• MAVZU. O‘QUVCHILARNING MEHNAT TARBIYASIDA MEHNAT AN’ANALARINING O‘RNI
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 10,75 Mb.
    bet15/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


    1. Integratsiyalashgan ta’limning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering.

    2. Boshlang’ich sinf texnologiya fani qaysi fanlar bilan aloqadorlikda o’qitilishi mumkin? Misollarda tushuntiring

    3. Texnologiya darslarida integratsiyalashgan ta’limdan foydalanishning metodik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?

    4. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirishning asosiy omillariga nimalar kiradi?.

    5. Integratsiya orqali o’quvchilarda mehnat malaka va ko`nikmalarini oshirish yo`llarini tushuntiring.

    6. Fanlar aloqadorligida mehnat darsini tashkil qilishning sifatini oshirish yo`llari qaysilar?



    1. MAVZU. O‘QUVCHILARNING MEHNAT TARBIYASIDA MEHNAT AN’ANALARINING O‘RNI


    Reja:



      1. Xalq merosida mehnat an‘analarining o‘rni.

      2. Mehnat an’analarining o‘quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.

      3. Texnologiya darslarida mehnat an‘analaridan foydalanishning shakllari.

    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Xalq merosi, mehnat an`analari, texnologiya darslarida mehnat an`analari, Boshlang‘ich sinflarda Texnologiya fani va an`analarining asosiy vazifalari, mehnat madaniyati.

    Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyasi Respublika Konstitutsiyasida e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek ijtimoiy - iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko'tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o'rin egallashga yo`naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda yangi tahrir ostidagi O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab


    voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o'zida ta'lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko'tarish, shu bilan birga jahon ta'limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. O`sib kelayotgan yosh avlodni xalq pedagogikasida milliy qadriyatlar vositasida talabalarni estetik tarbiyalashda mamlakatning milliy ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqqan holda avlod - ajdodlarimizning turmush tarzi an’analari, urf- odatlari hamda tajribalarini hisobga olgan holda rivojlantirish muhim masalalaridan hisoblanadi. Bu esa, o’z-o’zidan ma’lumki, Respublikamizning milliy davlat sifatida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy- madaniy kamol toptiruvchi o’z taraqqiyot yo’lini, milliy istiqlol mafkurasini qaror toptirish va uni barcha xalq ongiga singdirish zaruriyatini taqozo etadi. Kadrlarga bo’lgan hozirgi zamon talabi ham Prezidentimiz aytganlaridek, “Ertangi kun yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan malakali mutaxassislarni talab etadi.” O’zbekistondagi tub o’zgarishlarni oily maqsadi – an’analarini, urf-odatlarini, milliy qadriyatlarini qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash va yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat. Shunga ko’ra, mustaqillik ta’lim-tarbiya sohalarida ham, umuman jamiyat ma’naviy-axloqiy hayotida tub burilish davrini boshlab berdi. Bizning mavzu milliylik haqida borar ekan, bu jumlaning mohiyatini anglovchi, ochib beruvchi bir qancha tushunchalar mavjud, ya’ni bular urf-odat, qadriyat, marosim, bayram, an’ana kabi tushunchalardir. Urf-odat, marosim , qadriyat, bayram, an’ana kabi tushunchalar har bir xalqqa xos bo’lib va albatta, har bir xalqning o’ziga xosligini, milliyligini, tarixiy kelib chiqishini, boshqa xalqqa xos bo’lmagan qirralarini ko’rsatib beradi. Jamiyatning har bir a’zosi o’zining kelib chiqishi tarixini bilishi, qadriyat, marosim, bayram, an’analarini hurmat qilishi va o’z navbatida farzandlarini ham milliy ruhda tarbiyalashi lozim. Farzandlarimiz go’zal axloq egasi bo’lishi uchun, ularning ongiga avloddan avlodga o’tib kelayotgan an’analarimizni turmushimizda amal qilgan holda singdirishimiz lozim. Albatta, bu o’z ijobiy samarasini beradi va bu odatlar turmushimizda takrorlanib turishi natijasida ixtiyorsiz ravishda o’z- o’zidan bolalar ongiga singib boradi hamda ularning tarbiyasiga, xulq- atvorini shakllantirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
    Boshlang‘ich maktablarda Texnologiya fani va an`analarining asosiy vazifalari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan. Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to‘gri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarini me’yori va sifatiga, ish ko‘rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
    Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda eng avvalo, mehnatga ongli munosabatni shakllantirish tushuniladi. Shu o‘rinda buyuk allomalarning hadislari-yu ilm, mehnat va hunar haqidagi fikrlaridan foydalanamiz:

