Bilimlarni yetkazish shakliga ko’ra




Download 10,75 Mb.
bet12/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

Bilimlarni yetkazish shakliga ko’ra:


Og’zaki metod: Ta’lim metodlari tizimida muhim o’rin tutadigan metod bo’lib, o’zi ham quyidagi turlarga bo’linadi:

  • hikoya

  • suhbat

  • tushuntirish

  • ma’ruza

Ko’rgazmali metod: samarali metodlardan biri hisoblanib, zamonaviy ta’limning asosini tashkil etadi.
Ko’rgazmali metod 5 turga bo’linadi:

  • Namoyish

  • Tasvirlash

  • Sayohat

  • Kino

  • Grafik ishlar

Amaliy ishlar metodi: Nazariy bilimlarimizni amalda tatbiq etish uchun eng zarur metod hisoblanadi.

  • Mashq

  • Laboratoriya

  • Amaliy ishlar

Og`zaki bayon qilish metodi ikki formada mavjud bo’lishi mumkin:
1. Monologik bayon qilish, bunda faqat o’qituvchi gapiradi, o’quvchilar esa uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo’l mehnati darslarida tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj ko’rinishida bo’ladi. 2. Dialogik bayon bo’lib bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro suhbatidir.
Hikoya qilish – bu programma materialini jonli va obrazli bayon qilishdir. Bu holda yangi bilimni o’qituvchining o’zi beradi. Ba’zan suhbat davomida o’quvchilar tushuntirilayotgan narsalarni qanchalik o’zlashtirayotganliklarini aniqlash maqsadida ularga savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agarda bajarilgan ishlar, natural namunalar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni ko’rsatib qilinsa, anchagina tushunarliroq bo’ladi. Bu o’rinda tushuntirayotganingda – ko’rsat, ko’rsat va tushuntir degan qoida bajariladi. Yangi materialni bayon qilishda o’quvchilarning bir xil emasligini nazarda tutish lozim.
O`qituvchi hikoyasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
U mazmuniga ko’ra – programmada nazarda tutilgan barcha o’quv materialini aniq va to’liq qamrab olishi kerak;
Bayon etilish shakliga ko’ra – aniq, tushunarli, mantiqiy, iboralari sodda bo’lishi zarur;
Material qiziqarli va o’quvchilarning fikrini aktivlashtiradigan, diqqatini yangilikning asosiy elementlariga jalb qiladigan bo’lishi lozim;
Hikoyada o’qituvchi o’quvchilarbop fakt va tushunchalarga asoslanishi lozim. Nutq sodda va aniq bo’lmasa o’quvchilarning hikoyaga, keyinchalik predmetga bo’lgan qiziqishi so’nishi mumkin. O`qituvchi hikoyasida o’quvchilarning nutqini yangi so’zlar bilan boyituvchi atamalar bo’lishi, ularning ma’nosini shu vaqtning o’zida tushuntirmog`i shart;
Hikoya qilinayotgan materialni saralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, asosiy tushunchalarga alohida urg’u berib, hikoyani qisqa va o’quvchilarda his-hayajon, mavzuga qiziqishini uyg’otib borishi lozim, o’qituvchida albatta aktyorlik qobiliyati bo’lishi, hikoyani obrazga kirib, o’quvchilar e’tiborini jalb qila olish malakasi mukammal bo’lishi kerak.
Instruktaj – texnologiya fanining samarali metodlaridan biridir. Instruktajning maqsadi o’quvchilarning amaliy faoliyatlarini uyushtirish va yo’naltirish orqali ularning amaliy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini hamda ularda mehnatga ongli ijodiy yondashishni tarbiyalashni ta’minlashdir. Instruktaj olgan o’quvchiga ishning maqsadi va usullari ravshan bo’lishi kerak. Instruktajning vazifasi o’quvchilarga texnologik jarayonni ongli va to’g`ri rejalashtirishni o’rgatishdan iboratdir.
Instruktaj olgan o’quvchilar: ishni ratsional usullarda va to’g`ri izchillikda bajara bilishlari, mehnatni tashkil etishning belgilangan formalari va xavfsizlik texnikasi qoidalarini amalga oshirishlari, yo’l qo’yilgan xatolarni ish jarayonida tuzatishlari va ularning paydo bo’lish sabablarini bartaraf eta bilishlari kerak.
Og`zaki instruktaj suhbat yoki hikoya qilish metodi orqali berilishi mumkin. Suhbat va hikoya qilish jarayonida ham predmetlar yoki ish usullari namoyish etilishi mumkin. Grafik ishlar texnik mehnatni o’rgatishda muhim o’rinni egallaydi. Biror narsaning chizmasini chizishga butun bir dars, ba’zan ikki dars bag`ishlanadi. Shuning uchun texnik texnologiya darslarida chizmani chizishga kirishishdan oldin, chizmachilikda o’quvchilarni programma asosida
chizmalarni bajarish uchun zarur bo’lgan elementlari bilan tanishtirish lozim.
Chizmani tayyorlashga kirishishdan oldin masshtabning qanday belgilanishini chizg’ichlar yordamida amalga oshirish zarur. Chizmalar daftarda emas, balki chizmachilikka mo’ljallangan albomda bajariladi. Chizmaning butun texnik texnologiya fani darslarida bitta albomda bajarilgani qulay, maqsadga muvofiqdir. O`quvchilarning chizmalarini muntazam tekshirish va baholab borish kerak. Chizmalarni qoralama qog`ozlarga chizish tavsiya etilmaydi. Chizmani bevosita albomga toza qilib chizishga odatlantirish kerak. O`qituvchi o’quvchilardan chizma va yozuvlarni aniq, ravshan va tartibli bajarishlarini talab qilishi lozim. Chizmani aniq bajarmay turib, o’quvchilarga chizmani materialga to’g`ri ko’chirishga, chizmani o’qishga o’rgatib bo’lmaydi; qo’l mehnati darslarining asosiy vazifasi esa ana shundan iboratdir.
O`qituvchi ish sifatini o’quvchilarning albomlarni qanday tutganligi bilan baholashi mumkin.
Amaliy ishlar o’quvchilarga egallagan bilimlarini amalda qo’llashni o’rgatishda yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzishlari katta ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarning o’quvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu egallangan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Laboratoriya ishlari ta’limning turli bosqichlarida bo’lishi mumkin. Laboratoriya ishlarining o’tkazilishi egallangan bilimlarning ishonarlilik kuchini oshiradi, bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalda qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi.
Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham o’tkazilishi mumkin. Ushbu jarayonda o’quvchilarda mas’uliyatni his etish, kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi. Laboratoriya ishlari o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol va turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalar o’tkazish metodli hisoblanadi. Amaliy ishlarning laboratoriyalardan farqi shundaki, nazariy bilimlar majmuyini amalda qo’llash faoliyatini tashkil etadi, olingan bilimlar chuqurlashtiriladi, nazorat qilinadi, kamchiliklar tuzatiladi.
Amaliy mashg’ulot quyidagi 5 bosqich asosida tashkil etadi.

