• MAVZU: BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA MEHNAT TARBIYASI VA KASB-HUNAR TURLARI
  • Mavzu yuzasidan savol va topshirilar




    Download 10,75 Mb.
    bet18/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Mavzu yuzasidan savol va topshirilar:


    1. O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar ta’limotining ahamiyati qanday rol o’ynaydi? Misollarda izohlang.

    2. Kasb-hunar haqida ma’lumot bering.

    3. Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid qarashlari, fikrlarini misollarda tushuntirib bering.

    4. Kasb-hunar haqida qanday tadbirlar mavjud?

    5. An’anaviy kasb-hunarlar deganda nimalar nazarda tutiladi?

    6. Kasb-hunar haqidagi o’yinlar va ularni o’ynash usullarini izolab bering
    1. MAVZU: BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA MEHNAT TARBIYASI VA KASB-HUNAR TURLARI


    Reja:



      1. O‘quvchilarni mehnatga tarbiyalsh. 2.Kasb-hunarlar haqida tushuncha.

    1. Kasb-hunar turlari va mazmuni.

    2. Texnologiya darslarida kasb-hunarga yo‘naltirish.

    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Kasb,hunar,mehnat tarbiyasi,kasb tiplari,kasb guruhlari,kasb turkumlari,mezonlar
    Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining pirovard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir.
    Maktab ta'limining hozirgi bosqichida o'quvchilarni mehnatga tayyorlash, o'sib kelayotgan avlodning ta'lim va tarbiyasidagi eng zarur vazifalardan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday rivojlanish va taraqqiyot jarayonining asosidir.
    Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:

    • yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;

    • o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;

    • ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;

    • o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;

    • ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;

    • o‘quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;

    • o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish;

    • o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish.

    Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo'l mehnati hisoblanadi.
    Qo'l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiya chiqindilari qog'oz, karton, sim, yog'och, gazmol va boshqalar bilan: tabiiy va sun’iy xom-ashyolar maxsus loy, yog'och va plastmassalar, plastilin, yelim va boshqalar bilan keng iste'mol mollari va xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, tayyorlash uchun mahalliy xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to'plamlari va hokazolar bilan ishlashga o'rganadilar.
    Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
    Bolani mehnatga psixologik tayyorlash – unda mehnatga nisbatan uning yoshiga mos keluvchi ongli vaq ijobiy (musbatlar) munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko'nikmalarini egallashga qiziqishlarni shakllantirishdan iboratdir.
    Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma'naviy-axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘lik holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. Chunonchi:

    1. Aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat – nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim esa o‘z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining samaradorligi o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan belgilanadi.

    2. Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki mehnat faoliyati yordamida o‘quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.

    3. Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib boriladi. Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish asosida uni amalga oshirish o‘quvchilar mehnat tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda go‘zallik va o‘z mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam beradi. Yuqoridagilarga asoslanib, o‘quvchilar mehnat tarbiyasida quyidagi mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvoifq. Bular:

    • o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatini tushunilishi;

    • ularning ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari;

    • ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat uyg‘otish;

    • o‘quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg‘ularini qaror toptirish;

    • ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg‘usini tarbiyalash;

    • ularning mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlariga erishish;

    • mehnatda ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash;

    • o‘quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko‘z qorachig‘iday asrash tuyg‘ularini shakllantirish;

    • mehnatda do‘stlik, o‘rtoqlik va hamkorlikka erishish;

    • o‘quvchilarning mehnatni go‘zallik manbai sifatida tushunishlariga erishish va boshqalar.

    Mehnat eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta'limida mehnatga psixologik tayyorgarlik, mehnat faoliyatining to'g'ri motivlaritarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo'lgan sifatlari shakllanadi.
    Kasb - (Lotincha: professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuyiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi. Kasb - kishining mehnat faoliyati, doimiy mashg'ulot turi.
    Hunar - oʻzbek tiliga tojik tilidagi shakli olingan; asli “layoqat”, “sanʼat” maʼnolarini anglatadi; keyinchalik “kasb” maʼnosini ham anglata boshlagan. Dunyoda 10000 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar
    mavjud. Ushbu kasblarning birini qobiliyatlarimizga, dunyoqarashimizga eng asosiysi qiziqish va moyilliklarimizga qarab tanlashimiz kerak. Inson ishlayotgan vaqtda uning diqqat-e`tibori sohaga emas (bu soha qanchalik yaxshi, obro’-e`tiborli va boshqa ko’pgina afzalliklarga ega bo’lishiga qaramay), balki mehnat predmeti (ob`yekti)ga qaratilgan bo’ladi. Mana shu predmetni ishlatib, nimadir qilish kerak (bu endi mehnatning maqsadi bo’ladi). Har qanday mehnatda qurollar, vositalar mavjuddir. Nihoyat, odam uchun uning qanday sharoitda ishlashi muhim ahamiyatga egadir. Kasb tanlashni o’ylayotgan kishi uchun qulay bo’lgan kasblar klassifikatsiyasi mana shu belgiga qarab tuziladi.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan savol va topshirilar

    Download 10,75 Mb.