    1. Ey o‘g‘il! Qaysi fan bo‘lmasin, to uni mukammal egallamaguningcha harakatni to‘xtatma, bir ilm ikkinchi ilmni egallashga yordam beradi. Bir ilmni egallashga aqling yo‘l berdimi, uni oxirigacha egallamay turib, chala tashlab qo‘yma! (A. Sheroziy).

    2. Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdur oxir (Alisher Navoiy).

    3. Aziz do‘stlar, oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-hushi va kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir (Abdulla Avloniy).

    4. Mehnat inson hayotini farovon qiluvchi davlatdir (Abu Rayxon Beruniy).

    5. Mehnat qilmoq insonga xosdur. Agar sen inson bo‘lsang, o‘z xulqingni mehnat tumori bilan beza (Alisher Navoiy). 6. Sen avvalo mehnatni qadrla va o‘zgalar qilgan mehnatni ham qadriga yet, shunda sen o‘zingni haqiqiy mehnatsevar deb bilursan (Imom al-Buxoriy).

    1. O‘z mehnating bo‘lsin doim yo‘ldoshing, O‘zga minnatidan og‘ritma boshing. Kunlaring o‘tarkan terib dur-hikmat, Kunlaring to‘liqdir bo‘lsa hur mehnat (Abdurahmon Jomiy).