  1. O’qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash;

  2. Ko’rsatma va yo’l-yo’riq berish;

  3. Tajribani tashkil etish: (bunda 2-3 nafar o’quvchi amalda bajaradi, qolganlari bu faoliyatni kuzatib boradi);

  4. Faoliyatni tashkil etish: (topshiriq mustaqil bajariladi, qiynalgan o’quvchilarga e’tibor qaratiladi);

  5. Nazorat (o’qituvchi tomonidan ishning sifati kuzatilib, baholanadi).

Mustaqil ishlar – bu o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig`i bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu o’rinda o’quvchilar o’zlarining intilishlarini qo’llab hamda aqliy va jismoniy harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab, topshiriqda qo’yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar.
Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish kerakki, o’quvchilar qo’l mehnatini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy malakalar o’rtasida uzviy aloqa bo’lishi kerakligini his etsinlar. O`quvchilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan holda bo’lmasligi kerak.
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan birga o’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadilar.
Mustaqil ishlarning keng qo’llanilishi o’quvchilarda ishga ijodiy yondashishni, ulardagi bilishga, qiziqishlarni, olingan bilimlarni amalda qo’llay bilishni rivojlantirishga yordam beradi.

Download 10,75 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95




Download 10,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilimlarni yetkazish shakliga ko’ra

Download 10,75 Mb.