan 100001 zanjir binar alfavit satridir. Satr, so’z va agar lingvistik ma’no interpretatsiya qilinganda - gap terminlari zanjir tushunchasiga sinonim tushunchalar sifatida ishlatiladi. Bitta ko’p uchraydigan satr mavjud, bu- bo’sh satr. Bo’sh satr e yoki е bilan belgilanadi. Bo’sh satr – bitta ham simvolga ega bo’lmagan satr.
Ta`rif :  alfavitidagi L til edeb  L  * ga aytiladi, bu yerda * = 0  12 U 3 U ..., o’z navbatida 0 = bo’sh (uzunligi 0 ga teng bo’lgan satr, i = … - (i ta ko’paytma),  = {xy | x,y  }.[3,112] ­­­­
Bu ta’rif taxminan hamma mavjud til tushunchalariga to’g’ri keladi. Pascal, C, Java, hattoki tabiit tillar uchun ham, masalan, o’zbek tili ham bu ta’rifga mos keladi. Til – umumiy tushuncha bo’lib, unga tabiiy tillar bilan birgalikda formal tillarni ham kiradi. Hozirda formal tillar tarkibiga kiruvchi bir nechta zamonaviy dasturlash tillari mavjud. Ushbu tillar leksik analizi regulyar grammatika yordamida, sintaktik analizi esa kontekstdan xoli grammatika yordamida amalga oshiriladi. Dasturlash tillari kompilyatsiya jarayonining muhim bo`lagi bo`lgan sintaktik tahlil jarayonida ishlatiladigan KX grammatikani, tabiiy tillar uchun ham qo`llasa bo`ladi.
Umuman aytganda ixtiyoriy tilda (formal yoki tabiiy) tuzilgan gap to’g’ri gap bo’lishi uchun u quyidagi shartlarni qanoatlantirishi kerak:

  • Til alfaviti asosida so’z tuzish qoidalarini (morfologiya, leksika)

  • To’g’ri so’zlardan qap tuzilmasini tayyorlash qoidalarini (grammatika, sintaksis)

  • Gapga ma’no “berish” qoidalarini (semantika).

Formal til (FYA) va formal grammatika (FG) tushunchasi. Formal til – bu so`zlardan tashkil topgan gaplarning to`plamidir. Qator – bu cheklangan uzunlikdagi belgilar ketma-ketligidir (belgilar biri biridan keyin yozilgan). Ushbu belgilarning har biri avvaldan berilgan alfavitning bo`lagi hisoblanadi.
Alfavit – belgilarning yoki literalarning bo`sh bo`lmagan tugallangan to`plami bo`lib, ular yordamida qatorlarni ko`rish mumkin. Formal tilda qatorlardan gaplar ko`riladi va bu qatorlar belgilar zanjiri deb ataladi.
Izox:
Formal tilni berilishi uchun uning alfaviti va formal gramatikasini ko`rsatish zarur. Formal grammatika – qatorlar to`plamini ifodalash uchun kerak bo`ladigan qoidalar tizimidir (belgilarning tugallangan ketma-ketligi).
O`z navbatida qatorlar gaplarni tashkil etadi va x.k. Bunday qatorlar to`plami tilni tashkil etadi. Til qandaydir formal grammatika bilan ifodalanadi deb hisoblasak, grammatika tilni yuzaga keltiradi. Har bir formal til gaplari qandaydir qoidalardan kelib chiqqan holda tuziladi. Bu qoidalar tilning sintaksisini tashkil etadi. Formal tilning muammolaridan biri til sintaksisini ifodalashdan iboratdir. Mazmuni: agar tillar ko`p bo`lmagan tugallangan gaplardan tashkil topgan bo`lganlarida edi, u holda ularni sanab chiqish mumkin bo`lar edi va konstruktsiyalarning to`g`riligi ushbu to`plamga tegishli yoki tegishli emasligi bilan tekshirilar edi.
Lekin, mumkin bo`lgan gaplar soni shunchalik ko`pki, ularni sanab chiqishning sira iloji yo`q. Shuning uchun tillar sintaksisini ifodalovchi maxsus – metatillar (tillar ustida tillar) mavjud. Ushbu tilda til konstruktsiyasini to`g`riligini aniqlovchi qoidalar tizimini ifodalanadi. Grammatika – til sintaksisini qoidalari to`plamidir.

Download 294 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 294 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 294 Kb.