    Agarda boshlang‘ich sinflar o‘quvchilariga tatbiqan gapiradigan bo‘lsak, ularning bu yoshidan mehnatni sevish, shu mehnat
    natijalariga hurmat bilan yondashishlari nazarda tutiladi. Mehnatga munosabat shu mehnatning muhimligi va zarurligini tushunish, bunday mehnatda jonbozlik ko‘rsatish, ishga shaxsan mas’uliyatni his qilgan holda yondashish ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mehnatga axloqiy tayyorlash — bolalarga jamoada ishlashni, do‘stona o‘zaro yordamni, ijodiy tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish va mehnatda xatti-harakat normalarini o‘rgatishdan iborat.Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash. Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash murakkab, uzoq davom etuvchi va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u butun texnologiya fani va tarbiyasiga singib ketgandir. U garchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsada, mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir. Bolani mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash — bu unda mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko‘nikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat — bu har bir kishining vijdoni va burchi ekanligini, inson o‘z mehnati bilan sharaflanishini, faqat Vatan farovonligi yo‘lida qilingan mehnatdagina insonning eng yaxshi sifatlari rivojlanishi hamda takomillashishi mumkinligini anglashlariga yordam berishdir. Bolalarning mehnatga qobiliyati har bir kishi jamiyatning hayoti va faoliyati, uning farovonligi uchun zarur bo‘lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashishi zarurligini anglashlari juda muhimdir. Shuningdek, bolalar jamiyatda kishi mehnatsiz yashay olmasligini ham uqib olishlari kerak. Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash, emotsional idrok, diqqat, xotira, tafakkur va shu kabi jarayonlardir. Boshqacha qilib aytganda, ular mehnatning psixologik tarkiblari deyiladi.
    Mehnatga o‘rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Ma’lumki, mehnat faoliyati, texnologiya fani uchun ham turli sezgilar yig‘indisining (ko‘rish, eshitish, his etish, ta’m bilish, teri, muskul harakati) namoyon bo‘lishi xarakterlidir. Shuning uchun o‘qituvchilar quyi sinf o‘quvchilariga yangi materialni yoki asbobni tanishtirayotganlarida bolalardagi sezgining barcha turlarini faollashtiradilar: bolalar qog‘ozni ushlaydilar, silaydilar, aylantirib ko‘rib chiqadilar, uning
    qanday shitirlashiga quloq soladilar. Sezgilarning bunday faollashuvi ma’lumot haqida to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beribgina qolmay, balki bu psixologik jarayonni rivojlantiradi, takomillashtiradi. Mehnatga tayyorlashning yanada muvaffaqiyatliroq bo‘lishi uchun bolalarning xotiralarini o‘stirish vazifasi ham albatta amalga oshiriladi. Texnologiya fani bo‘yicha o‘quv materiallarini eslab qolish boshqa buyumlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga ega.
    Texnologiya fanini o’rganish jarayonida o’quvchilar xalqimiz ruhiyatini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish maqsadida xalq hunarmandchiligining kiritilishi milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining ko’p qirralari boy merosini o’rganish, o’zlashtirish va amaliy faoliyatlariga qo’llash vazifasini hal etadilar. Texnologiya fanining amaliy va ishlab chiqarish mazmunidagi an’anaviy sinf-dars mashg’ulotlariga nisbatan shogird- ustoz tizimi tarbiyaviy mahsuldorligi, samaraliligi, bo’lg’usi hunarmandning shaxsiy xislatlarini shakllanishida, ularning oilalarini moddiy ta’minlanishida hamda tarixiy qadriyatlarning yanada boyishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi. “Ustoz-shogird” tizimi mashg’ulotlarini tashkil etishni oliy o’quv yurtlaridagi musiqa ta’limida talabalar bilan o’qituvchilarning yakka tartibdagi mashg’ulotlar o’tkazishi bilan taqqoslash mumkin.
    Texnologiya fanida elektron hisoblash texnikasi, mexanizasiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan qurilmalar va avtomatikaning qo’llanilishini o’rganish, o’quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi avtomatik va dasturli boshqarish tizimlari, robot texnika va ishlab chiqarish texnikasini, texnologiyasini ta’limning davr talablari darajasi va jahon andozasiga mos holda o’rganilishini ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda kam e’tibor berilayotgan, hatto yo’qolib borayotgan turli xildagi ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar: o’quvchilar ishlab chiqarish jamoalari, maktablararo o’quv ishlab chiqarish markazlari, o’quvchilar mehnat jamoalari, mavsumiy ishlarida va otaliq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida qatnashishlari va boshqalar mazmunan va shaklan qayta ko’rib chiqilib, qayta ishlab, zamon ruhiga moslashtirilishi va ta’lim tizimi amaliyotiga qo’llanilishi, texnologiya fanining maqsad, vazifalarini amalga oshirishda asosiy shartsharoitlardan hisoblanadi. Texnologiya fanini amalga oshirishda maktablar, maktabdan tashqari tarbiyaviy
    muassasalar, oila, jamoatchilik, ishlab chiqarish korxonalari, xalq hunarmandlarining tajribalari hamda o’zaro hamkorlikdagi munosabatlari tiklanib, o’quv jarayonida foydali mahsulot–tovar moddiy ne’matlar yetishtirilib, ta’lim muassasalarining bozor iqtisodiyotini amalga oshirishda qatnashishida erishish ham dolzarb muammolardan hisoblanadi.
    Texnologiya fanini amalga oshirishda ta’limning quyidagi tamoyillariga rioya etish talab etiladi:

      1. Ta’limning asosini tashkil etuvchi tamoyillar:

    -nazariy ta’limni unumli mehnat bilan qo’shib olib borilishi;
    -ta’limning politexnizm asosida qurilishi;
    -ta’limning kasbiy yo’naltirilganligi;
    -ijodiy rivojlantirishga yo’naltirilganligi. II.Umumdidaktik tamoyillar:

    • amaliyligi; ilmiyligi; tarbiyaviyligi;

    • ijodiyligi; -ko’rgazmaliligi;

    • moddiy-texnika jihozlari bilan ta’minlanganligi;

    • izchilligi;

    • uzviyligi va boshqalar.

    Ta’lim tarbiyasi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo‘Iib yetishishi, kasb-hunar o‘rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug‘lashi masalalariga alohida e’tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz. Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta’limiy-axloqiy asarlar va xalq og‘zaki ijodi namunalari: topishmoq, xalq qo‘shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda ko‘ramiz. Ularda mehnat va kasb-hunar odohi, axloqi va qoidalarini o‘zlashtirish muhim hayotiy zarurat ekanligi ta'kidlanadi.
    Bundan tashqari “Avesto”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Geodeziya”, “Minerologiya”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma’rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. O‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishini tarbiyalashda insoniyat mehnat faoliyati tarixini o‘rgatuvchi omillarga tayanib, o‘quvchilarni kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ulkan zamin
    yaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O’quvchilarni mehnat turlariga qiziqishini oshirish, kasb tanlash va o'zlashtirishni shakllantirib borish uchun pedagoglar zimmasiga o‘quvchilarga yoshligidan boshlab ta’lim, tarbiya berish bilan birga kasb-hunarga qiziqishishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim:

    • boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kasb-hunar to‘g‘risidagi tushunchalami singdirish;

    • о‘quvchilarni yoshiga, jinsiga mos kasb-hunar tanlashida ularga pedagogik-psixologik yondashish;

    • kasb-hunarga qiziqtirishda o‘quvchilarning yoshi va qobiliyatlarini hisobga olish;

    • mahalla oqsoqollari, mehnat faxriylar bilan muntazam aloqalar o‘rnatish;

    • mehnat ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirishni tashkil etish;

    • darslarda mutafakkirlar merosidan foydalanib, kasb-hunarga oid fikrlari bilan tanishtirish

    O‘tmishdagi mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari va ma’rifatparvar shoirlarning, mehnat, kasb-hunar to‘g‘risidagi qimmatli fikrlarining biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ulardan yosh avlodni mehnarsevarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin. Bizga ma’lumki, o‘zbek xalqining qadimiy kasb-kori asosan dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bo’lgan. Ushbu kasblar yuzlab yillar davomida shakllanib har biri o‘z ichida o‘nlab tarmoqlarga ajratilgan va gullab yashnagan.
    Muqaddas kitob “Avesto”da ham mehnat moddiy boyliklar manbayi bo‘lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan axloqiy jihat, yaxshilik manbayi deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. Xalq pedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o‘yib yozilgan naqshdir”, deb ta’kidlanadi. “Farzandlarga odob-hunar o‘rgatmak merosdur”, - deb nasihat qilinadi “Qobusnomada”. - “Sen odob, hunar va donishni o‘zingdan meros qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish bo'lgaysan”. Chunki xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo‘qdir. Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din yaxshiroq meros yo‘qdir. Agar xos odamlaming farzandlari yuz hunar bilsa va lekin hech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun
    ishga yaragusidir. Demak, albatta hunar o‘rganmoq zarurdir. Hunarning nechog‘lik zarur ekanligi qator rivoyatlar, naqllar, ertak, dostonlarda ham o‘z aksini topgan. “Oltin baliqcha”, “Savdogar bilan podachi”, “Sirli gilamcha”, “Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi ertaklar, “Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular jumlasidandir. Hunar egallash ham bir fazilat, mahoratdir. Hunar egallashda halollik, poklik, sabr-qanoat, matonat, mehhnat madaniyatiga rioya qilish muhim rol o‘ynaydi. Ota-bobolarimiz ham hunar o'rganishni asosiy vazifa ekanligini o‘rgatib kelganlar. Aburayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchiklab o‘rgangan va hunarni yuqori baholagan. U hunarmandchilikda, mehnatda to‘liq ustozlik san’atini egallab olish kerak, degan fikrni aytadi. Odatda, o‘sha davrda hunar va tabiiy bilimlar maktablarda o‘rgatilmay yakka tartibda berilgan.

    1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida.

    2. Shogird tushish, tanilgan usta qo‘lida yakka shogird bo‘lish.

    3. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o'rganish.

    Xalqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni tarbiyalash, otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda mehnat munosabatlarini kamol toptirish, kelajak hayotga tayyorlashni o‘zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. Tanlangan usta- hunarmandlar uyida yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil hunarga ta’alluqli bo‘lmagan yumushlarni ham bajarib yuraverganlar.



    Download 10,75 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

    Download 10,75 Mb.